• INDIVIDUAL LOYIHALARNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
  • MUNDARIJA KIRISH
  • 1.INDIVIDUAL LOYIHA MAQSADI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
  • Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 4.46 Mb.
    bet1/6
    Sana30.12.2022
    Hajmi4.46 Mb.
    #37332
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    INDIVIDUAL LOYIHA USLUBIY KURSATMA NEW (1)
    1- kitob, MENTAL KITOB 4, Gul changi - Vikipediya, dfsfsfs sfsdfsdf s, 4 Компьютер тармоклари ва уларнинг ахамияти, 2-amaliy ish

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI


    RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    «Multimedia texnologiyalari» kafedrasi

    INDIVIDUAL LOYIHALARNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA

    5330500 – Kompyuter injiniringi (Multimedia texnologiyalari) bakalavriatura talabalari uchun




    Toshkent 202_
    Mualliflar: PhD, dotsent Sharipov D.K., PhD, v.b. dotsent Abidova Sh.B., katta o’qituvchi Sadikov R.T. va assistent Aripova Z.D.

    «Individual loyihalarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma”. - Toshkent: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU. 2021. - 47 b.


    Ushbu uslubiy ko‘rsatma Oliy texnika o‘quv yurtlari bakalavrlari uchun Individual loyihalarni bajarishga bag‘ishlangan.


    Uslubiy ko‘rsatmadan Mutaxassislik fanlarini o‘qitish jarayonida individual loyihalarni bajarishda foydalanish mumkin.


    Taqrizchilar: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, dotsenti M.A.Artikova

    Buxoro Davlat universiteti dotsenti T.Shafiyev


    ]Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-uslubiy Kengashining qarori bo`yicha chop etilgan.
    202__ yil “___” “_________” ___ - sonli bayonnoma
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 202__ yil
    MUNDARIJA

    KIRISH

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi, «axborot magistrallari» o‘tkazish quvvatining ortishi tufayli yildan-yilga axborotning tobora kattaroq hajmi korxonalar, tashkilotlar va alohida kishilarning kengroq doirasida tarqatilishi mumkin bo‘lmoqda, lekin texnologik o‘lchamlarning sof texnik o‘sishi ham ma’lumotlarni oddiy uzatishdan jamiyatda yangi munosabatlarning o‘rnatilishiga, bilimlarni tarqatishning samarali tizimiga va pirovardida «axborot iqtisodiyotidan» «bilimlarga asoslangan iqtisodiyotga» to‘la ravishda o‘tishni, ta’minlamaydi, ya’ni ijtimoiy - munosabatlarning bilimlar va yangi texnologiyalar iqtisodiy o‘sishning asosiy omiliga aylanadigan tarzda tashkil etishiga olib kelmaydi. Jadal axborot - texnologik rivojlanishni iqtisodiy o‘sishning ishlab chiqarish samaradorligini va kishilar farovonligini oshirishning real manbaiga aylantirishga qaratilgan bundan o‘zgarishlar, shubhasiz, mamlakat rahbariyati tomonidan sa’y-harakatlarni kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda tegishli institutsional o‘zgarishlarni talab qiladi. Birinchi navbatda bu fanga va innovatsiyalarga taalluqli bo‘lib, bu sohalarda yangi bilimlar hosil etilishi va ularning ishlab chiqarish jarayonlarini samaraliroq tashkil etish yangi mahsulotlar va xizmatlar ko‘rinishida to‘g‘ridan - to‘g‘ri mujassamlashuvi yuz beradi.


    Individual loyihani yaratish jarayonida talabalar o’tiladigan mutahassislik fanlari doirasida zamonaviy web-ilovalar, web-saytlar va dasturlash tillari, 3D texnologiya, komyuter animatsiyasi, mobil ilovalarni ishlab chiqish ularning tuzilishi va ulardan foydalanish metodlari, har bir dasturning afzalligi va kamchiligi, rivojlanish tendensiyasi, istiqboli hamda respublikamizdagi bu borada olib boriliyotgan ishlar va olinayotgan natijalar qo’llanish sohasida foydalaniladigan dasturlash tillarini o‘rganadilar.
    O‘quv rejasiga asosan barcha kompyuter injiniringi yo‘nalishdagi bakalavr talabalari mutahassislik fanlaridan o‘zlashtirish jarayonida nazariy bilimlarga, web-ilovalar, web-saxifalar va web-saytlar, 3D oby’ektlar, animatsiyalarni qo’llash, mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladi va individual loyihalarni bajaradilar. Mutahassislik fanlar bo‘yicha bu bilimlarga ega bo‘lishda dasturlash asoslari, web texnologiyalar, MBBT, 3D texnologiya, mobil olovalarni ishlab chiqish va boshqa fundamental fanlar asos bo‘ladi.

