• 4.4. Laboratoriya tekshiruvini amalga oshirish yuzacidan hicobot tuzish
  • 4.5.Texnika xavfcizligi bo’yicha tavsiyalar
  • Tеst sоvоllаri
  • 5. O’lchov nazorat teхnikasi asboblari.
  • Metrologik tajribalar o’tkazish uchun




    Download 8,58 Mb.
    bet40/75
    Sana21.03.2017
    Hajmi8,58 Mb.
    #733
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
    Metrologik tajribalar o’tkazish uchun laboratoriya ishini belgilangan vaqt davomida to’liq bajarish uchun quyidagilarga amal qilinishi kerak:

    • laboratoriya ishining qo’llanmacini o’rganib chiqib, unda
      belgilangan adabiyotlar ro’yxatidan foydalanib, nazariy materiallarni o’rganish;

    • laboratoriya ishining maqsadi va bajarilish tartibini aniq tasavvur qilish;

    • bajariladigan tajriba ishida qo’llaniladigan elektr sxemalarni
      ko’rib chiqib, har birida ishlatilishi zarur bo’lgan o’lchash vositasining vazifasi, ulanishi va ishlatilishi bilan tanishib chiqish;

    • o’lchashlarni bajarish tartibi va zarur bo’lgan hisoblash ishlarini batafsil o’rganish;

    • o’lchash natijalari kiritilishi uchun zarur bo’lgan jadvallarni ko’rib chiqish.

    Laboratoriya tekshiruvini amalga oshirish davomida tekshiruvchi ish daftariga to’ldirilishi kerak bo’lgan jadvallarni chizishi va tayyorgarlik natijalarini yozib qo’yishi kerak.

    Laboratoriya tekshiruvini bajarish uchun qo’yiladigan talablar:



    • Tekshiruvchi tibbiyot vositasini metrologik tekshirish jarayonida, tekshirilayotgan vositaning metrologik parametrlarini, qo’llanmada ko’rsatilgan sonli qiymatlarini aniq bilishi va uni tuzilgan grafik asosida amalga oshirishi kerak;

    • O’lchash sxemalarini yig’ish va o’lchash vositalarini ulash
      ishlarini amalga oshiriladi;

    • O’lchash sxemalari yig’ilganda kontaktlarning mustahkamligi va simlarning o’ralashib qolmaganligiga alohida ahamiyat berish kerak;

    • O’lchash sxemalari elektr tarmog’iga ulangandan so’ng, o’lchash yoki sinash vositasining boshqaruv elementlarini qo’llanmada talab etilgan holatda o’rnatiladi va sxemaga kuchlanish beriladi;

    • Agar sxemada kondensator bo’lsa, uni o’chirilgandan so’ng
      chiqish simlarini qisqa tutashtirib, zaryadsizlantirib qo’yish zarur;

    • Agar ishni bajarish vaqtida o’lchash sxemaciga o’zgartirishlar kiritilishi kerak bo’lsa, avval sxema elektr tarmog’i manbaidan uziladi;

    • Agar baxtiz hodisa yuz bergan bo’lsa, o’lchash sxemacini
      tezda kuchlanish manbaidan uzib, jabrlanuvchiga birinchi yordam ko’rcatishlishi kerak.

    Takrorlash uchun savollar:

      1. Metrologik tajribalar o’tkazishda laboratoriya ishini belgilangan vaqt davomida to’liq bajarish uchun nimalarga amal qilinishi kerak?

      2. Laboratoriya tekshiruvini bajarish uchun qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?

    4.4. Laboratoriya tekshiruvini amalga oshirish yuzacidan hicobot tuzish

    O’lchash natijalari jadvalga kiritilganda o’nlik kasrdagi sonlarning kasr qismida ikkitadan ko’p bo’lmagan xona qoldiriladi, ya’ni yaxlitlanadi.

    Natija va o’lchash xatoliklaridagi sonlar kasr xonalar soniga teng bo’lishi kerak.

    Micol: Agar o’lchash natijaci (14,385+0,25 ) bo’lsa, (14,39±0,25) yoziladi.

    Agar o’lchash natijasi (8,721±0,2 ) bo’lca, (8,7±0,2 ) yoziladi.

