• Profilaktik ko‘ruvlar
  • Fanlararo va fan ichi bog‘liqligi




    Download 1.83 Mb.
    bet33/76
    Sana16.06.2021
    Hajmi1.83 Mb.
    #15068
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
    3. Fanlararo va fan ichi bog‘liqligi
    Ushbu mavzuni o‘rganish talabalarni anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, patanatomiya, bioximiya terapiya, mikrobiologiya, klinik farmakologiya fani bilimlariga asoslanadi.
    4.Mashg‘ulot tarkibi

    4.1.Nazariy kism

    UASh FAOLIYaTIDA PROFILAKTIKA

    Umumiy amaliyet vrachining ishi nafaqat davolash balki profilaktika ishlariga yo‘naltirilgan. Bu shuni anglatadiki ,vrach xar bir tashrifda axolini o‘z sog‘ligiga munosabatini o‘zgartirishga xarakat qilish kerak. Profilaktik ishlar uash ning asosiy ishini tashkil etadi. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki rivojlangan mamlakatlarda 85% axolii uash xonasiga kamida yiliga 1marta boradi. Bemorlar vrach xuzuriga xavotir va kasallik simptomlar bilan kelganda ular ko‘prok sog‘likni qanday saqlash kerakligini bilishga keladilar. Oilaviy shifokor sog‘likni qanday yaxshilashni kalitiy shaxs va jamiyat va induvidual darajada kasallikni ogoxlantirishni o‘rgatadigan shaxs xisoblanadi.

    Profilaktika – sog‘likni mustaxkamlash kasalliklarni oldini olish stt targ‘ib etishga qaratilgan kompleks tadbirlar yig‘indisidir

    Birlamchi profilaktika - sog‘likni maksimal saqlashga qaratilgan xavf omillarni erta aniqlash vabartaraf etishga qaratilgan tadbirlar yig‘indisidir bulardan boshqarib bo‘lmaydigan yoshi jinsi irsiy moyillik, boshqarib bo‘ladigan chekish,alkogol, kam xarakatlik xayot tarzi noto‘g‘ri ovqatlanish kiradi.Bu yerga stt,to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar zararli odatlar bilan kurashish,jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘illanish kiradi.

    Ikkilamchi profilaktika - bu kasalliklarni erta aniqlash va uz vaqtida davolash. Bu yerga skrining profilaktik ko‘ruvlar savolnomalar o‘tkazish kiradi. Biz bilamizki o‘sma kasalliklari asosan katta yoshli axolii orasida ko‘p uchraydi,masalan sut bezi o‘smasidagi erta o‘zgarishlarni aniqlash uchun oilaviy shifokor barcha 25 yoshdan katta ayollarni sut bezini tekshirib mammografiya o‘tkazish,40 yoshdan katta ayollarni yiliga 2 marta tekshirish kerak. .

    Uchlamchi profilaktika-bu asoratlardan ogoxlantirish uchun kasalliklarni davolash ,masalan barcha AD va SD bilan kasallangan bemorlarga biz insultva MIlarni oldini olish uchun aspirinni profilaktik dozada beramiz.Bemorlarni xayot tarzini o‘zgartirish bo‘yicha maslaxat berish umumiy amaliyot vrachining ish faoliyatiga kiradi.

    STT biologik manoda optimal sharoitlarda to‘g‘ri oziqlantirish ,ovqatlanish rivojlanish qoidalarni anglatadi. Masalan kardiovaskulyar kasalliklarni erta aniqlash uchun uash sttni to‘g‘ri targ‘ib qilishi kerak. Chekish ,gipodinamiya yog‘larni ko‘p istemol qilish kardiovaskulyar kasalliklar xavfini oshiradi. Axolini xayot sifatini yaxshilash shulardan chekishni chegaralash yurak kasalliklarni kamaytirishni effektiv vositalardan biri xisoblanadi.

