Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
119
OILA PSIXOLOGIYASIDA GENDER PSIXOLOGIYASINING AHAMIYATI
THE IMPORTANCE OF GENDER PSYCHOLOGY IN FAMILY PSYCHOLOGY.
ЗНАЧЕНИЕ ГЕНДЕРНОЙ ПСИХОЛОГИИ В СЕМЕЙНОЙ ПСИХОЛОГИИ.
Amanbaeva Gulistan Kuwanishbay qizi
Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Amaliy psixologiya 3-kurs talabasi.
Annotaciya:
Ushbu maqolada oila psixologiyasi va gender psixologiyasi haqida,
ularning o’z-aro bog’ligi va ahamiyati haqida so’z yuritilgan.
Abstract: This article talks about family psychology and gender psychology, their
interdependence and importance.
Аннотация: В данной статье говорится о семейной психологии и гендерной
психологии, их взаимозависимости и важности.
Kalit so’zlar: oila psixologiyasi, gender psixologiyasi, oila, nikoh, ta’lim-
tarbiya,stereotiplar, gender ustanovkalar.
Key words: family psychology, gender psychology, family, marriage, education,
stereotypes, gender installations.
Ключевые слова: семейная психология, гендерная психология, семья, брак,
воспитание, стереотипы, гендерные установки.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham,
ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa,
shaxslararo
munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham
takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika
taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat
ishlab
chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik
jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi
bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab
chiqarish munosabatlari, jamiyat
taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y
berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot
munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda
kuzatilgan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin
qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo‘lmoqda. Bularning ta’siri
oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o‘z ifodasini topadi.
Nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas’uliyat, o‘zaro hurmat,
tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog‘langan kichik ijtimoiy guruhni oila
deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o‘zining bir qator jihatlari bilan ajralib turadi:
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
120
Birinchidan: oila ko‘p muddatga, ya’ni bir necha o‘n yillar va ko‘p
yillarga mavjud
bo‘ladi;
Ikkinchidan: oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga oshadi, ya’ni
milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobolar
o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy,
psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;
Uchinchidan: oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga
keladi, ya’ni oila a’zolaridan kimningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs yoki yaxshi
shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og‘ir, xulqi buzuq odam bo‘lib
tarbiyalanishi mumkin.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan
buyon jamiyatning eng ilg‘or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat
markazida asosiy masalalardan bo‘lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu
Nasr Forobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Kaykovus, Xotam ibn
Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy,
Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va
yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki,
ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning
asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan, shuning uchun biz
yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogik va psixologik qarashlari yoritilgan
asarlarini tahlil etish orqali talabalarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini
bayon etamiz.
Agar xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga ko‘chib
saqlanib kelgan bo‘lsa, xalqning eng donishmandlari va olimlari o‘z qimmatli fikrlarini xalq
an’analariga tayangan holda o‘z asarlarida yoritib, ularni kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar,
shunday faylasuf-olimlar-dan biri Abu Nasr Forobiydir. Uning inson kamoloti, baxti, ta’lim va
tarbiyasi, umuman axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlari umumfalsafiy qarashlar va
tushuntirishlardan iborat o‘git bo‘lib, axloq nazariyasini boyitdi. Uning ta’limotlarida
keltirilishicha, haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nisbatan g‘ayirligi, zulmi
yo‘qolgandagina bo‘ladi, oila a’zolarining bir-birlariga samimiy munosabatlari, mehr-u
oqibatlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi. Bundan tashqari, har bir
ota-onaning o‘z farzandlari uchun birlamchi ustoz, yo‘l ko‘rsatuvchi ekanligi va aynan ular
bolada ta’lim-tarbiyaga kerakli tayyorgarlik holatini shakllantirish
ta’siriga ega ekanligi to‘g‘risidagi xulosalar mutafakkir qarashlarining
hozirgi kunlar
uchun ham naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Davr talabidan kelib chiqayotgan hozirgi yoshlarda toģri tasavvur va bilimlarni
shakllantirish vazifasi o’zbek psixologlarining oldiga qo’yish bilan birganlikda ulardan gender
muommolari, jinsiy tafavutlar maslasiga ilimiy jihatdan yondashishni taqozo etadi. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, og’il va qizlarning ijtimoiy tasavvurlarida jinsiy tafavurlarga oid
Международный научный журнал № 3 (100), часть 1
«Научный импульс» Октябрь, 2022
121
tushuncha, bilim va konikmalar, stereotiplar eng avvalo oilada shakllanadi. Shuning uchun
ham oila psixologiyasi doirasida aynan jinsiy tafavutlar va gender muommolari o’rganilishi
va amaliyotda qanday ekanligi tadqiq etilishi kerak.
