O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Pedagogika.Psixologiya
Amaliy
topshiriq-5
Guruh: 212-20
Topshirdi: Raimov Jasurbek
Tekshirdi: Yusupova
Zamira
Reja :
1.Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
2.Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini
o‘rganish metodlari
3.Oratorlik madaniyati konikmalarini shakllantirish (Aqliy hujum, Maslahat usullari
asosida)
1) Temperament muammosiga bo‘lgan qiziqish 2,5 ming yil avval paydo bo‘lgan. Bu
qiziqishning paydo bo‘lishiga organizm biologik va fiologik tuzilish va
rivojlanishi
xususiyatlari, shuningdek, ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy aloqalar
va munosabatlarning
takrorlanmasligi xususiyatlari asosidagi individual farqlarning mavjudligi sabab
bo‘ldi. Temperament shaxsning biologik jihatdan shartlangan tuzilmalariga kiradi.
Temperament odamlar o‘rtasida, shuningdek, hissiyotlar, hissiy taassurotlilik,
harakatlarning maromi va
jadalligi, va boshqa bir qator dinamikaga ega bo‘lgan
xususiyatlardagi ko‘plab psixik farqlarning mavjudligini belgilab beradi.
Hozirgi kunda temperamentni tadqiq etishga doir ko‘plab yondoshuvlar mavjud. Lekin
bu yondoshuvlarning xilma-xilligiga qaramay, ko‘pchilik tadqiqotchilarning tan olishiga
ko‘ra, temperament – bu shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanadigan biologik
ustqurma, temperament asosidagi shaxs xossalari esa barqaror va davomli bo‘lib
hisoblanadi.
B.M. Teplov temperamentga quyidagicha ta’rif beradi: «Temperament deb, ayni bir
odam uchun xos bo‘lgan emotsional qo‘zg‘auvchanlik, ya’ni, bir
tomondan, hislar
paydo
bo‘lishining tezligi, va
ikkinchi tomondan, ularning kuchi bilan bog‘liq bo‘lgan psixik
xususiyatlarning yig‘indisiga aytiladi».