Taqrizchi: A. Yorbozorov




Download 2.45 Mb.
bet1/8
Sana23.12.2019
Hajmi2.45 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

Tuzuvchi: F.Satubaldieva Respublika Ta’lim markazi metodisti

Taqrizchi:

A. Yorbozorov Toshkent shahar Olmazor tumani 224-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Tushuntirish xati
Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.

Shavkat Mirziyoyev

O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” gi 187-sonli Qarori e’lon qilindi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy soatlar mazmunan qayta ko`rib chiqilib, kompetensiyaviy yondashuv asosida amalga oshirilishi bеlgilandi.



Ma’lumki, sinf rahbari o‘z sinfidagi o‘quvchilarning bevosita ta’lim-tarbiya jarayoni, ya’ni darslar davomida hamda darsdan keyingi faoliyatini nazorat qilishga mas’ul shaxs hisoblanadi.

Umumiy o`rta ta’lim muassasalarida sinf rahbari faoliyati O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasidagi qarorlari, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli me’yoriy hujjatlar va Xalq ta’limi vazirligining 2007 yil 20 yanvardagi 19-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” asosida tashkil etiladi.



Mazkur dastur va metodik qo’llanmayuqorida nomlari keltirilgan ta’limga oid huquqiy va me’yoriy hujjatlarga, shuningdek, umumiy o‘rta ta’limning uzluksizligi va izchilligiga, zamonaviy metodologiyalarga asoslangan.

Dasturning maqsadi — tarbiyaviy soatlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, zamon talablariga javob beruvchi, ma’naviy barkamol, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat.

Tarbiyaviy soat dasturining vazifalari:

milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;

tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Bugungi kunda axborot oqimining tezligi natijasida hayotimizga ommaviy madaniyatni salbiy ta’sirlari ham sezilmoqda. Bu masalani o’quvchilarning ijtimoiy hayotlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Ba’zida ota-onalar tomonidan bolalarning beodobligi, o‘z fikrini og‘zaki yoki yozma tarzda aniq ifodalay olmasligi, mas’uliyatning yetishmasligi, atrofidagilar bilan kelisha olmasligi, o‘ziga tegishli bo‘lgan mablag‘largni to‘g‘ri taqsimlay olmasligi haqidagi fikrlarni eshitib qolamiz. SHuning uchun ham dasturni ishlab chiqishda xaqlaro va milliy tajribaga asoslanilganligini alohida ta’kidlab o‘tish joizdir.

Ta’lim muassasalari sinf rahbari to`g`risida Nizom” ga asosan “Sinf rahbari - Ta’lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri bo`lib, o`ziga biriktirilgan sinf o`quvchilarining amalda belgilangan ta’lim va tarbiya olishlarini tashkil etadi.” Shu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda ta’lim muassasalari sinf rahbarlari faoliyatida quyidagilarga o‘xshash muammolar ko‘zga tashlanmoqda:

− Ayrim sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchilarni tarbiyalash jarayonida o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarining to‘g‘ri tashkil etilmaganligi;

− Tarbiyaviy soatlarning aniq o‘quv-mavzu reja asosida tashkil etilmayotganligi;

− Ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy sohaga oid qonunlar va qonunosti hujjatlarning ko‘pchiligidan o‘qituvchi va sinf rahbarlarining yetarli darajada xabardor emasligi;

− Ba’zi sinflardagi muhitning qoniqarli emasligi, ahil va mustahkam jamoaning shakllanmaganligi;

− Ayrim ta’lim muassasalarida davomatning pastligi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilar mavjudligi;

− Ba’zi sinflardagi o‘quvchilarda kundalik daftarlarining mavjud emasligi, borlarining ham sinf rahbari tomonidan nazorat qilinmaganligi;

− Ayrim o‘quvchilarning darslarga tayyorgarliksiz, hatto darsliklarsiz ishtirok etishlari;

− O‘quvchilar internet va mobil telefon qaramligining jismoniy va ruhiy xatarlari haqida yetarli tushunchalarga ega emasliklari;

− Voyaga yetmaganlar o‘rtasida turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolish, jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining uchrayotganligi;

− O‘quvchi tarbiyasida muhim o‘rin tutadigan kompetensiyalarga erishilmaganligi;

− Ba’zi o‘qituvchi va tarbiyachilarimizda kasbiy kompetensiyalar yetishmasligi;

− Tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligining pastligi;

− Ota-onalar bilan samarali muloqotning yo‘lga qo‘yilmaganligi;

− Huquqbuzarlik, mobil telefon va internet qaramligi, narkomaniya, tamaki va alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi kurash hamda oldini olish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilmaganligi.

Shu o‘rinda masalaning muhim bir jihatiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida tarbiyaviy soatlar amalda qanday tashkil qilinmoqda?

− Bugungi kundagi aksariyat hollarda tarbiyaviy soatlar quruq gaplardan iborat bo‘lib, tarbiyaviy soat mavzularidan chetga chiqib ketiladi;

− Qaysidir o‘quvchining xulqi muhokamaga qo‘yiladi;

− O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari va davomatlari muhokama qilinadi;

− Qandaydir tadbirlarga tayyorgarlik va sinf muammolarini hal etish kabi masalalar xususida so‘z boradi.

Tarbiyaviy soatlar qanday bo‘lishi kerak?

− Ta’lim jarayoni alohida, mustaqil darslardan tashkil topgani kabi tarbiyaviy soatlar ham yaxlit tarbiyaviy usullar, ta’sirchan vositalar yordamida amalga oshiriladi.

− Sinf rahbari ushbu tadbirlarni o‘tkazishga doir aniq ish rejasiga ega bo‘lishlari lozim.

Bugungi shiddatli davr barchamizdan axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini talab etmoqda. Ma’naviyat yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham sinf rahbarlari va butun o‘qituvchilar jamoasi oldida o‘quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Hozirgi globallashuv jarayonlari kuchaygan, turli g‘oyalar o‘rtasidagi kurash keskinlashgan, “ommaviy madaniyat” xurujlari butun dunyoga tarqalib borayotgan, internet tarmog‘i orqali uzatilayotgan buzg‘unchi axborotlar inson qalbi va ongini o‘ziga qaram qilishga urinayotgan tahlikali zamonda kelajagimiz bo‘lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash davlat siyosati darajasidagi masalaga aylangan.



Tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bo‘lgan barcha g‘oyalar qaytadan ko‘rib chiqilishi, asosiy e’tibor bola shaxsiga qaratilishi, yillar davomida to‘plangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi. Inson shaxsining kamol topishi esa juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof-muhit, internet, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham barcha sinf rahbarlari o‘z tarbiyaviy faoliyatlarida ana shu mezonlarni hisobga olishlari shart.

Tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalarni amaliyotga tadbiq etish maydoni hisoblanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan tarbiyaviy soatlar o‘quvchilarda fanlar orqali shakllangan tayanch kompetensiyalarni ijtimoiy hayotda tadbiq eta olishlari uchun imkoniyat yaratib beradi.

O‘quvchilarda hulq-odob madaniyatiga rioya qilish, fikrini erkin ifodalash, notiqlik qobiliyatini yuksaltirish, axborotlardan to‘g‘ri va samarali foydalanish, shu bilan birga bu boradagi xalqaro hamda milliy qonunchilik qoidalariga rioya qilishni tarbiyalash tarbiyaviy soatlarning asosiy maqsadlaridan birdir. Shuningdek, tarbiyaviy soatlar orqali o‘quvchilarda to‘g‘ri kasb tanlash, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, o‘z iqtidorini rivojlantirish uchun turli to‘garaklarni to‘g‘ri tanlash, tayyor ish joylarida ishlash emas, balki o‘zi ish joylarni yaratishi kabi qobiliyatlar shakllantiriladi.