    Katta yoshli axoli orasida chekish va alkogol istemol qilish vaqtidan oldingi o‘limni asosiy sabablardan biridir. Chekishni tashlash oson ish yemas lekin uash maslaxatlari yordamida yaxshi natijalarga erishish mumkin. Passiv chekish ko‘pgina kasalliklar bilan bog‘lik. Masalan bolalar orasida to‘sattan o‘lim,nafas yo‘llari infeksiyasi, astma, o‘pka raklari kattalarda o‘pka yurak kasalliklari. Shunday qilib oilaviy shifokor xayot sifatini yaxshilash borasidagi ko‘nikmalarga ega ya’ni chekishni tashlash, spirtli ichimliklarichish, xarakatlarni aktivlashtirish tor mutaxasisdan farqli ravishda oilaviy shifokorda bemorlarni xayot sifatini yaxshilashga ularni xayot tarzini o‘zgartirishga kup imkoniyati bor.

    STTni targ‘ibot qilish. UASh stt ni targ‘ibot etishni o‘tkazadi. UASh maxallalarda ,choyxona, maktab,sport zallarda axolii bilan suxbat o‘tkazadi tarqatma bukletlar ko‘rgazmali materiallar,leksiyalar yordamida (alkogalizm, chekish, narkomaniya,virusli gepatit, kontratsepsiya oits, gripp).

    Profilaktik ko‘ruvlar

    UASh xuzuriga 86% axolii murojaat qiladi o‘rtacha bu yiliga 5 marotabani tashkil etadi. Bu esa profilaktik ko‘ruvlar o‘tkazish uchun faol bosqich xisoblanadi. Profilaktik ko‘ruvlar o‘z ichiga anamnez yig‘ish fizikal va labarator instrumental tekshiruvlar o‘tkazishdan iborat.

    Profilaktik ko‘ruv maksadlari:

    Keng tarkalgan kasalliklar xavf omillarni aniqlash masalan, ateroskleroz xavf guruxlari semizlik, arterial gipertoniya,giperlipoproteidemiya. Kasalliklarni boshlang‘ich boskichlarda aniqlash xomiladorlik, bakteruriya, bachadon bo‘yni raki glaukomani erta tashxislash son-chanok bo‘g‘imi displaziyasi, kriptarxizm. Skrining – bu axolini keng va chuqur tekshirishdir. Erta dignostika qilishda qo‘llaniladi va ikkilamchi prafilaktikaga kiradi. Belgilangan kasallikni skrining qilishdan oldin beriladigan 10ta savol.

    - Bu kasallik sog‘likni muxim masalasi xisoblanadimi?

    - Bu kasallikni davolashni yaxshi usuli bormi?

    - Kasallikni davolash va diagnoz qo‘yish yetarli mablag va imkoniyat bormi?

    - Bu kasallikni yashirin yoki erta kechish davrlari bormi?

    - Mos keluvchi analiz tekshiruv bormi?

    - Bu usul axoli uchun qulaymi?

    - Kasallik tarixi to‘g‘risida to‘g‘ri bilish kerak.

    Profilaktika infeksion va noinfeksion kasalliklar.

    Profilaktik chora tadbirlar asosida kasallanish va o‘lim strukturasi analizi yotadi kattalardagi kasalliklarni profilaktikasi.

    - Kattalarda immunizatsiya kalendarini tuzish

    - Glyukometr yordamida qondagi qand miqdorini aniqlash

    - Pikfloumetrdan foydalanish

    - STT bo‘yicha kasallar bilan maslaxat o‘tkazish

    - Klinik bioximik analizlar normativlari

    - Chekadigan bemorlarga maslaxat berishni bilish

    - Spirtli ichimliklar iste’mol qiladigan bemorlarga maslaxat berishni bilish

    - Jismoniy zo‘riqishdan saqlanishni maslaxat berishni bilish.

    - Ratsional ovkatlanishdan maslaxat berishni bilish



    Download 1.83 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




    Download 1.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlararo va fan ichi bog‘liqligi

    Download 1.83 Mb.