• Oqitishning reproduktiv metodini qachon qollash mumkin Muammoli ta’lim nima Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin
  • Ta’lim metodikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar. Reja




    Download 53,14 Kb.
    bet1/6
    Sana14.05.2024
    Hajmi53,14 Kb.
    #233750
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2TIf8iqQlv85Acak6HULAGzQazhsEFVy94nSLeNA
    5-Amaliy ish Amali ish, BzhVx2pCHltxUBPE2PBDRUO2TuTfqK6qJAbrFPOG

    Ta’lim metodikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar.


    Reja:



    1. Ta’lim metodlari va ular haqida ma’lumot.

    2. Qanday hollarda suhbat usuli qo‘llaniladi? Uni qo‘llashda qanday qoidalarga amal qilish lozim?

    3. O'qitishning amaliy metodlarini qo'llash o'quvchilarga nimalar beradi?

    4. O'qitishning reproduktiv metodini qachon qo'llash mumkin?

    5. Muammoli ta’lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin?

    6. Ta’limda rag'batlantirish va tanbeh berishning qanday turlaridan foydalaniladi?

    7. Ta'limda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlarining zarurati nimada va uning qanday turlari bor?

    O‘qitish metodi deganda ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o'quvchilaming kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish usullari ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi. O’qitish usullari har ikkala faoliyatning: a) o‘qituvchi tomonidan o'quvchilarni bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish; b) o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o'zlashtirish faoliyatida qo'llanadigan yo’llarni o'z ichiga oladi. Ta’lim berish o'qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi. Ilmiy salohiyati boy bo’lgan ustozgina mavzuni talabalarga mahorat bilan yetkazib beradi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta’lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositaIardan o‘z o'rnida foydalaniladi.


    Ta’lim metodi ta'limning maqsadi va vazifalariga bog’liq. Metodlar o‘quvchilaming yoshiga ta'limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
    Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

    Amaliy metod

    So’z orqali ifodalanadigan metod



    Ta’lim metodlari.





    So’z orqali ifodalanadigan metod.

    Amaliy metod.



    Ko’rgazmali metod

    Ta’lim mazmunini o'zlashtirishda o'quvchilarining bilim saviyasi, o'zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo'llaniladi:


    - o'qitishning og'zaki metodi;
    - o'qitishning amaliy ishlar metodi;
    - o'qitishning ko'rgazmali metodi;
    - muammoli evristik modellashtirish metodi; o'qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
    - o'qitishning induktiv va deduktiv metodi;
    - o'qitishda rag'batlantirish va tanbeh berish metodi;
    - o'qitishda nazorat va o'z-o'zining nazorat qilish metodi.
    - Metodlar o'z navbatida guruhlarga bo'linadi:
    O‘quv informatsiyasini so'z orqali uzatish va axborotni eshitish orqali qabul qilish metodlariga nimalar kiradi va ularga qanday talablar qo‘yiladi?
    O'qitishning og'zaki metodlari uch turga: a) o'qituvchining hikoyasi; b) suhbat; v) maktab ma’ruzasiga bo'linadi.
    Hikoya usuli boshlang'ich sinflarda ko'p qo'llansa, yuqori sinflarda ma’ruza usuli ko'p qo'llaniladi. Ta’lim mazmuni notanish bo’lsa hikoya va ma’ruza usullari qo’llaniladi.
    Ta’lim mazmuni o'quvchiga qisman tanish bo’lsa suhbat usuli qo’llaniladi. Og'zaki bayon qilish usulida har ikkala faoliyatning o'qituvchining bayon qilishi va o'quvchilaming shu bayon qilingan bilimlarini diqqat bilan tinglab ongli va mustahkam o'zlashtirishlari birligiga amal qiladi.
    Hikoya maktab ta’lim tizimida eng ko'p qo’llanadigan usul bo’lib, u hamma sinflarda barcha fanlarni o'qitishda, maktab ta’limining hamma bosqichlarida qo’llaniladi. Boshlang'ich sinflarda bu ancha qisqa va aniq bo’ladi, sinflarning o'rta guruhiga kelib hikoya ancha kattaroq hajmda va davomli bo'ladi. Yuqori sinflarda hajmi katta bo’ladi, ma’ruzadagi kabi butun darsni band qilmaydi.
    Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘rni katta bo’ladi. Shu jihatdan o‘qitishning og'zaki usullari ta’limda doimo eng ko'p qo’llaniladi.
    O'quv ma’ruzasi o'quv materialini og'zaki bayon qilish uchun mo’ljallangan. Uning hajmi hikoyadan katta bo’ladi. O'quv ma’ruzasi dars yoki mashg'ulotning barcha qismini egallab oladi.
    Ma’ruza, asosan, yuqori sinflar, kollej va oliy o'quv yurtlarida qo’llaniladi. Maktab ma’ruzasi o'tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yoki to’liq mashg'ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir.
    O'quv materialini og'zaki bayon qilish usuli quyidagi bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qoilaniladi:
    1. Bayon qilinayotgan materiallar g'oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lashga qaratilgan bo'lishi kerak.
    2. Bayon qilinadigan materiallaming tarbiyaviy ahamiyatini to'g'ri ko'rsatish orqali o'quvchiga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatish.
    3. Bayon qilishda o'qituvchining nutqi yagona manba hisoblanadi va u nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
    4. Bayon qilishda o'qituvchi ishlatadigan ta’riflar, qoida va qonunlar kitob matnidan farq qilishi, mazmuniga mos bo'lishi kerak.



    Download 53,14 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 53,14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim metodikasi va ilg’or pedagogik texnologiyalar. Reja

    Download 53,14 Kb.