    Har bir bajarilgan laboratoriya tekshiruvi uchun tekshiruvchi hisobot yozishi shart. Hisobot quyidagilardan iborat bo’ladi:


    • Tekshirilayotgan vositaning nomi;

    • O’lchash sxemaci va uning qisqa ta’rifi;

    • Bajarilgan ishining qisqa bayoni;

    • O’lchash va hisoblash natijalari (jadvallar, grafiklar).

    • Natijalar bo’yicha qisqa xulosa, o’lchash vositalarining aniqlangan xatoliklari ta’rifi. Bularga qo’shimcha ravishda har bir tekshirilgan vosita qo’llanmasida bayon etilgan talablar aks etishi mumkin.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. O’lchash natijalarini jadvalga kiritishda natijalar qanday aniqlikda yaхlitlanadi?

    2. Bajarilgan laboratoriya tekshiruvi hisoboti nimalardan iborat bo’ladi?

    4.5.Texnika xavfcizligi bo’yicha tavsiyalar

    Laboratoriya tekshiruvini o’tkazish jarayonida quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak:


    1. Ishni boshlashdan avval tarmoq kuchlanish manbai, uning ulanishi bilan tanishish kerak;

    2. O’lchash sxemalarini manbaga ulaydigan kabel va simlarning izolyatsiyasida ochiq joylar yo’qligi tekshirib chiqilishi kerak;

    3. O’lchash sxemacidagi barcha o’lchash vositalari o’z o’rniga
      mustahkam joylashtirilganligini tekshirib ko’rish kerak;

    4. O’lchash sxemacining klemmalarida kuchlanish borligini qo’lni tekkizib tekshirish qat’iyan ma’n etiladi. Bu ish faqat o’lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi;

    5. Manbaga ulab qo’yilgan o’lchash sxemasini qarovsiz tashlab ketish mumkin emas;

    6. O’lchash sxemasidagi barcha o’zgarishlar va xato ulangan
      elementlarni to’g’rilash, sxemani manbadan uzib qo’ygan holda amalga oshirilishi kerak;

    7. O’lchash va sinash vositalari erga ulangan bo’lishi shart. Buning uchun vositalarning «yer», «yer» klemmasi laboratoriyaning shinasiga ulab qo’yilishi kerak.

    8. Laboratoriya tekshiruvi yakunlangadan so’ng sxema manbadan uzilib, so’ngra yig’ishtirilishi kerak.

    9. Yuqori voltli kuchlanish bilan ishlayotganda uning havfsizlik qoidalariga rioya qilish shart.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Laboratoriya tekshiruvini o’tkazish jarayonida qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim?

    Tеst sоvоllаri


    1. Metrologik tekshirishlar o’tkaziladigan laboratoriya ishlarining asosiy maqsadi nimalardan iborat?

    a) ishlab chiqarishda vujudga keladigan o’lchash masalalari uchun kerakli vositalarni tanlash;

    b) o’lchash xatoliklarini hisoblash va tahlil qilish;

    v) o’lchash va sinash vositalarini ishlatish va servis hujjatlaridan foydalanish;

    g) o’lchash va sinash vositalarini ishlata bilish, shu jumladan, o’zgarmas, o’zgaravchan tok va kuchlanishlarni o’lchash, impulsli signal chastotasi, davri va boshqa parametrlarini tekshirish, elektr qarshilik, sig’im va induktivlikni o’lchash, temperatura, bosim va massani o’lchash, hamda avtomatik boshqarish tizimlarini ishlatish, ta’mirlash va sozlash;



    • ishlab chiqarishda vujudga keladigan o’lchash macalalari uchun kerakli vositalarni tanlash;

    • o’lchash xatoliklarini hisoblash va tahlil qilish;

    • o’lchash va sinash vositalarini ishlatish va servis hujjatlaridan foydalanish.

    1. Metrologik tekshirishlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan laboratoriyada qanday qoidalarga amal qilishi kerak?

    a) o’rnatilgan ichki tartibga va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

    b) hamma javoblar to’g’ri.

    v) o’zgarmac tok va kuchlanishni qayd etadigan o’lchash vositalarini o’lchash zanjiriga ulaganda qutblarga ahamiyat berish;

    g) o’lchash va sinash vositalarini, ularning texnik talablariga rioya qilgan holda ishlatish;



    1. Laboratoriya ishini bajarish vaqtida noaniq, tushunib bo’lmaydigan holatlar vujudga kelishining sababi nimada?

    a) o’lchash vositasining ishdan chiqqanligi;

    b) teхnik nosozliklar;

    v) sinash vositalarining ishdan chiqqanligi;

    g) a javob to’g’ri.

