www.scientificprogress.uz
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal
ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 3
217
ONA TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY METOD –
KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH
Nursulton Shayxislamov
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolda o‘quvchilarga imlo qoidalarini o‘rgatish, xususan, kakografiya yo‘li,
ya’ni maqsadli ravishda xatolarga yo‘l qo‘yilgan matnni o‘quvchilarga
tuzatish usuli
haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to‘g‘rilash, kakografiya usuli
USE OF MODERN METHODS - CACOGRAPHY IN TEACHING NATIVE
TONGUE LESSONS
Nursulton Shaykhislamov
Chirchik State Pedagogical Institute of
Tashkent Region
ABSTRACT
The article discusses the question of teaching the students the spelling rules on the
basis of the method of cacography, i.e. the method of basis of error, correction of the
texts which contain errors entered intentionally.
Keywords: spelling, spelling rules, intentionally,
exercises, error, correction,
thought, cacographical method
KIRISH
Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog‘idan
boshlab qunt bilan
o‘qish, ilm va hunar o‘rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda
o‘ziga xos ta’lim tizimi yaratildi: “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ta’limning boshqa sohalari qatori ona tili ta’limiga
ham alohida o‘rin ajratilgan.
Ona tili o‘quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og‘zaki va yozma ravishda
to‘liq bayon qilishga o‘rgatadi. O‘quvchining savodxonlik darajasini,
uning ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi.
Ma’lumki, har bir milliy til o‘zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan
tashqari ruhiy olamni, qayg‘u-alamlari-yu shodliklarini ham o‘rinda tugal ifodalaydi.
Insonda har bir narsaga nisbatan o‘z munosabatini bildirish
imkoniyati bor va bu
imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi.