• Ma’lumotlarni jadvalga kiritish
  • Мatn, katak, oraliq, satr va ustunlarni tanlash
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Statistik dasturlar paketidan foydalanish tartibi




    Download 0.53 Mb.
    Sana15.02.2024
    Hajmi0.53 Mb.
    #157304
    Bog'liq
    14Microsoft Office Excelda statistik fuksiyalar
    20 mavzu, 24 mavzu, Axborot haqida tushincha va uni o‘lchov birliklari, Iqitisodiyotda axborot texnologiyalari. Dasturiy ta’minot., Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari., 8 Ofis dasturlar paketi va uning tarkibi. Matn, jadval prosesso, 12Microsoft Office Word matn muharririda jadvallar va ob’yektlar bilan ishlash, 16Microsoft Office Power Pointda taqdimotlar yaratish texnologiyalari, 17Zamonaviy kompyuter tarmoqlari, 18Veb-sahifa yaratish asoslari. HTML tili. CMSlar va ular yordamida saytlarni boshqarish, 19Kompyuter tarmoqlari va unda ishlash, internet asoslari, elektro-fayllar.org, 5Operatsion tizimlar va ularning turlari. Windows OS va uning avlodlari.

    Microsoft Office Excelda statistik fuksiyalar
    Reja:

    1. MS EXCEL dasturi.


    2. EXCEL menyu bandlari , statistik funksiya bilan ishlash

    Statistik dasturlar paketidan foydalanish tartibi


    "EXCEL" da tanlanmani dastlabki statistik tahliliga oid tayyor dasturlar paketi mavjud. Bu paketdan foydalanib tanlanmaning sonli tasniflarini topish, turli ko‘rinishdagi diagrammalarni (gistogramma, poligon) yasash, turli xildagi zarur bo‘lgan koeffitsiyentlarni hisoblash, har xil ko‘rinishdagi egri chiziqli (xususan chiziqli) regressiya tenglamalarini qurish mumkin. "EXCEL" ga kirgandan so‘ng dastlabki oyna ko‘rinishi 4-rasmda keltirilgan, bunda А,B,C… ustunlarga o‘zingiz uchun qulay ko‘rinishda tanlanma qiymatlari kiritiladi.


    Ma’lumotlarni jadvalga kiritish

    1. Ma’lumotlarni kiritish zarur bo‘lgan katakni ko‘rsating.


    2. Ma’lumotlarni kiritib "enter" tugmasini bosing.
    Formulalarni kiritish

    1.Formulani kiritish zarur bo‘lgan katakni ko‘rsating.


    2. = belgini kiriting, agar "Изменить формулу " tugmachasi yoki "вставка функции" tugmasi bosilsa, tenglik belgisi avtomatik ravishda qo‘yiladi.
    3. Formulani kiriting.
    4. "ENTER" tugmasini bosing.


    Мatn, katak, oraliq, satr va ustunlarni tanlash



    Ajratish uchun

    Quyidagilarni bajaring

    Yacheykadagi matnni ajratish uchun

    Agar redaktorlash rejimi yacheykaga kiritilgan bo‘lsa, yacheykani ajratib ko‘rsating, uni ikki marta bosing va katakdagi matnni ajrating.

    Alohida katakka

    Katakni ko‘rsating yoki o‘tqazish tugmachalari yordamida unga o‘ting

    Katak oralig‘i

    Ko‘rsatkichni birinchi katak oralig‘idan oxirgisiga o‘tqazing.

    To‘liq ustun

    Ustun sarlavhasini bosing.

    1-laboratoriya ishi.


    Tanlanmadagi ma‘lumotlarni Microsoft Excelda fayl ochib kiriting (4-rasm).
    4-rasm

    A7,A8,A9,A10,A11 yacheykalarda mos ravishda “tanlanma o‘rta qiymat”, “tanlanma dispersiya”, “tanlanma o‘rtacha kvadratik chetlanish”, “Moda”, “Mediana” yozuvlarini kiriting. Bu kattaliklarni hisoblash uchun Qora ramkada ajralib turgan katakni mos yozuvlar oldidagi kataklarga qo‘yib quyidagi ishlarni amalga oshiramiz.
    “Tanlanma o‘rta qiymat” ni hisoblash uchun, hisoblash natijasi chiqarilishi kerak bo‘lgan katakni “sichqoncha” bilan belgilab, quyidagi ketma-ketlik amalga oshiriladi
    tugmasini bosamiz (“Вставка функции”) (Kategoriya oynasidan, 5-rasm) “Статистические” (Funktsiya oynasidan) “СРЗНАЧ” OK
    5-rasm

    (6-rasm) СРЗНАЧ oynasining (Число1 katagida) tanlanma kiritilgan yacheykalar o‘rni ko‘rsatiladi “OK”
    6-rasm

    Natijada “tanlanma o‘rta qiymat” ning son qiymati xisoblanib biz belgilab olgan katakda chiqariladi (7-rasm)


    7-rasm

    Xuddi shunday qolgan kattaliklar hisoblanadi:
    “Tanlanma dispersiya”:
    (“Вставка функции”) tugmasini bosamiz “Cтатистические” “ДИСПР” ( “ДИСПР” oynasining “ЧИСЛО1” katagiga 8-rasm) tanlanma berilganlari yacheykalar o‘rni ko‘rsatiladi “OK”
    8-rasm

    “Tanlanma o‘rtacha kvadratik chetlanish”:


    (“Вставка функции”) tugmasini bosamiz “Cтатистические” “СТАНДОТКЛОНПА” ( “СТАНДОТКЛОНПА” oynasining “Значение1” katagiga 9-rasm) tanlanma berilganlari yacheykalar o‘rni ko‘rsatiladi “OK”
    9-rasm

    “Moda”:
    (“Вставка функции”) tugmasini bosamiz “Cтатистические” “МОДА” ( “МОДА” oynasining “Число1” katagiga 10-rasm) tanlanma berilganlari yacheykalar o‘rni ko‘rsatiladi “OK”


    10-rasm


    “Mediana”:


    (“Вставка функции”) tugmasini bosamiz “Cтатистические” “МЕДИАНА” ( “МЕДИАНА” oynasining “Число1” katagiga 11-rasm) tanlanma berilganlari yacheykalar o‘rni ko‘rsatiladi “OK”

    11-rasm


    Shunday qilib yakuniy oyna quyidagi ko‘rinishni oladi (12-rasm)


    12-rasm

    Endi oldimizga qo‘yilgan maqsad tanlanma uchun variatsion qator tuzish. Tanlanma hajmi katta va va o‘rtasidagi farq kichik bo‘lganligi uchun diskret variatsion qator tuzamiz. Buning uchun bitta ustunda tanlanmada qatnashayotgan variantalarni yozamiz, mos ravishda ikkinchi ustunda esa ularning chastotalarini topamiz. Chastotalarni topish uchun quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiramiz:


    (“Вставка функции”) tugmasini bosamiz “Cтатистические” “СЧЁТЕСЛИ” ” ( “СЧЁТЕСЛИ” oynasining “Диапазон” katagiga 13-rasm) tanlanma berilganlari yacheykalar o‘rni ko‘rsatiladi, faqat o‘rni ko‘rsatilgan yacheykalar harfi va soni oldida “$” belgisini qo‘yamiz “Критерий” katagida esa hisoblanishi kerak bo‘lgan varianta yacheykasi o‘rnini kiritamiz “OK”

    13-rasm


    Xuddi shu ketma-ketlikni barcha variantalar uchun takrorlaymiz, natijada varianta va ularninig chastotalaridan iborat bo‘lgan variatsion qatorni hosil qilamiz Boshqa qisqaroq yo‘l ham tutishimiz mumkin: ( “СЧЁТЕСЛИ” oynasining “Диапазон” katagiga 13-rasm) tanlanma berilganlari yacheykalar o‘rni ko‘rsatilib, faqat o‘rni ko‘rsatilgan yacheykalar harfi va soni oldida “$” belgisini qo‘yamiz “OK” chastotasi aniqlangan birinchi yacheyka chastotasini “sichqoncha” da “ushlab” turib qolganlari uchun davom ettirsak, qolgan variantalar chastotalari ham hisoblanadi. Barcha variantalar chastotalari hisoblangan kataklardan keyingi katakda bu chastotalar yig‘indisini ham hisoblab qo‘yamiz: buning uchun yig‘indisi hisoblanishi kerak bo‘lgan yacheykalarni ajratib olib tugmasini bosamiz (14-rasm). Variatsion qator poligoni, gistogrammasi va emperik funktsiya taqsimoti grafiklarini chizish uchun nisbiy chastotalar va yig‘ma chastotalar ustunlarini ham hisoblaymiz
    14-rasm