Tarbiyaviy soat dasturlari oddiydan murakkablikka tamoyili asosida shakllantirilgan bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik; axloqiy, huquqiy, jismoniy, gigienik, ekologik hamda estetik tarbiya shuningdek, o‘quvchilarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltiradi. Tarbiyaviy soatlarning mazkur yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, mazkur kompetensiyalar har bir tarbiyaviy soatning mazmunidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun tuzilgan “Tarbiyaviy soatlar uchun namunaviy mavzular rejasi” mazmunan tarbiyaviy-axloqiy hislatlarni shakllantirish bilan bir qatorda yurtimizda nishonlanadigan umumxalq bayramlari va muhim tarixiy sanalar asosida tuzildi. Bundan tashqari mazkur rejada fan oyliklari davomida o‘quvchilar uchun tarbiyaviy dars soatlarini o‘tishda nimalarga e’tibor berish kerakligi e’tiborga olingan.

Mazkur dastur va qo‘llanmada bugungi kunda sinf rabarlari uchun amaliy va uslubiy yordam sifatida Respublika Ta'lim markazi mutaxassislari va amaliyotchilar hamkorligida “Tarbiyaviy soat”larning mashg‘ulot ishlanmalari tavsiya etiladi.

“Tarbiyaviy soat”lar rejasidagi 8 soatlik “Yo‘l harakati qoidalari”ga doir mavzular dasturi va dars ishlanmalari mazkur qo‘llanmada aks ettirilmagan.

Umumta'lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulot ishlanmalarida mazmunan o‘quvchilarda tarbiyaviy-axloqiy xislatlarni shakllantirish va mustahkamlash maqsadida donolar hikmatlariga va milliy qadriyatlarimizga hurmat, vatanparvarlik, insonparvarlik, jismoniy tarbiya, shaxsiy gigiyena, ozodalik, kiyinish odobi, bola huquqlari, tabiatni asrash, iqtisodiy tarbiya, salomlashish va muomala odobi, kitobni sevish kabilar bilan bir qatorda yurtimizda o’tkaziladigan umumxalq bayramlari va muhim sanalarni nishonlashda nimalarga e'tibor berish lozimligi to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.

Tarbiyaviy soatlarni quyidagi tartibda tashkil qilish mumkin:

Kun shiori:


  1. Kirish;

  2. Asosiy qism: hikoya, suhbat,ma’ruza, guruhlarda ishlash;

  3. Yakuniy qism.

Tarbiyaviy soatlarda foydalahish uchunmavzuga doir adabiyotlar ko`rgazmasi tashkil etiladi. Jarayonni ochiq muloqot, davra suhbati, bahs-munozara, treninglar va boshqa har xil noan’anaviy tarzda tashkil etish mumkin.


Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

1-Mavzu: ЇJonajon O’zbekistonim, mangu bo`l omon!

Mashg’ulotning maqsadi:`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik, erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash tuyqularini shakllantirish..O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o`stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.

Mashg’ulotning usuli: Aqliy xujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Mashg’ulotning shiori: Biz tanlagan yo‘l. O‘zbekiston ulkan imkoniyatlar yurti. !

Didaktik jihoz: Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slaydlar.

Texnik jihoz: Diaproektor, ekran. "Milliy istiqlol g`oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid bo`lganlaridan foydalanish.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:

1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik. Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.

Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga ega bo`lish degan tushuncha mujassam.

2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho Vatanimizdan olamiz.

Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir.

3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab ko`rganmisiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki, kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.

Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.

4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun qilinayapti?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish, har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga oshirilmoqda.

Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh maqsadidir. Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.

5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?

O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.

6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin xotira mangu, xotira boqiy.

Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir.

Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.

Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.

7- savol. "Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq" deganda nima nazarda tutiladi?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha xulosa qiladi.

Yoshlarning ma'naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.

O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:

Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz kuchni yengishga qodir.



Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.


BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT

Do‘stim bekor o‘tmasin kuning, Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.

Qara axir bizga sharoit, yaratmatmoqda beshta tashabbus.

Tabiatni turfa tasvirlab, rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo‘shiq aytgin baralla, seni qo‘llar beshta tashabbus.

Sog‘lom tana, norg‘ul bo‘l doim, chempion bo‘l, olg‘a yur doim,

Sport bilan mashg‘ul bo‘l doim, senga yo‘ldosh beshta tashabbus.

