|
Reja; Insoniyat tarixida fanning roli
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 50,32 Kb. | | #248476 |
Bog'liq fan va texnika
FAN va TEXNIKA fanidan mustaqil ishlar
Mavzu; Kursga kirish. Insoniyat tarixida fan va texnikaning roli. Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi
REja;
Insoniyat tarixida fanning roli.
Insoniyat tarixida texnikaning rivojlanishi va uning ahamiyati.
Qadimda ilmiy bilimlarning shakllanishi.
Insoniyat tarixida fanning roli
O’zbekiston xalqi o’z oldiga huquqiy demokratik jamiyat qurish maqsadini qo’ygan va bu yo’lda dastlabki, lekin juda muhim qadamlar qo’yayotgan jarayonda fanga bo’lgan e’tibor kundan kunga ortmoqda. Negaki dunyoning bugungi rivoji shunday bir mavqedaki, hal qiluvchi omil harbiy qudratda emas, balki intellektual salohiyatda, fikrda, aqlda, fan va ilg’or texnologiyalardadir. Chunki fan va texnika olga siljigan sayin beto’xtov yangilanib boradigan jarayondir. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida fan to’g’risida shunday deyilgan “Umuman men fanni ilg’or, taraqqiyot, progress degan so’zlar bilan yonma-yon qabul qilaman. Fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat, deb tushunaman. Odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy qonuniyat ekanligini isbotlab, tushuntirib berish kerak. Fan jamiyat taraqqiyotining olg’a siljituvchi kuchi, vositasi bo’lmog’i lozim.” (“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.” Muloqot jurnali, 1998 y 3 sentyabr). Darhaqiqat jamiyat taraqqiyotining asosiy faktori bu - fan hisoblanadi. Iqtisodi rivojlangan, demokratik jamiyat qurishning yangi strategiyasi - bu fanning ham mazkur tizimda tutgan o’rni va rolini tubdan qayta qurishni, uning vazifalarini aniq belgilab berish zaruratini ilgari suradi. Ana shu zaruriyat bugungi xalqimiz oldida turgan buyuk maqsadlarni amalga oshirish uchun kerakli ilmiy xulosalar chiqarish uchun fan va texnikaga, uning vujudga kelish tarixini o’rganishga, uning rivojlanish bosqichlari, jamiyat taraqqiyotida roli va ahamiyatini o’rganishga bo’lgan talab va ehtiyojning oshib borishiga sabab bo’lmoqda. Biz o’rganayotgan “Fan tarixi” predmetining maqsad va vazifalari ham O’zbekistonning bugungi salohiyati va iqtisodini yanada takomillashtirish, el- yurtimiz omonligi, faravonligi va baxtli kelajagini yaratish uchun zarur bo’lgan ilmiy xulosalar chiqarish yuzasidan xizmat qilmogi lozim. Shunday qilib jamiyat taraqqiyotining asosiy faktori bo’lgan fan va uning rivojlanishi har doim konkret-tarixiy sharoitlar jarayoni bilan bog’liq. Bu tarixiy
sharoitlar jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish usullari bilan aniqlanadi. Fan oldidagi vazifalar, fanga bo’lgan munosabat va sharoitlarning barchasi jamiyat taraqqiyotining bosqichlari, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bilan, bog’liqdir. Chunki tarixda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqarish kuchlari erishgan darajaga javob bermasligi natijasida fanning rivojiga va uning yutuqlarini jamiyatda qo’llashga bo’lgan to’sqinlik holatlari juda ko’p uchraydi. Shuning uchun fanning rivojlanishi