    4. Metrologik tajribalar o’tkazishda laboratoriya ishini belgilangan vaqt davomida to’liq bajarish uchun nimalarga amal qilinishi kerak?

    a) laboratoriya ishining qo’llanmacini o’rganib chiqib, unda


    belgilangan adabiyotlar ro’yxatidan foydalanib, nazariy materiallarni o’rganish; laboratoriya ishining maqsadi va bajarilish tartibini aniq tasavvur qilish;

    b) bajariladigan tajriba ishida qo’llaniladigan elektr sxemalarni


    ko’rib chiqib, har birida ishlatilishi zarur bo’lgan o’lchash vositasining vazifaci, ulanishi va ishlatilishi bilan tanishib chiqish;

    v) o’lchashlarni bajarish tartibi va zarur bo’lgan hisoblash ishlarini batafcil o’rganish; o’lchash natijalari kiritilishi uchun zarur bo’lgan jadvallarni ko’rib chiqish;

    g) hamma javoblar to’g’ri.

    5. Laboratoriya tekshiruvini bajarish uchun qo’yiladigan talablar necha punktdan iborat?

    a) ikki;

    b) etti.


    v) to’rt;

    g) olti;


    6. O’lchash natijalarini jadvalga kiritishda natijalar qanday aniqlikda yaхlitlanadi?

    a) o’nlik kacrdagi sonlarning kasr qismida bittadan ko’p bo’lmagan xona qoldiriladi;

    b) o’nlik kasrdagi sonlarning kasr qismida ikkitadan ko’p bo’lmagan xona qoldiriladi;

    v) b javob to’g’ri.

    g) o’nlik kasrdagi sonlarning kasr qismida uchtadan ko’p bo’lmagan xona qoldiriladi;

    7) Bajarilgan laboratoriya tekshiruvi hisoboti nimalardan iborat bo’ladi?

    a) tekshirilayotgan vositaning nomi va natijalar bo’yicha qisqa xulosa, o’lchash vositalarining aniqlangan xatoliklari ta’rifi.

    b) o’lchash sxemasi va uning qisqa ta’rifi va bajarilgan ishining qisqa bayoni;

    v) natijalar bo’yicha qisqa xulosa, o’lchash vositalarining aniqlangan
    xatoliklari ta’rifi va o’lchash va hisoblash natijalari (jadvallar, grafiklar);

    g) tekshirilayotgan vositaning nomi va natijalar bo’yicha qisqa xulosa, o’lchash vositalarining aniqlangan xatoliklari ta’rifi, o’lchash sxemaci va uning qisqa ta’rifi va bajarilgan ishining qisqa bayoni, natijalar bo’yicha qisqa xulosa, o’lchash vositalarining aniqlangan


    xatoliklari ta’rifi va o’lchash va hisoblash natijalari (jadvallar, grafiklar).

    8) Хatolikning me’yorlangan qiymati deganda nima tushiniladi?

    a) berilgan o’lchash vositasida tegishli bo’lgan хatolik;

    b) a javob to’g’ri.

    v) muntazam хatolik;

    g) tasodifiy хatolik;

    9) O’lchash asboblarining asosiy metrpologik tavsiflariga nimalar kiradi?

    a) signalni o’zgartirish funktsiyasi, sezgirligi, o’lchash хatoligi, sezgirlik ostonasi, хususiy energiya sarfi va ishonchliligi;

    b) sezgirlik ostonasi, хususiy energiya sarfi va ishonchliligi; o’lchash diapazoni

    v) o’lchash diapazoni,

    g) signalni o’zgartirish funktsiyasi, sezgirligi, o’lchash хatoligi, o’lchash diapazoni, sezgirlik ostonasi, хususiy energiya sarfi va ishonchliligi.

    10. Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan qanday afzalliklarga ega?

    a) yuqori aniqlik va keng ish diapazoni;

    b) tezkorlik va o’lchash natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi;

    v) avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi va o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi;

    g) hamma javoblar to’g’ri.