Internetdan bilgin jahonni, yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni engish chun bir oz, mayli ozroq o‘yin o‘ynab ol.

Kompyuter, texnika asri, rivojlanib bormoqda xanuz.

Sen ham o‘qib, o‘rganib olgin, imkon berar beshta tashabbus.

Kitob bilan do‘st bo‘lib olgin, o‘qib ko‘ngling to‘lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan, etkazmagan ushbu kunlarga.

Kitob o‘qi, kitob sovg‘a qil, yoshlar bizdan olsinlar o‘rnak.

Maktab uchun sovg‘a qilsak gar, bir kitob ham bo‘ladi ko‘mak.

Ishsizlik ham chekinar ortga, har kim halol rizqini terar.

Yangi yangi ish o‘rinlarni, besh tashabbus yaratib berar.

Besh tashabbus besh imkoniyat, do‘stim uni sovurma ko‘kka.

Hammasidan foydalangin kel, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat yurakka.

III.Mashg’ulotni yakunlash:

Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga, tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston g`alabasidir!Mashg’ulot davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.

Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

2-Mavzu: Psixologik madaniyat va psixologik salomatlik bilim-ko’nikmalari

Kun shiori: “Biz qobiliyatli yoshlarmiz”



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, psixologik nuqtai nazarida tavsiyalar berish,hozirgidavr yoshlar uchun keng imkoniyatlar davri ekanligini uqtirish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomat,tozalik

II.Asosiy qism:

O’qituvchi:

Psixologiya (psixo... va ...logiya) — inson faoliyati va hayvonlar xatti harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predme-tiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraq,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantiq hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.

Madaniyat inson faoliyati va shu faolliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada "madaniyat" atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish, hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi.

Madaniyat — jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. "Madaniyat." tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik Madaniyat.), konkret jamiyat, elat va millat (oʻzbek Madaniyat.i), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalari (mas, mehnat Madaniyati, badiiy Madaniyat., turmush Madaniyati)ni izoxlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda "Madaniyat." atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.

"Madaniyat." arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik — koʻchmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik — shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Ruhiy salomatlik

Ruhiy (psixik) salomatlik — insonning murakkab hayotiy sharoitlarini yengish, shu bilan birga eng optimal hissiy fonni va xatti-harakatlarning adekvatligini saqlab qolish qobiliyatidir. Ruhiy salomatlik tushunchasi, euthumiya («ruhiyatning yaxshi holati») Demokrit tomonidan tasvirlangan, Suqrotning hayoti va o’limiga tegishli bo’lgan ichki garmoniyaga erishgan insonning obrazi Platonning dialoglarida qayd qilingan. Turli tadqiqotlarda ruhiy azob-uqubatlarning manbai ko’pincha madaniyat deb ataladi (Zigmund Freyd , Alfred Adler, Karen Horney, Erix Fromm ishlarida). Viktor Frankl ruhiy sog’lomlikning muhim omilini insonda qadriyatlar tizimining mavjudligi deb ataydi.

Sog’liqni saqlashga gender yondashuv bilan bog’liq holda, ruhiy salomatlikning bir nechta modeli ishlab chiqildi:Normativ, ruhiy salomatlikning ikki tomonlama standartini qo’llagan holda (erkak va ayollar uchun).

Androsentrik, ruhiy salomatlikning erkak standarti qabul qilingan.

Androgin, jinsdan qat’iy nazar, yagona ruhiy salomatlik standarti va mijozlarga nisbatan bir xil munosabatda bo’lishni o’z ichiga oladi.

Normativ bo’lmagan (Sandra Bem modeli bo’yicha) bu faqat erkaklarga yoki ayollarga tegishli bo’lgan xususiyatlar bilan assotsiatsiyalanmaydigan sifatlarga asoslangan.



III.Mashg’ulotni yakunlash:

O`quvchilar faolligini oshirish maqsadida “Nima uchun?” metodidan foydalaniladi. sinfga umumiy savol beriladi.