    1.INDIVIDUAL LOYIHA MAQSADI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


    1.1.Individual loyihaning maqsadi va vazifasi


    Individual loyiha bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha Mutaxassislik fanlarning namunaviy va ishchi dasturlari asosida bajariladi. U axborot texnologiyalarining asosiy tushunchalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, talabalarni web dasturlash bo’yicha belgili tillar bilan tanishish va ishlay olishi, yaratilayotgan saxifalarga bezak bera olish, web-saytning algoritmini tuza olishi va dasturlash tili yordamida ma’limotlar bazasini yaratish hamda ulardan foydalanish, kompyuterli animatsiya bo’yicha animatsion effektlarni qo’llay olish, 3D texnologiya bo’yicha uch o’lchovli ob’yektlarni yaratish, virtual sayohatlarni amalga oshirish va multimediali ma’lumotlar bazasi bo’yicha bazalar yaratish hamda ulardan foydalanish ko‘nikmasini hosil qilishga asoslanadi.


    Individual loyihaning asosiy maqsadi – talabalarga web-sayt dizayni asoslari va qonuniyatlarini, uning foydalanuvchilarga yo‘naltirilgan elementlarini rivojlantirishning asosiy prinsiplarini, zamonaviy dizayn vositalaridan foydalangan holda web-sayt yaratish uchun usul va texnologiyalar hamda CMS texnologiyalari, shuningdek yangi tendensiyalarga malaka va ko‘nikmalarini hosil qiladi. Ularning rivojlanish istiqbollari, zamonaviy standartlardan foydalangan holda web-ilovalar uchun foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish. Mijoz va web-ilovalarning server qismlari uchun dastur kodini ishlab chiqish. Internetda uning reytingini oshirish maqsadida web-ilovani optimallashtirish, hamda axborot tizimlarini yaratish va loyihalashtirish. Web-ilovalarni ishlab chiqishda maxsus texnik yechimlardan foydalanish va axborot tizimlarini yaratish, loyihalashda qidiruv tizimlari uchun ma’lumot tayyorlash qoidalari hisobga olgan holda web-ilovalarni takomillashtirish. Internetda web-ilovalarni ommalashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    Ma’lumotlar bazasini tashkil etish, ma’lumotlar bazasida jadvallar bilan ishlash, jadvallar ustida SQL so’rovlarni amalga oshirgan holda jadvallarni o’zaro bog’lash, rasm, audio va video ma’lumotlardan foydalangan holda bazani multimedia ma’lumotlar bilan boyitishga alohida e’tibor beriladi.
    Multimedia dizayn bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarini hamda multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda multimediali maxsulotlarni yaratish bundan tashqari multimedia dasturiy vositalari bilan ishlashning ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga alohida e’tibor beriladi.
    Individual loyihani bajarish davomida talabalar saytlarni loyihalashtirish asoslari haqidagi bilimlar tizimini o‘zlashtirish, saytlarni yaratishda qo‘llaniladigan zamonaviy vositalarni va texnologiyalarni internet asoslari, algoritm tushunchasi va hech bo‘lmaganda bitta dasturlash tilini, hamda dasturlash texnologiyalarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    3D texnologiya bo’yicha uch o’lchovli ob’yektlarni yaratish, ularni modellashtirish hamda render jarayonlarini qo’llash imloniyatlariga ega bo’ladi.
    Kompyuterli animatsiya bo’yicha yaratilgan ob’yektlarga animatsion effektlarni qo’llash, ularni harakatlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
    Individual loyihani bajarish davomida talabalar kafedrada ishlab chiqilgan uslubiy ko‘rsatma va axborot resurs markazidagi adabiyotlardan, hamda internet saytlaridan foydalanadilar.


    Download 4.46 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 4.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 4.46 Mb.