Reja: Gaz sarfini o'lchash




Download 154.18 Kb.
Sana28.11.2023
Hajmi154.18 Kb.
#107001
Bog'liq
Gaz sarfini o‘lchash uskunalarini o\'rganib chiqish
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

Mavzu: Gaz sarfini o‘lchash uskunalarini o'rganib chiqish

Gaz sarfini o‘lchash usullari


Reja:

1. Gaz sarfini o'lchash.


2. Bosimlar farqini o'lchash orqali gazning sarfini aniqlash.

1) Bunday uskunalar tarkibiga bosim farqi hosil qiluvchi toraytiruvchi moslama, differensial monometr va tutashtiruvchi naychalar kiradi.


Bunday qurilmalarda gaz bosimini pasaytirish maqsadida diafragmalar, soplolar qo‘llaniladi. Bunda gaz yoki suyuqlik toraytiruvchi moslamadan o‘tganda, uning dinamik bosimi oshadi, statik bosimi kamayadi.
Sarf qancha ko‘p bo‘lsa, statik bosim pasayishi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Bunday moslamalarni qo‘llash uchun quvurda to‘g‘ri uchastka tanlab olinadi va


bu uchastkada diafragmagacha kamida 8D masofada hech qanday mahalliy qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Diafragmadan keyin ham kamida 5 D masofada shunday qarshiliklar bo‘lmasligi kerak. Bu yerda D – toraytiruvchi moslama o'rnatilgan quvur diametri. Bu shart buzilsa, quvurdagi gaz oqimi tekisligi o‘zgarib, bosimlar farqi noto‘g‘ri chiqadi va hisoblangan sarfda ham xatolik katta
bo‘ladi.
Normal diafragma o‘rnatish uchun quvurning


diametri dsh > 50 mm bo‘lishi kerak va quyidagi shart bajarilishi kerak:
0,05 Θ m Θ 0,7, m = d²/D².
d – diafragma teshigi diametri (mm); D – quvur
diametri (mm). Toraytiruvchi moslamalarning hisobi,
diafragmaning diametrini aniqlashga mo‘ljallangan.
Diafragmaning hisobini bajarish uchun quyiagilar
ma’lum bo‘lishi kerak: quvurning ichki diametri,
quvurdagi maksimal soatlik sarf, qo‘llaniladigan
difmanometrning maksimal o'lchash qobiliyati,
diafragma oldidagi gazning absolut bosimi,
gazning absolut harorati, gaz o‘tish davrida ideal gaz
qonunlaridan chetga chiqish koeffitsiyenti, gazning
normal sharoitdagi zichligi.


Shu ko‘rsatgichlar asosida maxsus toraytiruvchi


moslamalarni hisoblash albomidan foydalanib
diafragma va soplolar hisoblanadi.
Toraytiruvchi moslamadagi bosim pasayishiga qarab
quyidagi ifoda yordamida o‘tgan gazning sarfini
aniqlash mumkin:
m³/soat. α – sarf koeffitsiyenti; ε – tuzatish
koeffitsiyenti (o‘tayotgan gazning
kengayishini hisobga oluvchi); d – toraytiruvchi
moslamaning diametri,
(mm); R – gazning absolut bosimi (ata); T – gazning
absolut harorati (K); K – ideal gaz qonunlaridan
chetga chiqish koeffitsiyenti; h20 – bosimlar farqi
(mm simob ustuni); γ – gazning zichligi (kg/m³


2) Kirishdagi gaz bosimiga hamda ularning


qo‘llanilishiga qarab GRPlar alohida binoda, bino
devoriga yoki alohida tayanchga o‘rnatilgan metall
shkaflarda joylashishi mumkin.
Alohida GRPlarni bog‘larda, xiyobonlarda, mavzelar
orasida, anoat korxonalarining hududida joylashtirish
mumkin. Bunda GRPdan boshqa binolargacha
bo‘lgan masofa GRPga kirishdagi gazning
bosimiga bog‘liq bo‘lib, quyidagicha bo‘lishi kerak:
gazning kirishdagi bosimi 0,6 MPa gacha bo‘lsa bino,
temir yo‘l va tramvay yo‘ligacha –
kamida 10 m, avtomobil yo‘ligacha – 5 m, elektr
uzatish tayanchlarigacha – kamida 1,5 N (N –
tayanch balandligi).


Agarda kirishdagi gazning bosimi 0,6 – 1,2 MPa


bo‘lsa, binolargacha, temir yo‘lgacha – 15 m,
avtomobil yo‘ligacha – 8 m, elektr uzatish
tayanchgacha – 1,5 N. Shkafli GRPlar
gazlashtirilayotgan bino devorlariga yoki bo‘lmasa,
alohida ustunlarga o‘rnatilish mumkin. Bino devoriga
o‘rnatilgan paytda bino devori III darajali o‘tga
chidamli bo‘lishi kerak va yong‘in chiqishi
xavfi bo‘yicha “G” va “D” kategoriyadagi binolar
bo‘lishi

kerak.
Kirishdagi gaz bosimi RΘ0,3 MPa bo‘lsa, unda


shkafli GRPdan bino eshik yoki derazasigacha
bo‘lgan

masofa kamida 3 m bo‘lishi kerak.