Nima uchun ?



Insonning tana a'zosi - bosh miya faoliyatida ma'lumotlar saqlanadi va kundanlik hayotda undan foydalanish imkoniyatini beradi.





Sog` tanda sog`lom aql

Inson tanasi sog`lom bo`lsa, sog`lom fikrlaydi


O`qituvchi o`quvchilarni faolligiga va zerkib qolmasligini inobatga olgan holda savollar beradi hamda ularning javoblarini umumlashtirib, yangi mavzuni tushuntiradi.Inson organizmi atrof-muhit bilan doimiy va chambarchas bog`liqlikda bo`ladi. Unga havo haroratining, namlikning, shamol tezligining keskin o`zgarishi o`zining ta`sirini ko`rsatadi. Inson organizmini maxsus tadbirlar yordamida atrof-muhitning zararli ta`sirlariga, hattoki infeksion kasalliklar kabilarga nisbatan chidamliligini oshirish mumkin.Bular chiniqtiruvchi muolajalar yordamida amalga oshiriladi.Chiniqish –bu organizmni kasalliklarga qarshilik ko`rsata olishi uchun jismoniy turg`unlikni o`zlashtirishiga aytiladi. Kasalliklardan tabiiy omillar yordamida forig` bo`lish organizmni sog`lomlashtirish deyiladi.


IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

3- mavzu: Yurtim bo’ylab sayohat (27 sentabr xalqaro turizm kuni munosabati bilan)Dehqon boy bo’lsa xalq boy bo’ladi.

Kun shiori: «Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy bo‘ladi»



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, halol mehnat qilib,daromad topish orqali el farovonligi uchun xizmat qilish ruhida tarbiyalash

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

«Qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishda an’anaviy yondashuvlardan voz kechib, dehqonlar daromadini ko‘paytiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni yetishtirishga investitsiyalar jalb qilinayotgani sizlarga yaxshi ma’lum. Mamlakatimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash maqsadida „Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi“ degan tamoyildan kelib chiqib, bugungi kunda yurtimizda ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini tubdan yaxshilash uchun yangi imkoniyat va imtiyozlar yaratilmoqda. Eng muhimi, bu soha ming-minglab fuqarolarimiz, avvalo, yoshlarimiz uchun halol mehnat qilib, daromad topish, el farovonligini oshirishda mustahkam zamin bo‘layotgani barchamizni xursand qiladi».



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning purma’no hikmatli so’zlari bor. Uni har bir fuqaro, har bir fermer yon daftarchasiga yozib qo’ysa, qalbidan, yurakdan o’tkazib tursa nur ustiga a’lo nur bo’lardi: “XALQ BOY BO’LSA, DAVLAT

HAM BOY VA QUDRATLI BO’LADI”.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev barcha viloyatlarga borib, xalqimiz bilan bo’lgan uchrashuvlarda qilgan muloqotlari, kuyinib, qayg’urib so’zlayotganliklarini har birimiz televideniye va OAV lari orqali tanishib bormoqdamiz, deb ta’kidladi ma’ruzachi. Yurtimiz-da o’sish, taraqqiyot, yuksalish odimlari har jabhada yaqqol ko’zga tashlanmoqda. O’zgarishlar, oldinga siljishlar bor. Bu borada Prezidentimiz qabul qilayotgan Qonun, Qaror va Farmonlar fikrimizning yorqin dalilidir.

Mana, tabiat uyg’onmoqda. Dehqon bahori boshlandi. Dehqonning, fermerning o’rni bugun dalada bo’lishi kerak. Ammo har bir yumush oldindan aytilsa, surishtirilsa, keyin ish yuryapti. Tizim bor, yo’nalish aniq, harakat – ularning pirovard natijasi bo’lishi kerak.

Prezidentimiz viloyatlarga borganda eng muhim bo’lgan to’rtta vazifani alohida qayd etmoqdalar.