    Variatsion qator poligonini chizish uchun quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiramiz:
    (“Добавить диаграмму”) tugmasini bosamiz “Мастер диаграмм (шаг 1 из 4)” oynasining “Тип” qismidan “График” ni, “Вид” qismidan esa grafik ko‘rinishini tanlaymiz “Далее” tugmasini bosamiz (15-rasm)
    15-rasm

    Hosil bo‘lgan “Мастер диаграмм (шаг 2 из 4)” oynasining “Диапазон данных” oynaostining “Значения” katagida nisbiy chastotalar turgan yacheykalar o‘rni kiritiladi “Далее” tugmasini bosamiz (16-rasm)
    16-rasm

    Hosil bo‘lgan “Мастер диаграмм (шаг 3 из 4)” oynasida “Заголовки” oynaostining “Название диаграммы” katagida grafik nomi “Variatsion qator poligoni” yozuvini “Ось Х (категорий)” katagida “x(i)” “Ось У (категорий)” katagida “n(i)/n” yozuvini kiritamiz “Готово” tugmasini bosamiz.(17-rasm)
    (17-rasm)

    Natijada variatsion qator poligoni grafigini hosil qilamiz (18-rasm)
    18-rasm

    Variatsion qator gistogrammasini chizish uchun quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiramiz:
    (“Добавить диаграмму”) tugmasini bosamiz “Мастер диаграмм (шаг 1 из 4)” oynasining “Тип” oynaostidan “Гистограмма” ni, “Вид” oynaostidan esa gistogramma ko‘rinishini tanlaymiz “Далее” tugmasini bosamiz (19-rasm)
    19-rasm

    Hosil bo‘lgan “Исходные данные” oynasining “Диапазон данных” oynaostining “Диапазон” katagida nisbiy chastotalar turgan yacheykalar o‘rni kiritiladi “Далее” tugmasini bosamiz (20-rasm)


    20-rasm

    Hosil bo‘lgan “Мастер диаграмм (шаг 3 из 4)” oynasida “Заголовки” oynaostining “Название диаграммы” katagida grafik nomi “Variatsion qator gistgrammasi” yozuvini “Ось Х (категорий)” katagida “x(i)” “Ось У (категорий)” katagida “n(i)/n” yozuvini kiritamiz “Готово” tugmasini bosamiz. (21-rasm)


    21-rasm

    Natijada variatsion qator gistogrammasi grafigini hosil qilamiz (22-rasm)


    22-rasm

    Emperik taqsimot funktsiya grafigini chizish uchun variatsion qator gistogrammasini chizishda bajarilgan amallar ketma-ketligi bajariladi, faqat “Исходные данные” oynasining “Диапазон данных” oynaostining “Диапазон” katagida yig‘ma nisbiy chastotalar turgan yacheykalar o‘rni kiritiladi “Далее” tugmasini bosamiz Hosil bo‘lgan “Мастер диаграмм (шаг 3 из 4)” oynasida “Заголовки” oynaostining “Название диаграммы” katagida grafik nomi “Empirik taqsimot funktsiya” yozuvini “Ось Х (категорий)” katagida “x(i)” “Ось У (категорий)” katagida “Fn(x)” yozuvini kiritamiz “Готово” tugmasini bosamiz.(23-rasm)


    23-rasm

    Shunday qilib yakuniy natijalar oynasi quyidagi ko‘rinishni oladi (24-rasm):





    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1. A. Sattarov. “Informatika va Axborotlar texnologiyasi”. Toshkent, 2002 yil


    2. Aripov M., Xaydarov A., «Informatika», T., O`zMU, 2002 yil
    3. Информатика и образование. Научно-методический журнал.
    4. Информатика. Задачник-практикум в 2т. Москва. Лаборатория Базовых Знаний. 2001.





    Download 0.53 Mb.




    Download 0.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statistik dasturlar paketidan foydalanish tartibi

    Download 0.53 Mb.