• Kalit so’zlar
  • Science and Education




    Download 113 Kb.
    bet1/2
    Sana19.01.2024
    Hajmi113 Kb.
    #141371
      1   2
    Bog'liq
    muammoli-ta-lim-texnologiyasi-o-qitishning-eng-samarali-usuli-sifatida
    maqola, mirza maqola, mirza maqola, c94d7705-8a2f-4367-8d24-c3dff8f4e36c, 3. Ҳафталик иш режа намуна, 1-Amaliy mashg'uloti varyantlari va bajarishga ko'rsatma , ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar, Л2 Скретч, Final FINR Form (3), Документ Microsoft Word (11), Mathcad dasturi, Sunʼiy intellekt 11- мавзу, Kompyuterni tashkil qilishning arifmetik asoslari. Turli XIL san, K T E 6

    "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz August 2023 / Volume 4 Issue 8

    Muammoli ta’lim texnologiyasi o’qitishning eng samarali usuli sifatida
    Hamrogul Yormuhammedovna Qodirova
    Buxoro viloyati, Vobkent tumani, 6-DMTT
    Annotatsiya: Maqolada bugungi zamonaviy ta’lim sharoitda muammoli ta’lim texnologiyalarining ahamiyatli jihatlari, ta’lim oluvchilarning tanqidiy, mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, aqliy faoliyatni yanada rivojlantirish, muammoli vaziyatlar ularning turli echimlarini izlab topish, muammoli ta’limning samarali usullari, ahamiyati, xususiyatlari haqida umumiy ma’lumot berilgan.
    Kalit so’zlar: muammoli vaziyat, mantiqiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, salohiyat, tafakkur, faoliyat uyg‘unligi, maxsus qobiliyat, ijtimoiy, taraqqiyot, badiiy ifodaviy, ehtiyoj, ziddiyat, izlanish, to‘siq, ilmiy-texnika, kompleks yondashuv
    Problem-based educational technology as the most effective method of teaching
    Hamrogul Yormuhammedovna Kadyrova
    Bukhara region, Vobkent district, 6-SPO
    Abstract: In the article, the important aspects of problem-based learning technologies in today's modern educational environment, the development of critical, independent and creative thinking skills of learners, the further development of mental activity, the search for their various solutions to problem situations, effective methods of problem-based education, general information about its importance and features is given.
    Keywords: problem situation, logical thinking, critical thinking, potential, thinking, harmony of activity, special ability, social, development, artistic expression, need, conflict, search, obstacle, scientific-technical, complex approach
    Bugungi zamonaviy ta’lim yoshlardan kuchli salohiyatli, raqobatbardosh, maxsus qobiliyatli, zamon bilan hamnafas, maqsadli, ilmiy-texnika taraqqiyot talablariga javob beradigan, mustahkam irodali bo‘lishni talab etadi. Bu kabi sifatlarni amalga oshirilishda esa muammoli ta’lim texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.
    Muammoli ta’lim bu mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, izlanish, umumlashtirish, muammoli vaziyatlar, echim topish, bilishga qiziqish, ehtiyoj, usullar qo‘llaniladigan bir yangicha tizimidir.
    Muammoli o‘qitish XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshladi.
    Pedagogikada muammoli ta’lim haqida so‘z yuritilarkan ko‘z o‘ngimizga eng birinchi og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlar keladi albatta. Ta’limdagi og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarning har biri bola ongida muammoli vaziyat yaratishi mumkin. Muammoli vaziyatlar esa o‘z navbatida bolani mustaqil fikrlashga, tafakkur etishga, izlanishga, ijodkorlikka, boshqacha qilib aytganda aqliy salohiyatining yuksalishiga olib boradi.
    Bugungi globallashuv davrida muammoli yondashuv ta’lim dasturlarida, bolalarning mustaqil faoliyatlarida o‘zining ifodasini topishi lozim. Jumladan:

    • bilimlarni muammoli bayon qilish; - bolalarni izlanishga undash;

    • ta’limning tadqiqiy metodi.

    Muammoli ta’lim deganda beriladiga ma’lumotlarni ta’lim oluvchilar ongiga ularning darajasiga mos va muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rgatish tushuniladi. Ta’lim qachonki ushbu yo‘sinda olib borilsagina bolaning fikrlash faoliyatida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani ob’ektiv ravishda izlanishga, tafakkur qilishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga da’vat etadi.
    Muammoli ta’lim - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaqtning, yangi jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o‘rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Muammoli vaziyat bolaning ma’lum ruhiy holati bo‘lib, bu holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
    “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning bir qancha echimini topish, eng to‘g‘ri xulosaga kela olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir .
    Eng avvalo “Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi darajasi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi lozim. “Muammoli vaziyat” lar tanlanganda bolaning yosh jihati, bilim darajasi inobatga olinishi muhimdir. Ular qo‘yilgan muammoning echimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda echimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi.
    “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi

    • guruhlarga bo’lish

    • muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlash

    • muammoli vaziyatning oqibatlari to’g’risida fikr yuritish

    • muammoli vaziyatning yechimini ishlab chiqish

    • to’g’ri yechimlarni tanlash

    Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

    • pedagog mavzuga oid muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi.

    • pedagog o‘quvchilarga muammoni bayon qiladi.

    • o‘quvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. - o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratadi.

    • kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar, muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar.

    • muammoning oqibatlari to‘g‘risida fikr-mulohazalar olib boradilar.

    • muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar, muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar.

    • kichik guruhlar muammoli vaziyatning echimi bo‘yicha o‘z takliflarini bildiradilar.

    • barcha xulosalardan so‘ng bir xil echimlar jamlanadi.

    -o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyatni echish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi.
    Muammoli vaziyat metodining mohiyati shuki, u bola tanish bo‘lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o’zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir.
    Muammoli vaziyat” metodi

    Muammoli ta’lim faoliyatini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda pedagog ushbu ta’limning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy funktsiyasini yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. Pedagog hech qachon ta’lim oluvchiga tayyor yechimni berishi kerak emas, balki ularni fikrlashiga, aqliy rivojlanishiga, bilim olishlariga turtki bo‘lishi, ularning barcha faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim. Ushbu ta’lim texnologiyasidan, muammoli vaziyatlardan o‘quv jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin. Masalan yangi mavzu bayonida, mustahkamlash va bilimlarni nazorat qilishda.
    Xulosa qilib aytganda muammoli o‘qitish texnologiyasining maqsadi ta’lim oluvchilar bilan ishlash jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy masalalar, muammolar, turlicha savollariga javob qidirish, muammoli vaziyatlar ularni hal etish yo‘llari bilan yangi bilimlarni o‘zlashtirishni, faoliyatda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish va hal etishga o‘rgatish ko‘nikmasini shakllantirishdan, qiziqish uyg‘ota olishdan iborat.

    Download 113 Kb.
      1   2




    Download 113 Kb.