Birinchisi: tovuq bo-qishni kuchaytirish, yetti xazinaning biriga munosabatni kuchaytirish. Har bir MFY hududida agrofirma tashkil etish zarur. Bitta mahallada 10-15 ta emas, 500-1000 ta xonadon 50-100 boshdan tovuq boqishiga erishishni ta’minlash kerak. Shunda yem shahobchasi, savdo markazi hamda vetvrach faoliyati uyg’unlashadi.

Ikkinchisi: har bir xonadonda 1-2-3 sotixli parnik yaratib, 10-15 tup limon yetishtirishni yo’lga qo’yish. Nima uchun Prezidentimiz limon ek, deyaptilar. Bu – inson sog’lig’i, uzoq umr ko’rish kafolati-ku?!

Keyingi yillarda odamlar o’rtasida yurak-qon tomir kasalliklari ko’payib ketyapti. Davosi – limon. Farzandimiz, nabiralarimiz, o’zimizning sog’lig’imizni o’ylasak, yaxshi emasmi?!

Uchinchisi: har bir xonadon 10 tupdan yong’oq ko’chati ekish. Bu eng eksportbop meva. U hech qachon achib yoki aynib ketmaydi. E’tibor bering, dunyoda har yili o’rtacha 3 million tonna yong’oq yetishtirilar ekan. Uning 2 million tonnasini Xitoy xalqi iste’mol qilarkan. Axir, yong’oq davosi haqida gapirmasa ham bo’ladi. davlat rahbari bolalar das-turxonida albatta yong’oq bo’lishini kuyinib ta’kidlayaptilar.

To’rtinchisi: non yoki chilon jiyda (unabi) ekish. Jiyda, tutni quritilgani ming dardga davo.

Holbuki, pirovard maqsad shundaki, bugun el-yurt ichida obro’ olaman, davlat siyosatini “labbay!”, deb bajaraman, degan har bir rahbar tomorqadan foydalanishni kuchaytirish tizimida faol ishtirok etadi, jonsaraklik qiladi.

Fermer xo’jaliklari paxta va g’alla hosildorligini oshirish bilan bir qatorda, meva, sabzavot, poliz ekinlaridan mo’l hosil olishni ta’minlashlari kerak. O’zi fermer bo’lib bozordan kartoshka, sabzi, piyoz, pomidor, ko’kat, go’sht, tuxum, sut sotib olsa – bu qanday fermer?!

Sabzavot, bog’ va chorva fermerlari o’z faoliyatlarini tubdan o’zgartirishlari darkor. yerga, ishiga nisbatan yangicha yondashuv, fikr yuritsin. Nav, ko’chat, hosil hamda uni sotish masalalarida ular bosh qotirsin.

Urug’, ko’chat moslab ekilsin. Hokimiyat – fermer xo’jaligi – don korxonasi – paxta zavodlari bilan tuziladigan shartnomalar qat’iy va izchil tuzilishiga erishilsin.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, har bir tumanda, MTPlarda ekinlar ekish bo’yicha tanlab, o’z yeri va sharoitiga moslab rayonlash-tirilgan ekinlar ekish taj-ribasiga amal qilinadi. Jumladan, xohlagan ekin ekilavermaydi. Kartoshka zo’r bo’lsa kartoshka  yoki pomidor… Bog’ ekinlari ham shu zaylda.

2017 yilda dala chetlariga oshqovoq va makkajo’xori ekish vazifasi sidqidildan ekilishi ta’minlanadi. Shuningdek, tak-roriy ekin sifati soya ekilishiga erishiladi.

Fermer – u haqiqiy fermer bo’lsa, dalada bo’lsin, paxta, g’alla maydonida kuyib-yonsin, pishsin. Shunda u ekinga, yerga taft beradi, ekin undan bahra, e’tibor oladi. Zamon bilan, davr bilan hamnafas yashagan, ishlagan fermer yutadi. Yashash uchun, iqtisodiy samaraga erishish uchun, chiroyli natija hosil qilish uchun, mo’may daromad olish uchun mehnat qilish kerak.



Hamma gap – shunda.

Shunisi – eng muhimi.

Topshiriq: “Shaxsiy tomorqa-daromad manbai” mavzusida suhbat

IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.


Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

4- Mavzu: Ustoz otangdek ulug’ (1 oktabr – O`qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan)

Kun shiori: “Bu bayram avvalo o`zining bilim va tajribasi, iste`dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko`z nuri va qalb qo`ri, butun borlig`ini ayamasdan, ma`rifat yo`lida beminnat xizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir



Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har doim ustozlarni e’zozlash kerak ekanligini singdirish.

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: Yurtboshimning orzusi



Yoshlar bo`lsin bilimli,

Biz ustozlar bu yo`lda

Yurtboshimga madadkor!

O`qituvchi:

“Ey, Turkiston maorif ishlarida bo`lg`on o`rtoq va o`g`lonlarim!” Men o`zim garchand bandi bo`lsam-da, sizlarni esimdan chiqarmayman va sizlarga biroz vasiyat qilib o`taman. Sizlarga vasiyat qilaman. Maorif yo`lida ishlaydurg`on muallimlarning boshini silangizlar! Maorifga yordam etingiz! O`rtadan nifoqni ko`taringiz! Turkiston bolalarini ilmsiz qo`ymangizlar! Har ish qilsangiz jamoat ila qilingizlar! Hammaga ozodlik yo`lini ko`rsatingizlar! Bizning otimizda maktablar ochingizlar! Bizlar ul choqda qabrimizda tinch yoturmiz”.

O`zbekistonimiz mustaqillikka erishgach, Behbudiy bobomizning vasiyatlarini o`zbekning mard o`g`loni, mustaqillik asoschisi, yurt otasi Islom Karimov amalga oshirgan edilar.

Adib qalbini o`rtagan dard–erk va ma’rifat edi. Biz bugun Ollohga shukronalar qilishimiz kerakki, ajdodlarimiz orzu qilgan kun erk, ozodlik, mustaqillik kunlariga yetdik, burchimiz esa shu kunlar qadriga yetish. O`qituvchilar esa shu kunlarga shukur qilib, xalqqa ma’rifat ziyolarini sochishda o`zlarining bor kuchlarini vijdonan va halolab bajaradilar. Bu bilan jadid bobolarimizning ruhlari shod bo`lib, bizlardan rozi bo`ladilar. Yurtboshimizning ishonchini hozirda ustozlarimiz oqlamoqda.

Abdulla Avloniy fikricha, olamning yaratilishidan maqsad insondir. Inson butun borliqning ko`rki va sharafidir. Inson o`z go`zalligi va murakkabligi bilan yer yuzidagi barcha mahluqlardan afzaldir. Butun mavjudot insonga xizmat qilishi kerak: inson uning sohibidir. Chunki insonning aqli bor. U shu aql yordamida ilm egallaydi, ilmi tufayli dunyoni boshqaradi.



Muqaddas Xolbayevna Ogay mana shunday aqlli insonlardan hisoblanib, ilmi tufayli Germaniya davlatiga borib, bilimlarini yanada yuksaltirib keldi. Muqaddas Ogay 300-maktabda rusiy zabonlarga ingliz tilidan saboq berish bilan birgalikda, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham faol ishtirok etib, juda ko`plab sinfdan tashqari tadbirlar tashkilotchisi.

Abdulla Avloniy badan tarbiyasi masalasida bolani sog’lom qilib o’stirishda ota-onalarga murojaat qilsa, bolani fikriy tomondan tarbiyalashda o’qituvchilarning faoliyatlariga alohida e’tibor beradi.

Abdulla Avloniy bolaning fikriy taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur: fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng darajada muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur”.

Dilorom Haydarova o`quvchilarda fikrlashni rivojlantirishda adabiyot fanini o`quvchilar ongiga singdirishda o`zining bor mahoratini ishga soladi.Ustoz darsdan tashqari matbuot bilan hamkorlikda o`zining maqolalari bilan ham chiqish qilib turadi. Dilorom Haydarova maktabimizda “Yosh muxbirlar” to`garagini ham tashkillashtirgan, bu to`garak a’zolari o`zlarining maqolalari bilan “Tong yulduzi” bolalar gazetasida tez-tez chiqib turadi.

