• Samsung” haqida faktlar
  • “Samsung” kompaniyasi reja




    Download 5,55 Kb.
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,55 Kb.
    #234762
    Bog'liq
    “Samsung” kompaniyasi reja


    Adidas kompaniyasi

    “Samsung” kompaniyasi

    REJA:


    • Kompaniya asoschisi

    • Samsung”ning ishchilari

    • Samsung”ning smartfon ishlab chiqarishi

    C:\Users\student\Downloads\Telegram Desktop\Adidas kompaniyasi.pptx


    Eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan “Samsung”- mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgan. 1938-yilda asos solingan kompaniya mana shu davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan burilishlarga sabab bo‘ldi. Kompaniya asoschisi Li Bying-chul kompaniyaning katta ahamiyat kasb etishiga ishonardi. “Samsung” nomi ham aynan shu maqsadni o‘zida aks ettirgan. Koreys tilida “Uch yulduz” ma’nosidagi brend nomi ushbu xalq madaniyatida katta, ulkan va qudratli kabi tushunchalar ramzi sanaladi.

    Balkim, bundan xabardorsiz, balkim yo‘q, lekin koreys korporatsiyasi faqatgina elektronika yoki mobil qurilmalar bilan cheklanib qolgan emas. Samsung Groupga qarashli listingi o‘tkazilmagan 59 ta va listing qilingan 19 ta kompaniya mavjud bo‘lib, ularning hammasi, asosan, Koreya fond birjasida savdo qiladi. Bular qatoriga qurilishdan tortib, moliya, kemasozlik va hattoki tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan kompaniyalar ham kiradi. Yuqoridagi tarmoq korxonalari ishchilarining umumiy soni 80 ta mamlakat bo‘ylab 489,000 dan ortiq xodimlarni tashkil etadi.

    Hozirgina Samsung Group tarkibiga qancha kompaniya va ishchi xodim kirishi haqida ma’lumot berib o‘tdik. Bularning barchasi Samsung, o‘zi joylashgan Janubiy Koreya davlati yalpi ichki mahsulotining anchagina qismini tashkil etishini anglatadi, albatta. 2017 yilda CNN nashri Samsung Group Koreya YIMning 15% ulushiga egalik qilishi haqida ma’lumot bergan edi. Hozirda esa, Koreya fond birjasida Samsung Groupning subsidiyalari 20% ulushga ega. Bu ulushning katta qismini esa birgina Samsung Electronics bo‘limi tashkil qiladi.

    Samsung yaratgan ilk elektron qurilma bu 1970-yilgi rangsiz televizor edi. Keyingi o‘n yilliklar ichida esa kompaniya sezilarli darajada kengayib, o‘zining 1986-yilgi avtomobilga o‘rnatiluvchi telefoni bilan mobil olamga qadam tashladi. Kompaniyaning dastlabki oynai jahon qurilmalarini iste’molchilar iliq kutib oldi, biroq telefon apparati esa tijoriy jihatdan muvaffaqqiyatsiz bo‘ldi.

    Kompaniya logosi 70-yillardan oldin bir necha marta o‘zgartirilgan bo‘lsa-da, bu davrdan so‘ng, ancha barqaror bo‘lib keldi. 1993-yilda hozirgi logotip yaratilgan, shu bilan Samsung o‘z logotipini 3 marta o‘zgartirgan, xolos. Samsung bir necha o‘n yillardan buyon elektronika mahsulotlari biznesi bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘lsa-da, faqatgina 1993-yilga kelib kompaniya Raisi Li Kun Hi tashabbusi bilan mahsulot sifatini ta’minlashni eng ahamiyatli jihatga aylantirish siyosati ilgari surildi.

    Samsung” haqida faktlar:


    - 1930-yillari koreyalik ishbilarmon Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarish ishiga kirishadi. Tegu shahrida uncha katta bo‘lmagan ombor quradi. Ana shu ombor “Samsung” kompaniyasiga tamal toshi bo‘ladi.
    - Kompaniya 1938-yilda “Samsung Trading Company” savdo belgisi bilan ro‘yhatdan o‘tdi.
    - Samsung 1983-yildan shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.
    - 1991 – 1992 yillarda shaxsiy mobil vositalar va mobil telefonlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
    - 1999-yili konsern elektron maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha «Forbes Global» jurnalining mukofotiga sazovor bo‘ldi.
    - Konsernga tegishli LCD monitorlari va televizorlar ishlab chiqaradigan zavodlar Janubiy Koreya – Suvon shahri (1981), Vengriya (1990), Malayziya (1995), Buyuk Britaniya (1995), Meksika (1998), Xitoy (1998), Braziliya (1998), Slovakiya (2002), Hindiston (2001), Vetnam (2001), Tailand (2001) va Ispaniyada (2001) faoliyat yuritadi. Bu tarmoq kompaniyaga yiliga 5 mlrd. AQSh dollari olib keladi.
    - “Interbrand” konsalting kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, “Samsung” kompaniyasi savdo belgisining qiymati bo‘yicha dunyoda 21-o‘rinda turadi. Uning asosiy raqobatchisi “Sony” esa 25-o‘rinda.
    Manba: Axborot xizmati

    1996-yilda Samsung CDMA texnologiyasidan foydalanuvchi dunyodagi birinchi SCH-100 telefon modelini yaratdi. Foydalanuvchiga unchalik ham ko‘p qulaylik yaratmaydigan, GSMdek darajada emas, deb baholangan bo‘lsa-da, o‘sha davr uchun yangi standart bo‘lgan CDMAning GSMdan ba’zi afzalliklari bor edi..

    Samsung” kompaniyasining SWOT tahlili: kuchli tomonlari: 1. Bozordagi yetakchi mavqe 2. “SAMSUNG” brendi status pozitsiyasining elementi sifatida qabul qilinadi 3. Qulay geografik joylashuvga ega bo'lgan eng ko'p do'konlar soni

    Zaif tomonlar: 1 Mahsuloti juda ham qimmat 2 Mijozlarning manfaatlariga etarlicha e'tibor bermaslik 3 kompaniya mahsulotida aholi uchun qulaylik kamligi

    Imkoniyatlar: 1 Smartphonlar orasida eng yuqori dizayn 2 Quvat tez olishi va uni uzoq muddat ushab tura olishi 3 Mahsulot dizayni juda ham insoni etiborini oziga jalb qiluvchi

    Tahdidlar: 1 Google Samsungning tahdidga aylanishidan xavotirda 2 Apple kompaniysi sotuv jarayonida otib ketishi mumkinligidan



    http://fayllar.org
    Download 5,55 Kb.




    Download 5,55 Kb.