Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontrollerl arining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan




Download 155.78 Kb.
bet1/2
Sana24.04.2024
Hajmi155.78 Kb.
#206304
  1   2
Bog'liq
I bob Paralel va ketma ket prinsplarda ishlovchi interfeys quril
sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari

Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontrollerl arining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishni (simpleks ish tartibi), yo‘nalishlarni qayta ulashni (yarim dupleks ish tartibi) va har ikkala yo‘nalishlarda (dupleks ish tartibi) ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlashi mumkin. Abonentlarning ulanish topologiyasi ikki nuqtali (RS-232S interfeys uchun) yoki tarmoqlangan (VSB yoki Fire Wire) bo‘lishi mumkin.

P ortlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel orqali amalga oshiriladi, u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har bir bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga oshiriladi. ShKning parallel port orqali axborot almashinuvi ish tartibi IEEE 1284 standarti orqali amalga oshiriladi.



LPT-port (Line Prin Ter) standart parallel port hisoblanadi. Odatda, port bilan ulanish Centronics standartidagi 25 chiqishli razyom orqali amalga oshiriladi, razyom kontaktlarining taqsimlanishi, signallarning vazifalari, interfeysni boshqarishning dasturiy vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni, diskyurituvchilarni ulashga mo‘ljallanadi.

RS-232C ketma-ket port (Communication port) sichqoncha, tashqi modem, printer kabi qurilmalarni kompyuterga ulash, shuningdek, kompyuterlar orasida bog‘lanish uchun ishlatiladi. RS-232C turdagi ketma-ket portning ishlatilishining Centronics portiga nisbatan asosiy afzalliklari shaxsiy kompyuterdan tashqi qurilmaga axborotlarni 15 metr masofagacha uzatish imkoniyati hisoblanadi. Ma’lumotlar ketma-ketlikdagi baytli paketlar tarzida bit ketidan bit bilan uzatiladi. Har bir bayt boshlang‘ich va to‘xtash bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar dupleks ish tartibida uzatiladi, uzatish tezligi 115 Kbit/s ni tashkil etadi. USB (Universal Serial Bus) bu universal ketma-ket portdir. U 1995-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskirgan RS-232 (COMport) va IEEE 1284 (LPT-port) parallel interfeyslarni almashtirishga, ya’ni ketma-ket va parallel klaviatura va «sichqoncha» portlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan, barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining osonligi bilan ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan bitta razyomga ulanadi. Plug and Play – «yoq va ishla» texnologiyasi «qaynoq» almashtirishni, ya’ni kompyuterni o‘chirish va qayta yuklash zaruratisiz qurilmalarni almashtirishni amalga oshirishga imkon beradi. Qurilma jismoniy ulanganidan keyin to‘g‘ri taniladi va avtomatik konfiguratsiyalanadi. USB kompyuterga nima ulanganligini, qurilmaga qanday drayverlar va resurslar zarur bo‘lishini mustaqil aniqlaydi, undan keyin bularning barchasini foydalanuvchining aralashuvisiz ajratadi. Shina to‘g‘ri ishlashi uchun u bilan aniq ishlaydigan operatsion tizim zarur. Mazkur holda bunday operatsion tizim Windows 95 va undan yuqori tizimlar hisoblanadi. USB shinaga bir vaqtning o‘zida deyarli 127 tagacha istalgan monitorlar, printerlar kabi qurilmalar ulanishini ta’minlaydi. Birinchi darajada ulangan har bir qurilma kommutator sifatida ishlashi mumkin, ya’ni unga mos razyomlar bo‘lganida yana bir necha qurilmalar ulanishi mumkin. Interfeys bo‘yicha almashtirish paketli, almashtirish tezligi 12 Mbayt/s ni tashkil etadi. 480 Mbayt/s o‘tkazish xususiyatini ta’minlaydigan interfeysi (boshlang‘ich standart USB 1.1 deyiladi) yaratildi. Sekin ishlaydigan qurilmalar (klaviaturalar, sichqonchalar, modemlar) uchun ma’lumotlar 1,5 Mbit/s tezlikda almashtiriladigan qo‘shimcha kichik kanal ham qo‘llab-quvvatlanadi, telekonferensiyalarni o‘tkazishda kerak bo‘ladigan, ham asinxron ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlaydi.


Download 155.78 Kb.
  1   2




Download 155.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontrollerl arining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan

Download 155.78 Kb.