insoniyat tarixida juda notekisdir. Fanning eng tez rivojlangan bosqichlari hatto ayrim holatlarda turg’unlik va tushkinlik bosqichlari bilan almashilgan. Ammo jamiyat hayotida fanning ahamiyati va unga bo’lgan e’tibor umuman olganda doimiy o’sib borgan. Chunki insoniyatning butun kelajakka bo’lgan umidi fan progressi jarayoni bilan bog’liqdir. Biroq har qanday ilmiy taraqqiyot jarayoni jamiyat nazorati ostida bo’lishi kerak. Fanni boshqarish kerak. xuddi shuning uchun ham bugun fan taraqqiyoti nazariyasini qurish vazifasi o’ta muhimdir. Fanni boshqarish va uni tashkil qilish uchun amaliy tavsiyanoma bo’lgan umumiy fan nazariyasini yaratish kerak. Shuning uchun ham hozirgi kunda fan tarixi va uning rivojlanishi predmetining maxsus fan sifatidagi aktualligi oshib bormoqda. Qadimgi dunyoning eng yirik ilmiy markazlari bo’lib Misr, Mesopatomiya, Hindiston, Xitoy so’ngra Yunoniston va Rim hisoblanadi. Biroq «Fan tarixi»ning o’zi hozirgi kunda o’z tarixiga ega. Uning mustaqil ilmiy fan sifatida tan olinishi 1892 yilda bo’lib o’tdi, chunki shu yili Fransiyada «Fan tarixi» bo’yicha birinchi maxsus kafedra ochildi. Hozirgi kunda dunyoda 100dan ortiq shunga o’xshash kafedralar, 40 dan ortiq ilmiy tekshirish institutlari va ilmiy jamiyatlar mavjud. Fan tarixi bo’yicha shug’ullanayotgan olim soni ham doimiy o’sib bormoqda. Fan tarixi yana o’zining ilk tarixiga, ya’ni vujudga kelishi tarixiga ham ega. Chunki insoniyat tarixi bizdan ancha uzoq bo’lgan o’tmishga borib taqaladi. Inson hayvonat dunyosidan ajralib chiqqan vaqtlardanoq tabiatning tayyor mahsulotlarini, ya’ni yesa bo’ladigan boshoqlar, o’simliklarning barglari va ildiz-
mevalarini o’zlashtirish uchun turli usullardan, qurollardan foydalanganlar. Bu esa ibtidoiy odamlarni yaxshi yashash uchun kurash zaruriyatidan kelib chiqqan holda tabiatni, atrof-muhitni kuzatish, o’rganish va shundan xulosa chiqarishga majbur qilardi. Toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan mehnat qurollarini takomillashtirish, ov va termachilik usullarini o’rganish, bir so’z bilan aytganda – o’z imkoniyati darajasidagi barcha ishlar bilan shug’ullanish jarayoni insoniyat tarixining ancha keyingi bosqichlarida fan va texnika degan buyuk nomni oldi. Arxeologik davriy tizimda insoniyat tarixining dastlabki bosqichi bo’lgan «tosh asri» ancha uzoq davrni, ya’ni bundan 3-2 mln yillar avval boshlanib to eramizdan avvalgi 4-3 ming yillargacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Ana shu davr ichida ibtidoiy odam tabiatning tayyor mahsulotlarini o’zlashtirish, mehnat qurollarini va olovni, ovchilik va termachilikni, o’q-yoyni, qoya toshlarga rasm chizish va ayollar statuetkalarini yasashni, dehqonchilik va chorvachilik, kulolchilik va kemachilik kabi buyuk kashfiyotlarni amalga oshirdi. Inson hayotidagi har qaysi yangi qadam o’tmishdoshlarimizdan yanada ko’proq tajribani, malakani va bilimlarni talab qilardi. Shunday qilib asta-sekin malaka va bilimlar yig’indisi to’planib borgan va avloddan-avlodga o’tgan. Eramizdan avvalgi 3-1 ming yilliklarni o’z ichiga olgan «bronza asri»ga kelib dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlandi. Bu orada toshga nisbatan ancha mustahkam bo’lgan bronzadan yangi mehnat qurollari motiga, plug, g’ildirak va boshqalar kashf qilindi. Faqat ovchilik hisobiga kun ko’ruvchilar uchun xo’jalikning bu turiga bo’lgan ehtiyoj qisqarib, hayotiy zaruriyatning yanada ishonchliroq bo’lgan manbai, ya’ni qishloq xo’jaligi vujudga keldi. Bu davrda Misr, Mesopatamiya va O’rta Osiyoda sug’orma dehqonchilik vujudga keldi. Faqat g’ildirak kashf etilishining o’zigina sivilizasiya rivojining muhim dvigateli bo’ldi. Chunki g’ildirakning keng qo’llanilishi suv tegirmoni, chig’ir, charxpalaklarning va ularda qo’llaniladigan gidravlik dvigatellar va richaglarnin kashf etilishiga olib keldi. Birinchi sivilizasiya markazlaridan biri bu Misr hisoblanadi Eng qadim zamonlardan hozirgi kungacha kishilik tarixida yig‘ilgan bilimlarning taraqqiyot darajasi, uning bosqichlari, fanning rivojlanishi yo‘lida buyuk mutafakkirlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, shuningdek hayot haqidagi fan erishgan yutuqlari natijalarinint hayotdagi o‘rni, texnika sohasidagi yutuqlar, texnikaning inson mehnatini yengillashtirishdagi o‘rni, ilmiy-texnika inqilobining ro‘y berishi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Fanning o‘tilishidan asosiy maqsad fan va texnika sohasida erishilgan qiziqarli yutuqlarni bayon qilish orqali talabalarda fanning turli sohalarini chuqur o‘rganishga qiziqish hosil qilish, barcha ilm bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan kishilarga dalda bo‘lishdir.
Fan va texnika tarixining asosiy vazifasi shundan iboratki, ushbu fanni o‘qigan-o‘rgangan kishi olam, borliq, mavjudodlar haqida elementar (dastlabki) tushunchalar hosil qiladi. O‘quvchi o‘zida inson olamning zarrasi ekanligiga ishonchni shakllantiradi. Kishida olam xaqida ilmiy tasavvurlar, hosil qiladi.
Fan va texnika tarixi fanining dars sifatida o‘tilishi dolzarbligi. Muxtaram Prezidentimiz Islom Karimov fanni rivojlantirish dolzarbligi haqida gapirganlarida quyidagilarni ta’kidlagan edilar: “Ilmga intilish yo‘qolsa, fan taraqqiy etmaydi, ilmu fan rivojlanmasa- jamiyatning kelajagini tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu dahshatni barcha teran xis qilmog‘i darkor”. Barcha, avvalo yoshlar, fan yutuqlaridan xabardor bo‘lishlari, fanni rivojlantirish fidoiylarini vujudga keltirishi, tarbiyalab voyaga yetkazishi zarur. Bunda fan va texnika tarixi fanining o‘z o‘rni bor.
Ilmiy va amaliy ahamiyati. O‘zbekistonda buyuk yangilanish jarayonlari davom etayotgan ekan, ishlab chiqarishning barcha sohalari ham, fikr-mulohaza qilish ham ilmiylikka asoslanishi lozim.
Fanning yutuqlari yillar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar, amaliy tadqiqotlarning ijobiy va samarali natijalariga bog‘liq. Fandagi yutuqlar esa, jamiyatning porloq istiqbolli va kelajagini belgilaydi. «Ba’zan bittagina ilmiy kashfiyot mamlakatni dunyoga mashhur qilishi mumkin», degan edilar Prezidentimiz Islom Karimov, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining vakillari bilan 1995-yil 2 noyabrdagi uchrashuvida.
