SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2
ǀ
ISSUE 8
ǀ
2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 929
SUN’IY INTELLEKT VA UNING INSONIYAT FAOLIYATIDA TUTGAN
O’RNI
Oybek Xamdamovich
Otaqulov
Gulxayo Azamjon qizi
Pulatova
G’iyos Gofurjonovich
Pulatov
TATU Farg’ona
filiali
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola sun’iy intellekt tizimlarining tarixi, insoniyat
faoliyatida tutgan
o’rni, sun’iy intellektning texnologiyasi va sun’iy intellekt tizimlarini hayotga tatbiq
qilishning ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, telekommunikatsiya,
dasturiy ta’minot, sun’iy intellekt.
ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND ITS ROLE IN HUMAN ACTIVITY
ABSTRACT
This article discusses the history of artificial
intelligence systems, their role in
human
activity, the technology of artificial intelligence and the importance of
implementing artificial intelligence systems.
Keywords:
information
and communication technologies, telecommunications,
software, artificial intelligence.
Odatda,
robotlar deganda, ko‘pchilikning ko‘z oldiga insonlardek gaplasha
oladigan, ularning o‘rniga barcha yumushlarni bajara oladigan yordamchilar keladi.
Ammo bu nisbatan kengroq tushuncha. Aslida, mobil qurilmangizdagi dasturlar:
google-tarjimon, lug‘atlar, turli xil o‘yinlar va hokazolar ham sun’iy intellektga yaqqol
misol bo‘la oladi. Faqat ularning qamrovi kichikroq bo‘lib, ma’lum bir yo‘nalishdagina
sizga yordam bera oladi. Ya’ni, bajarmoqchi bo‘lgan amallaringiz turiga qarab tegishli
dasturdan foydalanasiz.