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    g

    b

    g

    g

    b

    v

    g

    b

    g

    g

    5. O’lchov nazorat teхnikasi asboblari.

    5.1. O’lchov nazorat teхnikasi asboblari haqida ma’lumot, ularda ishlash usullarini


    O’lchash tamoyiliga asoslanib tanlangan o’lchash usuli o’lchash asbobi yoki qurilmasida mujassamlanadi. O’lchash asbobining birinchi elementi sezgir sensor bo’ladi. Sensor (datchik) o’lchanadigan kattalikni qabul qilib, shu kattalikning qiymatiga to’g’ri kelgan signallarni yaratib, keyingi qurilmalarga uzatadi. O’lchangan signal o’lchash o’zgartgichiga uzatilib, unda protsessing qilinadi (qayta ishlanadi). Elektr o’lchashda o’lchanadigan signal elektrik kattalik bo’lib, qayta ishlanishga yoki indikatorga uzatilishi mumkin. Agar o’lchangan signal juda katta yoki kichik bo’lsa, uni chiqishdagi indikator yoki o’zgartgichga berishdan avval attenyuator yordamida so’ndirish yoki kuchaytirgichda kuchaytirish zarur bo’ladi. O’lchash asbobining bu moduli o’lchash zanjiri deb ataladi. Integral elektron elementlar asosida yaratilgan o’lchash asboblarida o’lchash o’zgartgichi bilan o’lchash zanjiri uyg’unlashib ketgan bo’lib, ko’p hollarda ularni ajratish ancha mushkul bo’ladi. Bevosita chiqishdagi displeyda aks ettirilish imkoni bo’lmagan o’lchash signallari o’zgartgich vositasida o’lchashga qulay bo’lgan elektr toki yoki kuchlanish shakliga o’zgartiriladi. O’lchash asbobining chiqish qurilmasi raqamli yoki strelkali indikator, yozadigan rekorder va turli hotira ko’rinishida bo’lishi mumkin. Demak o’lchash asbobining vazifasi o’lchanadigan fizik kattalik qiymatini qayd etish yoki kattalik qiymatiga proportsional bo’lgan signalni chiqishidan talab etilgan erga qayta ishlash uchun uzatishdan iborat.

    O’lchash asboblarida o’lchash jarayonida bevosita ishtirok etmaydigan yordamchi vositalar ham bo’lishi mumkin. Bularga qo’shimcha energiya manbasi, termostat, o’lchash simlari va boshqa vositalar kirishi mumkin.

    Bir nechta sensorlar yoki o’lchash asboblari bir o’lchash qurilmasi tarkibida bo’lishi mumkin. Bunday o’lchash qurilmasi tizim deb ataladi. Bunday tizimlarda har bir sensor o’z funktsional guruhini tashkil qiladi. Ular tizimlar zanjiri deb ataladi. O’lchash zanjiri tizimida o’lchanadigan kattalik qiymati, uzatish bo’limida qayd qilinadi. O’lchash zanjiri sensor, transdyuser (o’zgartgich), o’lchash kuchaytirgichi va chiqish qurilmasidan iborat bo’ladi. O’lchash zanjiri 5.1 -rasmda keltirilgan. Ishlatilishiga qarab o’lchash zanjirining funktsional elementlari qo’shilishi yoki olib tashlanishi ham mumkin.

    O’lchash asbobidan ko’ra o’lchash tizimlari amalda ko’p ishlatiladi. Bir- biri bilan funktsional bog’langan holda ishlaydigan mustaqil o’lchash asboblari ham o’lchash tizimlari deb ataladi.

    O’lchash asboblarida o’lchangan kattalik qiymati turlicha aks etishi mumkin, ya’ni qog’ozga chop qilinishi yoki displey deb nomlangan chiqish qurilmasi orqali natijani nazorat qilish mumkin. O’lchash asbobining indikator qurilmasida o’lchangan kattalik qiymati raqamlarda kattalikning birligida aks etadi.
    5.1 – rasm. O’lchash zanjiri
    Indikatsiya faqat vizual bo’lishi shart emas: akustik indikatsiya (vaqt signallari) ham ishlatiladi. O’lchangan signalni printerda uzluksiz qayd etish ham keng qo’llaniladi. Agar o’lchangan signal raqamlarga o’zgartirilsa, uni mikroprotsessorlarda qayta ishlanib, teхnologik jarayonni boshqarish uchun ishlatish mumkin. Bunday qurilmalar kontrollerlar deb ataladi. Quyidagi 5-rasm o’lchash asbobining turlari keltirilgan.


    Download 8,58 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




    Download 8,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metrologik tajribalar o’tkazish uchun

    Download 8,58 Mb.