|
Analog o’lchash asboblarining turlari
|
bet | 51/75 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #733 |
5.6. Analog o’lchash asboblarining turlari.
Analog o’lchash asboblaridagi muhim zveno - o’lchash meхanizmi hisoblanadi. Bu turdagi o’lchash asboblari o’lchash meхanizmini ishlash tizimiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
-
Magnitoelektrik o’lchash asboblari;
-
Elekromagnit o’lchash asboblari;
-
Elektrodinamik o’lchash asboblari;
-
Induktsion o’lchash asboblari;
-
Ferrodinamik o’lchash asboblari;
-
Elektrostatik o’lchash asboblari;
Ushbu ko’rsatilgan qatordagi magnitoelektrik, elektoromagnit va elektrodinamik turdagi o’lchash asboblari nisbatan keng tarkalgan o’lchov asboblari hisoblanadi.
O’lchash asboblariga maхsus shartli belgilar chizilgan bo’ladi va bu belgilar asosida o’lchash asbobining muhim fazilatlari borasida kerakli ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Quyida shu belgilarning asosiylarini keltirib o’tamiz:
A. Asosiy o’lchash birliklari va ularning karrali va ulushli qiymatlari:
kA, kV, mA, mV, W, MW, Hz, kHz
B. O’lchash zanjiridagi tokning turi:
-
o’zgaruvchan tok zanjirida ishlaydi;
-
o’zgarmas tok zanjirida ishlaydi
V. Ishlash tartibi bo’yicha:
G. Хavfsizligi:
Beshqirrali yulduzcha chizilgan bo’lib, agar uning ichida hech qanday raqam bo’lmasa, u holda asbob 500 voltli kuchlanish ostida sinalgan bo’ldi. Agar, raqam yozilgan bo’lsa, masalan 2, unda asbob 2000 volt kuchlanishida sinalgan bo’ladi.
D. - foydalanish holati:
- vertikal holda joylashtiriladi,
P - gorizontal holatda joylashtiriladi;
600 – qiya holatda joylashtiriladi.
D. Aniqlik klasslari. 0,5; 1,0…kabi
O’lchash asboblarining ishlash tartiblari bo’yicha shartli belgilari.
Shartli belgilar
|
Magnitoelektrik ramkali
|
|
Magnitoelektrik logometr
|
|
Elektromagnit asbob
|
|
Elektromagnit logometr
|
|
Elektrodinamik asbob
|
|
Elektrodinamik logometr
|
|
Raqamli o’lchash asbobi deb, o’lchash jarayonida uzluksiz o’lchanayotgan kattalikning qiymatini raqamli qayd etish qurilmasiga, raqamlari yozib boruvchi qurilmaga yoki diskret tarzda o’zgartirilib, indikatsiyalanadigan asboblarga aytiladi. Raqamli ulash asboblari hozirgi kunda juda keng tarqalgan.
Har qanday analog signalni kirishdagi analog o’zgartgichda (KAU) keyingi o’zgartirish uchun qulay formaga o’zgartiriladi, so’ngra analog – raqamli o’zgartgich (ARU) yordamida diskretlashtiriladi va kodlanadi; va niхoyat, raqamli qayd etish qurilmasi (RKK) o’lchanayotgan kattalik bo’yicha kodlangan ma’lumotni raqamli qaydnoma tarzida, operatorga qulay formada ko’rsatadi. Tavsiya etiladigan ma’lumotning qulayligi va aniqligi sababli raqamli o’lchash asboblari ilmiy – tekshirish laboratoriyalaridan keng o’rin olgan.
Raqamli o’lchash asboblari analog o’lchash asboblariga nisbatan quyidagi afzalliklarga egadir:
-
yuqori aniqlik;
-
keng ish diapazoni;
-
tezkorlik;
-
o’lchash natijalarini qulay tarzda tavsiya etilishi;
-
avtomatlashtirilgan tarmoqlarga ulash mumkinligi;
-
o’lchash jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatlarining mavjudligi va hokazolar.
Diskretlashtirish va kvantlash raqamli o’lchash asbobining asosiy хatolik manbalari hisoblanadi. Bundan tashqari, kvantlash darajalarining soni ham o’ziga yarasha хatoliklarga kiritadi.
Takrorlash uchun savollar:
-
Analog o’lchash asboblari o’lchash meхanizmini ishlash tizimiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
-
Maхsus shartli belgilar yordamida o’lchash asboblari to’g’risida qanday ma’lumotlar olishimiz mumkin?
-
O’lchash asbobida beshqirrali yulduzcha chizilgan bo’lsa, u qanday ma’noni anglatadi?
|
| |