• MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI FANIDAN “Kantrak bo’limi ” MB loyihalash mavzusida Tekshirdi: Bajardi: Tovoshorov S.
  • Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti




    Download 1.7 Mb.
    bet1/6
    Sana16.06.2022
    Hajmi1.7 Mb.
    #23837
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Suhrob T
    O\'rta asrlar va yangi davr Yevropa falsafasi, Jarayonlar o‘zaro bog‘lanishi algoritmlari (sinxronlashtirish), 2-sinf O\'qish 141117130159, Doc1, 8-S-12-Fayllar va kataloglar

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI



    Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti yo’nalishi
    309 - guruh talabasi
    Tovoshorov Suhrobning
    MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI FANIDAN
    Kantrak bo’limi ” MB loyihalash mavzusida



    Tekshirdi:
    Bajardi: Tovoshorov S.
    SAMARQAND – 2021
    Kirish
    Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
    Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
    Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
    Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar.
    Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
    Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MBga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish talab etilmasligi lozim.
    Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.
    Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
    Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
    T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin.
    Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
    Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi.
    Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi.
    Hisoblash texnikasi va dasturiy ta'minotni rejasiz xarid qilish, mayda kompaniyalarda yangilanmaydiga biznes takliflarga buyurtma berilishi va ularning joriy etilishi, turli bo‘linmalarga joriy etilgan bir vazifani hal etish uchun turli takliflarning mavjudligi, har xil segmentlangan tarmoqlarni ma'muriylashtirish va himoyalash muammolari — bularning barchasi turli kompaniyalar axborotkommunikatsiya texnologiyalar bo‘linmalari rahbarlari duch keladigan muammolar jumlasiga kiradi. AKTning rivojlanishi raqamli va matnli axborotga ishlov berishning barcha texnik vositalarini firma ichidagi yagona axborot tizimiga birlashtirish imkonini berdi. Bir vaqtning o‘zida hisoblash texnikasi va matnli axborotlarga avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berish vositalaridan foydalanishga asoslangan axborot tizimi eng samarali hisoblanmoqda.Korxona faoliyati mobaynida ko‘p hajmdagi axborotlarni to‘playdi, ularni tezda qidirib topish esa ushbu axborot samarali joylashtirilgan va saqlangan taqdirda mumkin bo‘ladi. Ma'lumotlar bazasi firmaning ishlab chiqarish-sotish bo‘linmalarining xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi statistik ko‘rsatkichlar majmuini, shuningdek, firma rivojlanishining holati va tendensiyalariga ta'sir ko‘rsatuvchi barcha omillarga nisbatan materiallarni o‘z ichiga oladi. Ma'lumotlar bazasi uchun statistik ko‘rsatkichlar to‘plami puxta ishlab chiqiladi va firmaning faoliyat ko‘rsatishi natijalari va istiqbollarini chuqur iqtisodiy tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarni qamrab oladi. Odatda ma'lumotlar bazasini shakllantirishda ma'lumotlarni saqlash va yangilash tizimi to‘g‘risidagi masala ham hal etiladi. Bugungi kunda elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga aylandi. Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish orqali qog‘oz 4 hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga keladigan ko‘plab tashkiliy va texnologik 3 cheklovlarni bartaraf etish mumkin. Bu esa hujjatlar bilan ishlash samaradorligi, boshqarish sifatini oshirish, axborotni ishonchli himoya qilishni ta’minlash imkonini beradi. Elektron hujjat aylanishi tizimlari nafaqat bitta korxona miqyosida, balki mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida qo‘llanishi lozim.
    Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompьyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompьyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir.




    1. Download 1.7 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.7 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti

    Download 1.7 Mb.