Takrorlash uchun savollar:
-
O’lchash asbobida sensor qanday vazifani bajaradi?
-
O’lchash zanjiri deb nimaga aytiladi?
-
Analogli va raqamli displeyning afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?
5.2. O’lchash vositalarining xatoliklari
O’lchashlar maxcuc texnik qurilmalar, ya’ni o’lchash vositalari yordamida amalga oshiriladi. O’lchash vositalari metrologik tavsifnomalarga ega bo’ladi. O’lchash vositasining eng asosiy metrologik tavcifnomaci uning xatoligi hisoblanadi Bu xatolik o’lchash vositasining tuzilishiga va uni ishlatayotgan tekshiruvchining saviyasiga bog’liq bo’ladi. O’lchash vositalarining xatoligi muntazam va tasodifiy bo’ladi. Muntazam xatolik o’lchash vositasining yaratilishida paydo bo’ladi va uning konstruktsiyasi, sxematik tuzilishining mukammalligiga bog’liq bo’ladi. Tasodifiy xatoliklar tashqi muhitning tasodifiy o’zgarishi, manbaning o’zgarishi, vositada o’lchash amalini bajarayotgan tekshiruvchining e’tiborsizligi va shunga o’xshash boshqa, avvaldan hisobga olinib bo’lmaydigan sabablar natijasida paydo bo’ladi.
O’lchash vositasining muntazam xatoligi faqat o’ziga bog’liq bo’lganligi uchun uni hicobga olish, o’lchash vositalariga aniqlik sinfini berish bilan amalga oshiriladi.
Tasodifiy xatoliklar faqat o’lchashlar sonini ko’paytirish, chetga chiqib ketgan o’lchash natijalaridan voz kechish, o’lchash natijalarini statistik tahlil qilish yo’li bilan qayd etiladi. Demak, barcha o’lchash vositalari yordamida olingan natijalar o’lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatidan farq qiladi. Shu farq o’lchash vositasining xatoliklari yoki uning aniqlik sinfini belgilaydi.
O’lchash vositalarining xatoliklari yoki aniqlik darajasini raqamlar yordamida ifodalash uchun mutloq, nisbiy va keltirilgan xatoliklardan foydalaniladi.
Mutloq xatolik quyidagicha aniqlanadi:
∆A=Aх-A (1)
bu yerda: ∆A-mutloq xatolik; Ax— o’lchangan qiymat; A-haqiqiy qiymat.
Mutloq xatolikning o’lchash birligi o’lchanayotgan fizik kattalikning o’lchash birligi bilan bir hil bo’ladi.
Micol: Milliampermetr yordamida o’zgarmac tok o’lchanadi. O’lchash vositasi ko’rsatgan tok Ax — 14,2 mA. Shu tokning haqiqiy qiymati A=14,0 mA. Shunda o’lchashning mutlaq xatoligi
∆A = Ax-A = 14.2-14.0 = 0.2mA
∆ - «katta delta».
O’lchash vositalarini o’zaro taqqoslashda ularning nisbiy va keltirilgan xatoliklaridan foydalanish qulay. O’lchashlarning nisbiy xatoligi foizlarda ifodalanib, quyidagicha aniqlanadi:
(2)
δ- "delta" -nisbiy xatolik.
Keltirilgan xatolik ham nisbiy xatolik bo’lib, o’lchash vositasining shkalasiga bog’liq bo’ladi. Keltirilgan xatolik quyidagicha aniqlanadi:
(3)
bu yerda: γ- "gamma" keltirilgan xatolik.
∆A - mutloq xatolik;
Anom-o’lchash vositasining nominal qiymati.
O’lchash vositasining nominal qiymati o’lchash shkalasining eng katta ko’rsatkichiga teng bo’ladi. Agar nol ko’rsatkichi shkala o’rtasida joylashgan bo’lsa, ikki chegara ko’rsatkichining yig’indisiga teng bo’ladi.
Misol: Agar vol’tmetrning o’lchash diapazoni 0-25V bo’lsa, nominal qiymat
Anom= 25V bo’ladi. Diapazon 10V 0 +10V bo’lsa, Anom = 10+10 =20V bo’ladi.
O’lchash vositalarining aniqlik sinfi uning keltirilgan xatoligi bilan belgilanadi. Bunda faqat raqamlar ishlatiladi, foizlari olib tashlanadi.
Misol: Agar o’lchash vositasi — milliampermetrning keltirilgan xatoligi eng katta qiymati γ = 2 % bo’lsa, aniqlik sinfi 2 bo’ladi.
Aniqlik sinfi o’lchash vositalarining turlariga Davlat metrologik attestatsiyasi natijasida beriladi.
|