• Kron Telekom Netvork (27.02.2014y
  • UNITEL» MChJ
  • «Beeline» brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi mobil operator abonentlari uchun o‘tkaziladigan “Davlatlar va shaharlar” Testini o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy oferta




    Download 76 Kb.
    bet1/8
    Sana25.03.2017
    Hajmi76 Kb.
    #2372
      1   2   3   4   5   6   7   8

    «Beeline» brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi mobil operator abonentlari uchun o‘tkaziladigan “Davlatlar va shaharlar” Testini o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy oferta

    1. Umumiy qoidalar

    1.1. “Davlatlar va shaharlar” nomli Test (keyingi o‘rinlarda – Test), lotoreya yoki azart o‘yin hisoblanmaydi. Test, Cron Telecom savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi Kron Telekom Netvork (27.02.2014y. berilgan litsenziya AA № 0004935) Kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘rtasida o‘z xizmatlarini ommalashtirish maqsadida, «Zava Mobile» MChJning (17.12.2010y. berilgan litsenziya AA № 0004845) texnik ko‘magi asosida o‘tkazilmoqda. Cron Teleсom Kompaniyasi 2005 yilda tashkil topgan bo‘lib, aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi Operator hisoblanib, yuqori tezlikdagi xDSL texnologiyasi asosida ajratilgan tarmoq orqali Internet tarmog‘idan foydalanish huquqini taqdim etadi. Cron Teleсom Kompaniyasi o‘z xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasining butun hududi bo‘ylab ko‘rsatadi.

    Test «Beeline» brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi mobil operator abonentlari uchun o‘tkazilib, unda Abonent (keyingi o‘rinlarda “Ishtirokchi”) dunyo davlatlari, shaharlari, ularning tarixi va yodgorliklari to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega.

    Ushbu Shartnoma matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonunining 9-11-moddalariga asosan ommaviy oferta hisoblanadi.

    Abonentlar 5454 servis raqamiga SMS jo‘natishlari bilan avtomat tarzda Test ishtirokchisiga aylanadilar.

    1.2. Test 2014 yil 7 noyabrdan (Toshkent vaqti bilan 00:00:00) 2014 yil
    24 dekabrgacha
    (Toshkent vaqti bilan 23:59:59) o‘tkaziladi.

    1.3. Testda ishtirok etish etish uchun Ishtirokchi 5454 xizmat raqamiga «T» (o`zbek tili uchun) yoki “D” (rus tili uchun) ko‘rinishdagi SMS-xabar jo‘natishi lozim bo‘ladi Abonent uchun 5005 xizmat raqamidan kiruvchi har bir SMS-xabar, barcha qiymat soliqlari bilan birgalikda $0,06 (olti sent)ni tashkil qiladi. 5454 xizmat raqamiga chiquvchi barcha SMS-xabarlar, mazmunidan qat’iy nazar abonent uchun bepuldir. Javob to`g`ri ekanligi, Ishtirokchi nechanchi o`rinda ekanligi va Ishtirokchilar reytingidagi o`rinni bilish to`g`risidagi xabarlar bepuldir.

    1.3.1. Abonent 5454 servis raqamiga chiquvchi SMS-xabarni yuborish paytida roumingda bo'lgan holda, yuborilgan SMS Operatorlarning rouming tariflariga muvofiq qo'shimcha tarifikatsiya qilinadi.

    1.4. Xizmat uchun to‘lov, O‘zbekiston Markaziy bankining to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.

    1.5. 16 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblangan istalgan jismoniy shaxs Testda Ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.

    1.6. Testda 16 yoshga to‘lmagan fuqarolar ishtirok etish huquqiga ega emaslar. Shuningdek, mustaqil qaror qabul qilishga qodir bo‘lmagan fuqarolarga Testda ishtirok etish tavsiya etilmaydi yoki ular mustaqil qaror qabul qilishga qodir o‘z oila a’zolari yordamida Testda ishtirok etishlari mumkin.

    1.6.1. Bitta telefon raqamidan Ishtirokchiga faqat bir tilda (rus yoki o`zbek) Testda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Agar Ishtirokchi ikki tilda Testda ishtirok etgani aniqlansa, Ishtirokchi Testdan diskvalifikatsiya qilinadi, yig`ilgan ballar esa bekor qilinadi.

    1.6. Xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududida, mos keluvchi brend ostida xizmat ko‘rsatuvchi «UNITEL» MChJ (keyingi o‘rinlarda — «Operator» deb yuritiladi) operatorning xizmat ko‘rsatish litsenziyasi mavjud barcha hududlarda taqdim etiladi.




    Download 76 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Beeline» brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi mobil operator abonentlari uchun o‘tkaziladigan “Davlatlar va shaharlar” Testini o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy oferta

    Download 76 Kb.