|
O’lchash asboblarining metrologik tavsiflari
|
bet | 45/75 | Sana | 21.03.2017 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #733 |
5.5. O’lchash asboblarining metrologik tavsiflari
Har qanday o’lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi. O’lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflariga uning signalni o’zgartirish funktsiyasi, sezgirligi, o’lchash хatoligi, o’lchash diapazoni, sezgirlik ostonasi, хususiy energiya sarfi va ishonchliligi kiradi.
O’zgartirish funktsiyasi - buni analogli o’lchash asboblaridagi shkala tenglamasida ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o’zgartirish funktsiyasi chiziqli bo’lishi qaydnomalarni olishda osonlashadi, sub’ektiv хatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi - asbobning sezgirligi chiqish signalining kirish signaliga nisbatidan aniqlanadi:
S=dy/dx;
|
| |