|
Qimmatli qog‘ozlar deganda
|
bet | 1/4 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 18,11 Mb. | | #133270 |
Bog'liq Qimmatli qog\'ozlar
Qimmatli qog’ozlar bozori statistikasi
- Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi
- Qimmatli qog‘ozlarning turlari
Qimmatli qog‘ozlar deganda korxona va tashkilotlarning (mulk
turidan qat’iy nazar) mol-mulkida va shu mol-mulkdan olinadigan
daromadda qimmatli qog‘ozlar egasining hissasi borligini tasdiqlovchi
yuridik hujjat tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlar Yevropada XVIIasrda paydo bo’lgan.
Qimmatli qog‘ozlar qachon paydo bo‘lgan, degan savolga
qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoj tug‘ilgan kundan boshlab,
deb javob berish mumkin (Yevropa, XVII acp). Dastlab qimmatli qog‘ozlar ko‘chada va kafelarda sotilgan. Shuning
uchun ham, ayrim adabiyotlarda qimmatli qog‘ozlar bozori “ko‘cha bozori” deb ataladi. “Ko‘cha bozori” savdosi hozirgi kunda ham saqlanib qolgan, bu ish hozirgi kunda faqat telefon va internet orqali bajariladi.
Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish emissiya
Qimmatli qog‘ozlarni hiqaruvchilar emitentlar deyiladi.
Emitentlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
Aksiyadorlik jamiyati
Bank
Davlat
Investitsion kompaniyalar
Mahalliy organlar
Yuridik shaxslar
Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar ularni chiqaruvchilar(emitentlar) tomonidan sotiladi.
Ikkilamchi bozorda qimmatli qog’ozlar fond birjalari orqali sotiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori birlamchi va ikkilamchi bozorlarga
bo‘linadi.
Birlamchi bozor
Ikkilamchi bozor
Ma’lum bir miqdorda daro-
mad olish uchun o‘z pullariga qimmatli qog‘ozlarni sotib olgan
yuridik va jismoniy shaxslar investorlar deb ataladi.
Jahon amaliyotida moliyaviy vositachilarning bank va nobank xarakteriga qarab qimmatli qog‘ozlar bozori 3 modelga bo‘linadi:
1
2
3
Nobankli model, bu asosan AQSHga taalluqli
Bank modeli, bu asosan Germaniyaga taalluqli
Aralash model, bu asosan Yaponiya, Rossiya va Belorussiyaga taalluqli
Broker (inglizcha broker — broker, broker, vositachi) — sotuvchi va xaridor oʻrtasida (birja, tovar, valyuta birjalarida), sugʻurtalovchi va sugʻurtalanuvchi oʻrtasida (sugʻurta brokeri) oʻrtasida vositachilik funksiyalarini bajaradigan yuridik shaxs. kema egasi va kema ijarachisi. Broker bitim summasi bo'yicha komissiya shaklida yoki belgilangan miqdorda mukofot oladi. Brokerning faoliyati agentlik shartnomasi va komissiya shartnomasiga asoslanadi. Brokerlarning ko'plab toifalari mavjud, xususan, birja brokeri, sug'urta brokeri, yuk brokeri.
Diler (ing. dealer — savdogar, agent) — 1) qimmatli qogʻozlar valyutalar, qimmatbaho metallar va b. oldisotdisini, birja operaiiyalarini oʻz nomidan va shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi aʼzosi, jismoniy yoki yuridik shaxs; 2) mahsulotni ulgurji (koʻtara) sotib olib, uni chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi, jismoniy yoki yuridik shaxs. Odatda, bunday agentlar mahsulot ishlab chikaruvchi firmalarning dilerlik tarmoqlarida faoliyat yuritadi.
Jahon iqtisodiyotida sanoat to‘ntarishi natijasida yirik korxona va tashkilotlarning paydo bo‘lishi bilan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkiliy bozorlar, ya’ni fond birjalari paydo bo‘la boshlaydi. Birinchi fond birjasi 1773-yilda Londonda paydo bo‘ldi. U dastlab qirollikning pul almashtirish muassasasi (banki) binosining bir qismida ijaraga joylashdi. 1791-yilda Filadelfiya shahrida AQSHdagi birinchi fond birjasi tashkil etildi. 1792-yilda esa Nyu-York fond birjasi tashkil etilgan. Birja so‘zi yangi lotin so‘zi “birsa”- “charm hamyon” ma’nosini, ingliz tilidagi ikki so‘zning (“exchange” va “stock”) negizida fond birjasi paydo bo‘lgan.
Londondagi fond birja bozori
“Toshkent” birjasi – O‘zbekistondagi yagona fond birjasidir. U O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1994-yil 8-aprel kuni
yopiq turdagi aksionerlik jamiyati sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. U o‘zining bir qancha mintaqalararo shoxobchalariga ega.
|
| |