• Diskretlilik (Cheklilik).
  • Tushunarlilik.
  • Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari




    Download 181.67 Kb.
    bet1/5
    Sana03.02.2024
    Hajmi181.67 Kb.
    #151068
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Reja Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossal-fayllar.org
    7-мавзу, “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org, Thermodynamic Processes Wang, 2 5231428706655799691, 2, 2, МОСЛАШУВ ДАФТАРИ қисқартирилгани(1), betlik avt, 1515331286 69898, Alixonov Android , Davlat moliyasi - Vikipediya, 1- Amaliyot topshiriq (2), Allanazarov DPT, O`ktamov Shahzodbek BMW


    REJA: 

    1. Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari. 

    2. Algoritmlarni yaratish usullari va turlari.

    3. Algoritmlarni tasvirlash usullari. Blok-sxemalar.


    1. Algoritm tushunchasi. 
    Qo‘yilgan biror masalani EHMda yechish uchun, avval uning matematik modelini, keyin algoritmini va programmasini tuzish kerak bo‘ladi. Bu uchlikda algoritm bloki muhim ahamiyatga ega. Endi algoritm tushunchasining ta’rifi va xossalarini bayon qilamiz. 
    Algoritm bu oldimizga qo‘yilgan masalani yechish zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligidir.
    Algoritm so‘zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog‘liq. Algoritm so‘zi Al-Xorazmiy nomini Yevropa olimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan yuzaga kelgan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib o‘nlik sanoq sistemasining tamoyillarini va undagi to‘rtta amallarni bajarish qoidalarini asoslab bergan.
    Algoritmning asosiy xossalari. Algoritmning 5-ta asosiy xossasi bor: 
    Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo‘laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko‘rsatmalar ketma -ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo‘llay olmasak, uni algoritm deb bo‘lmaydi. 
    Tushunarlilik. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni 
    kuzatamiz. Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko‘rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo‘lishi
    shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday 
    amalni bajara olmasligi ham mumkin. Har bir ijrochining bajarishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatmalar yoki buyruqlar majmuasi mavjud, u ijrochining ko‘rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. Demak, ijrochi uchun berilayotgan har bir ko‘rsatma ijrochining ko‘rsatmalar tizimiga mansub bo‘lishi lozim. Ko‘rsatmalarniijrochining ko‘rsatmalar tizimiga tegishli bo‘ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, quyi sinfning a’lochi o‘quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan ko‘rsatmani tushinmasligi natijasida bajara olmaydi, lekin "son o‘zini o‘ziga ko‘paytirilsin" shaklidagi ko‘rsatmani bemalol bajaradi, chunki u ko‘rsatmamazmunidan ko‘paytirish amalini bajarish kerakligini anglaydi. 



    Download 181.67 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 181.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossalari

    Download 181.67 Kb.