• Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot
  • Keys-stadi




    Download 21.66 Kb.
    bet1/8
    Sana01.12.2022
    Hajmi21.66 Kb.
    #32695
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-s-fayllar.org
    7-мавзу, Thermodynamic Processes Wang, 2 5231428706655799691, 2, 2, МОСЛАШУВ ДАФТАРИ қисқартирилгани(1), betlik avt, 1515331286 69898, Alixonov Android , Davlat moliyasi - Vikipediya, 1- Amaliyot topshiriq (2), Allanazarov DPT, O`ktamov Shahzodbek BMW, Reja Algoritm va algoritlash tushunchalari. Algoritmning xossal-fayllar.org

    “keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”


    KEYS-STADI” texnologiyasi 
    Keys-stadi” haqida tushuncha 

    Keys-stadi” inglizcha “case” – aniq vaziyat, hodisa, “study” – oʻrganmoq, tahlil


    qilmoq, ta’lim soʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, 
    tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim metodidir.
    Mazkur metod muammoli ta’lim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni 
    oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida
    ma’lum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, 
    biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, ma’lum bir algoritm asosida
    amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi. 


    Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida ma’lumot 
    Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard 
    biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri
    keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish 
    uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi
    biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga 
    ta’sir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Ma’ruza tinglovchilarga u
    yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil 
    ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida
    taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi ta’lim muassasalarida 
    keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai
    nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan 
    boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning
    yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni 
    yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.




    Download 21.66 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 21.66 Kb.