Abdulla Avloniy shunday deydi:



Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj bo`lsak, shuni bilmak bizga farzdur. Shuning uchun o`qimak, bilmak zamonlarini qo`ldan bermay, vujudimizning dushmani bo`lgan jaholatdan qutulmakg`a jonimiz boricha sa’y qilmagimiz lozimdur.

Topshiriq: “Mening birinchi o`qituvchim”. O`quvchilar birinchi o`qituvchilarini esga oladilar. (Bayromona holat)

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O’quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.

Sana: sinf: 11- o’qituvchi:

5-Mavzu:“ Ijtimoiy tarmoq tahdidlari”!

Kun shiori:"Internetdagi tahdidlardan himoya"

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.

Ma'lumki, dunyoda kechayotgan murakkab g'oyaviy jarayonlar, ayrim mintaqalarda avj olayotgan nizolar, internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari bugun sog'lom fikrli har bir kishini tashvishga solmasdan qo'ymaydi. Ayniqsa o'rgimchak to'ri deb ataluvchi internet tarmog'i orqali tarqatilayotgan axborot xurujlari insonlarni ma'naviy jihatdan qoloq qilib, davlatlar o'rtasidagi nizolarga sabab bo'lmoqda. Poytaxtimizdagi IIV Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabida bo'lib o'tgan tadbir ham O'zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan yaratilagan "Internetdagi tahdidlardan himoya" nomli kitob taqdimotiga bag'ishlandi.Tadbirda Yong'in xavfsizligi oliy texnik maktabi professor-o'qituvchilari, kursantlari hamda O'zbekiston musulmonlari idorasining ulamolari ishtirok etishdi. Unda so'z bevosita glaballashuv davrining yutuqlaridan biri bo'lgan internet , uning bugungi kundagi ijobiy va salbiy jihatlari, ma'naviy rivojlanmagan fuqarolar ongida internet so'zining qay tarzda shakllanishi haqida bordi. Qolaversa, biz yashayotgan hozirgi murakkab davr mamlakatimiz aholisi, ayniqsa, yoshlarimizda xushyorlik va ogohlikni kuchaytirishni taqozo etmoqda. Ta'kidlash kerakki, ushbu yo'nalishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoshlarni internetdagi axborot xurujlaridan himoya qilish bo'yicha o'quv-uslubiy qo'llanmalar tayyorlash vazifasi belgilangan edi. Mana shu topshiriqqa hozirjavoblik bilan O'zbekiston Musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilib, soha mutaxassislarining qimmatli fikrlari olindi va eng zamonaviy pedagogik uslublardan foydalangan holda "Internetdagi tahdidlardan himoya" nomli kitob yaratildi.Shuningdek soha mutaxassislari mazkur asar yoshlarni ma'naviy xurujlardan himoya qilishga qaratilgan ilk o'quv qo'llanma ekanligini e'tirof etishdi. Zero, mazkur kitobning O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan o'tkazilgan respublika ko'rik tanlovida "Yilning eng yaxshi kitobi" deb topilgani ham uning naqadar dolzarb va e'tiborga molik nashr ekanini anglatadi.Ma'lumot o'rnida shuni aytish kerakki, mazkur kitob o'tgan 2015 yilning oxirlarida to'rt ming nusxada nashr qilindi. Ma'ruzachilarning so'zlariga ko'ra, kitobda, “Sog'lom e'tiqodga tahdid”, “Jahon axborot tarmog'idagi fitnalar xuruji ”, “Axborot xurujidan himoya”, “Bekorchilik va buzug'chilik turlari” kabi o'nta band va qirq yettita mavzu jamlangan. Albatta, bunday adabiyotlar har bir ta'lim dargoxining kutubxonasida bo'lishi zarur. Shundagina yoshlarni internet tarmog'i orqali vujudga kelayotgan salbiy holatlardan himoya qilish mumkin.

Download 2.45 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 2.45 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqrizchi: A. Yorbozorov

Download 2.45 Mb.