“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
№17
283
MAKTABDA O’QUVCHI YOSHLARNI GENDER TENGLIGI RUHIDA
TARBIYALASH ZARURATI
Axmadjonova Sitora Tolibjonovna
GulDU pedagogika – psixalogiya yo’nalishi
II kurs magistiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.7583382
Gender tenglik goyasi XX asrning oxirgi un yilliklarida to’liq shakllandi, u turli
davr va ijtimoiy-madaniy sharoitda xar xil ma’naviy-axlokiy talablar asosida o’zgarib
turgan ijtimoiy-madaniy jarayon ekanligi anglanildi.
Gender madaniyatini
shakllantirishda eng muxim pedagogik xulosalardan biri, yeshlarni gender tenglik
ruhida tarbiyalash ishlarida oila, maktab,
tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari
(radio, televideniye, internet)ning roli axamiyatlidir.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning inson xuquqlari, erkinliklarini
ta’minlashga karatilgan siyosati ana shu ijtimoiy
farqlarni yumshatishga, iqtisodiy-
ijtimoiy taraqqiyotning barcha soxalarida ularga teng imkoniyatlar yaratishga gender
tenglik goyasini shakllantirishga qaratilgandir.
«Ta’lim tugrisida»gi Konunda ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosii
prinSiplarida ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik
xarakterda ekanligi
muxim tamoiil sifatida belgilangan. Shundan kelib chikkan xolda yoshlarni gender
tenglik, tolerantlik, insonparvarlik ruxida tarbiyalash hozirgi davrning dolzarb
pedagogik muammosidir. U davlat axamiyatiga molik ma’naviy-axlqiy, xuquqii-
siyesiy tarbiya asosidir. Yoshlarni gender tengligi
goyasi asosida tarbiyalash, uning
mazmun-moxiyati, vazifalarini ilmiy-nazariy hamda pedagogik jixatdan urganish
muxim axamiyat kasb etmokda.
Gender tenglik tarbiya tizimi nihoyatda keng kamrovlidir. Maqsadli disputlar,
davra suxbatlari,
savol-javob kechalari, tematik ma’ruzalar, seminar-treninglar,
nazarii-amalii konferensiyalar nam ushbu yunalish rivojiga samarali ta’sir kursatadi.
Yoshlarni gender tenglik ruxida tarbiyalashning eng muhim axamiyati ularni,
birinchi galda, qiz bolalarni uzligini anglashiga, ijtimoiy muxitni, ijtimoiy ruxiyatni,
ichki uyushtiruvchi, xarakatga
keltiruvchi va yetaklovchi, inson kadr-kimmatining
jinsiga sarab belgilanmasligini isbotlovchi kuchga aylanishiga xizmat kilishidir. Bu
xolda gender tenglyk goyasi (uril va qiz bolalarga teng huquq xamda teng
imkoniyatlar yaratish) shaxsning xam, jamiyatning xam ma’naviy yuksalishiga ta’sir
kiladi, insonqolarini anglashga, ijtimoiy tafakkurning uzgarishiga olib keladi.
Gyender tenglyk goyasi jamiyatda yoshlarning siyosiy
ongini shakllantirishga,
mustakil fikrlashga, ma’naviy-ruhiy jixatdan tenglyk tamoyillarini uziga singdirishga
undovchi va uni xarakatga keltiruvchi bunyodkor g’oyadir.