Fan haqida tushuncha. Inson paydo bo‘lganidan boshlaboq o‘z atrof-muhitini kuzatishni boshlaydi. Kuzatishlar orqali kishilar o‘zida bilim hosil qiladi. Hosil bo‘lgan tushunchalar borliq-mavjudodga yoki muayyan sohadagi tushunchalar yig‘indisi insonda ilmni shakllantiradi. Ijtimoiy hayotda yoki muayyan sohada olib borilgan izlanishlar orqali yig‘ilgan ilmiy-tadqiqodlarning ma’lumotlar majmui fan deb yuritiladi. Masalan: Falsafa fani, Tarix fani, Geologiya fani, Yuqori energiyalar fizikasi fani va hokazolari. "Fan" atamasi o‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo‘lib, tabiat va jamiyatning taraqqiyoti qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar yig‘indisiga aytiladi. Fan haqidagi dastlabki nuqtai nazarlar Qadimgi Sharqda: Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, O‘rta Osiyoda shakllangan. Shu yerda ya’ni Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi jarayonida tabiat va jamiyat haqidagi dastlabki bilimlar to‘plandi, fan darajasida tushunib yetildi, astronomiya, matematika, ahlok, mantiq fanlari nazariy xulosalarning kurtaklari paydo bo‘ldi.
Sharq sivilizatsiyasining bu yutuqlarini Qadimgi Yunoniston izchil nazariy sistema sifatida qabul qildi va qayta ishladi, oqibatda diniy va afsonaviy an’analardan ajralib chiqqan, aniq, fanlar bilan shug‘ullanuvchi mutaffakirlar shakllandi. G‘arbda yunon falsafasi va yaratilgan ilmiy merosning katta kismi Rim imperiyasining qulashi (476 y.) bilan XIII-XIV asrlardagi uyg‘onish davr oralig‘idagi “jaholat davri”da yo‘qotildi. Arab-Islom madaniyati ellinistik merosini faol o‘zlashtirdi va ijodiy rivojlantirdi.
Bu o‘zlashtirish deb ta’kidlaydi, norvegiyalik olimlar Gunnar Skirbekk va Nils Gilpelar XVI-XVII asrlarda ilm-fan inqilobiga qadar dunyoning juda katta qismidagi intellektual madaniyatda yetakchilik qilgan. Yangi arab tilidagi an’ananing manbasiga aylangan.
X-XI asrlarda Sharqda, xususan Islom mamlakatlarida juda ko‘p kitoblar yig‘ilgan yuzlab kutubxonalar mavjud bo‘lib birgina Bag‘doddagi kutubxonada 100 000 ga yaqin, Buxoroda Somonxudot kutubxonasida 15 000, Xorazmdagi “Dorul hikma va maorif” ilmiy muassasasida minglab qo‘lyozmalar saqlanmoqda edi. Noyob bu qo‘lyozmalar Sharqda ilm-fanning rivojlanishiga o‘lkan hissa qo‘shdi.
Texnika haqida umumiy tushuncha. Texnika-(ChesNpe-mahorat, san’at) — moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida yon atrofdagi tabiatga ta’sir qilishiga imkon beradigan vositalar va ko‘nikmalar majmuidir. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish. U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qa’rini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni o‘zlashtirishga imkon beradi.
«Texnika» termini biror ish (hunar) yoki san’atda qo‘llaniladigan usullarni ham bildiradi (mas, to‘quvchilik texnikasi, etikdo‘zlik texnikasi, shaxmat o‘yini texnikasi va boshqalar).
Texnika vositalari doimo takomillashib boradi, yangi texnologiya, yangicha mahsulot ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilishi bilan yangidan-yangi texnika yaratiladi. Texnika tarixi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Umuman, texnika tarixini quyidagi 7 bosqichga bo‘lish mumkin: 1 - oddiy ishlab chiqarish qurollari va usullarining yaratilishi; 2 - murakkabroq ishlab chiqarish qurollari va usullarining yaratilishi; 3-odam tomonidan boshqariladigan murakkab mehnat qurollarining yaratilishi; 4-manufaktura ishlab chiqarish sharoitida mashina texnikasining yaratilishi; 5-ilg‘or mamlakatlarda bug‘ dvigateli asosida ish mashinalarining paydo bo‘lishi; 6-elektr energiyasi asosidagi mashinalar tizimining yaratilishi; 7-avtomatlashtirilgan mashinalar tizimi va kosmik texnikaning taraqqiy etishi, axborotlar texnologiyasi (mas, internet)ning rivojlanishi
|
| |