Mishel Paludining yozishicha, bugungi kunda gender psixologiyasi sohasida asosan
androcentrik qarashlar ustuvorligi kuzatilmoqda. Yani, ikkala jins
vakilida ham bir-biridan
tamoman farq qilmaydigan, ikkalasida ham kuzatish mumkin bo’lgan psixologik xususiyatlar
kuzatilmoqtaki, bu ularning eng avvalo oila va nikoh maslalaridagi qarashlar uyg’inligidan
kelib chiqadi. Lekin metodologik jihatdan olimning ta’kidlashicha baribir, aynan ayolga xos
sifatlar normasi haqida gap ketganda, baribir ular erkak sifatlarining standarti asosida taxlil
etiladi.¹
Rossi va Rossi (1990) tadqiqotlari oilaga nisbatan gender ustanovkalarga bag’ishlangan
bo’lib, ayollar, onalar, opalar, qizlar va buvilar tasavvurida oila bu muayyan yaxlitlik, birlik
ramzi ekanligi va shuning uchun ham asosan vaqtlarini farzantlariga, ayniqsa, ular
maktabgacha yoshda bo’lgan vaqtlarda hamda keksaygan insonlarga bag’ishlashi mumkinligi
o’rganilgan. Bayramlarda ham ayollar erlariga nisbatan ko’proq sovg’a-salom va
tabriknomalar xarid qilishi, bu ishlarga bemalol pul sarflayverishi mumkin. Fotosuratlarga
qarab, o’zini-o’zi baxolash vazifasi berilganda, aynan ayollar o’zlarini oila a’zolari davrasida
aks etgan fotosuratlarda alohida mehr va jiddiylik bilan tavsiflay olganlar. Yani oilaga
nisbatan ustanovka xotin-qizlarda hamisha ijobiy obrazga ega.
O’zbekistonda ham gender masalasi ko’pincha oila muommolari doirasida o’rganilishi
an’anaga aylangan . Qator tadqiqotlarda ( E.G’oziev, G’.Shoumarov, V.Karimova, I.Yoqubov,
B.Qodirov, S.Mirxosilov, E.Usmonov, N.Sog’inov, F.Akramova, L.Karimova, N.Salaeva,
O.Shamieva, O.Abdusattarova va boshqalar) oilaviy hamda shaxslar aro o’zaro munosabatlar
doirasida alohida ahamiyat kasb etgan gender tafavutlar o’rganilgan.
Hozirgi kunda yuqorida sanab o’tilgan
olimlarning ilimiy ishlarida, desertaciyalarida
tadqiqot o’tkazgan ilimiy ishlarini ko’rib Respublikamizda bu ikki fanning yani, oila va gender
psixologiyasining bog’liqligi ayniqsa ularning qanchalik ahamiyatli ekanligini ko’rishimiz
mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Karimov I. A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. — Toshkent: «O‘zbekiston».1998.
2. Oila psixologiyasi: Akad. litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘l.
/ G. B. Shoumarov, I. O. Haydarov, N. A. Sog‘inov va boshq.; G‘. B. Shoumarovning tahriri
ostida; O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus,kasb-
hunar ta’limi markazi. — T.: «Sharq», 2010.
3. Оила психологияси Васила Каримова. Тошкент-2007.