Agarda kirishdagi bosim RΘ0,3 – 0,6 MPa


bo‘lsa, ushbu masofa kamida 5 m bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, shkafli GRP bilan uning
tepasidagi deraza orasidagi vertikal masofa
kamida 5 m bo‘lishi kerar.
Statsionar GRPlar I va II o‘tga chidamlilik
darajasiga ega bo‘lgan binolarga joylashtiriladi.
Bunda binoning tomi yengil konstruksiyadan
tuzilgan bo‘lishi kerak. Chunki GRPda portlash
yuz berganda, binoga katta zarar yetmasligi
uchun uning tomi yengil bo‘lishi kerak. Bino tomi
yengil bo‘lsa, portlash yuz berganda portlash
to‘lqini tomni otib yuboradi va atmosferaga chiqib
ketadi va bino devorlari esa zarar ko'rmaydi.


Agarda GRP tomi og‘ir konstruksiyadan tuzilgan


bo‘lsa, bunda GRPning deraza, eshik, ventilatsiya
kanali va yorug‘lik tushish fonarlarining umumiy yuzasi
GRP binosi ichki hajmining har bir m³ iga 500 sm²
hisobidan olish kerak. Shunda portlash to‘lqini eshik,
derazalarni urib chiqarib, tashqariga chiqib ketishga
ulguradi va bino devorlari uncha shikastlanmaydi. GRP
eshiklari tashqariga ochilishi kerak. GRP binosidagi pol
qiyin yonadigan materialdan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, u uchqun bermaydigan materialdan
bo‘lishi kerak. Cunki ishchilar ishlayotganda qo‘lidagi
bolg‘asi yoki boshqa jihozlari tushib ketsa, polga
urilganda uchqun chiqmasligi kerak. GRPning isitish
sistemasi suvli bo‘lishi kerak va uning maksimal
harorati 130°C dan oshmasligi kerak.


Bug‘li isitish sistemasini ham qo‘llash mumkin.


Agarda bunday sistemalar yaqin orada bo‘lmasa,
GRPni pech yordamida isitish mumkin. Bunda isitish
pechi metall germetik qobiqqa ega bo‘lib, o'txonasi
GRPning asosiy xonasi bilan tutashmagan yordamchi
xona tarafda bo‘lishi kerak.
GRP ichidagi havo harorati 5°C dan kam bo‘lmasligi
kerak. GRPlarda elektr isitish sistemasini ham qo‘llash
mumkin. Lekin bunda bunday sistema portlashdan
saqlangan konstruksiyada bo‘lishi kerak. GRP
binosining ventilatsiyasi tabiiy bo‘lib, bir soatda uch
karra havoni almashtirish qobiliyatiga ega bo‘lishi
kerak. Ventilatsiya uchun GRPlar tomiga deflektorlar
o‘rnatiladi. GRP binosining yoritilishi elektr
yordamida bo‘lib, elektr sistemasi portlashdan
saqlangan konstruksiyada bo‘lishi kerak.


Elektr simlari quvur ichidan o‘tgan bo‘lishi


kerak, yoritgichlar germetik qobiq tagida bo‘lishi
zarur: agar bu shartni bajarish mumkin bo‘lsa,
unda GRP binosini yoritish uchun GRPning
tashqi devorida deraza tepasiga o‘rnatilgan
oddiy lampochkadan foydalanish
mumkin. Bunda lampochkaning nuri derazadan
ichkariga tushib, GRP xonasini yoritadi. Bunday
yoritish "kososvet" deyiladi. GRP ichida
texnologik tarmoq bilan devor orasidagi masofa
kamida 40 sm bo‘lishi kerak. Asosiy ish joyining
eni esa 80 sm dan kam bo‘lmasligi lozim.


Adabiyotlar.


1. Asadullayev A.X. "Gaz ta'minoti"
Toshkent-2008.
2. Rashidov Y.K., Asadullayev A.X., Ro'ziyev J.I.
“Suv, gaz ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini
montaj qilish va ta'mirlash”
. Toshkent-2013.
3. N.X.Ermatov B.Yu.Nomozov "Gaz ta'minoti
tizimlari" ma'ruza matnlari to'plami. Qarshi 2015
yil.

4. Yusuf Rashidov "Gaz ta'minoti tizimlari" T.


2010.


E'tiboringiz uchun rahmat.





http://fayllar.org
Download 154.18 Kb.




Download 154.18 Kb.