• 2014 yil 24 dekabrdan
  • «Beeline» brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi mobil operator abonentlari uchun o‘tkaziladigan “Davlatlar va shaharlar” Testini o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy oferta




    Download 76 Kb.
    bet2/8
    Sana25.03.2017
    Hajmi76 Kb.
    #2372
    1   2   3   4   5   6   7   8
    2. Testda ishtirok etish tartibi

    2.1. Test davomida Ishtirokchiga u javob berishi lozim bo‘lgan savollar jo‘natiladi, Ishtirokchi esa savollarga javoblarni SMS-xabar ko‘rinishida jo‘natishi lozim bo‘ladi. Har bir savolga javob Ishtirokchi tomonidan 5454 yoki 5005 xizmat raqamlariga, taqdim etilgan javob variantlaridan birini to‘g‘ri javob sifatida tanlash orqali, “B” yoki “C” ko‘rinishdagi lotin harflaridan birini, SMS-xabar ko‘rinishida jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Test davomida Ishtirokchi javob berishi mumkin bo‘lgan savollar miqdori cheklanmaydi.

    2.2. Javob yo‘llagan Ishtirokchi, 5454 xizmat raqamidan ushbu javob natijasini, Ishtirokchining to‘plangan barcha ballari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kiruvchi SMS-xabar, 5005 xizmat raqamidan esa yangi savolni o‘z ichiga olgan kiruvchi SMS-xabar oladi. Ishtirokchi tomonidan noto‘g‘ri javob yoki noto‘g‘ri javob buyrug‘i jo‘natilgan holatda, unga 5454 xizmat raqamidan ushbu javob noto‘g‘ri ekanligini va Ishtirokchining to‘plangan barcha ballari miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar, 5005 xizmat raqamidan esa yangi savolni o‘z ichiga olgan kiruvchi SMS-xabar keladi.

    2.3. Ishtirokchiga yangi test savollari quyidagi holatlarda jo‘natiladi:

    • Ishtirokchi tomonidan 5454 xizmat raqamiga Test savoliga javobni anglatuvchi belgi ko‘rsatilgan SMS-xabar jo‘natilganda.

    • Ishtirokchi tomonidan 5454 xizmat raqamiga «D» yoki «T» ko‘rinishdagi SMS- xabar jo‘natilganda ;

    • Test Ishtirokchisi tomonidan istalgan ko‘rinishdagi tushunarsiz buyruq yoki xabar 5454 xizmat raqamiga jo‘natilganda.

    2.4. Ishtirokchi jo‘natgan Test savoliga javob, Ishtirokchiga yo‘llangan eng so‘nggi Test savoliga javob sifatida qabul qilinadi. Test o‘tkaziladigan davr mobaynida, Ishtirokchiga jo‘natiladigan Test savollari takrorlanishi mumkin.

    2.5. Ishtirokchi Testda qatnashishdan voz kechishi uchun 5454 xizmat raqamiga «STOP TEST» so‘zi yozilgan SMS-xabar jo‘natishi lozim. Ishtirokchi Testda ishtirok etishni davom ettirishi uchun 5454 xizmat raqamiga «T» (o`zbek tili uchun) yoki “D” (rus tili uchun), ko‘rinishdagi SMS-xabar jo‘natishi lozim bo‘ladi.

    2.6. Ishtirokchi Ishtirokchilar reytingidagi o`z o`rnini bilish uchun, 5454 raqamiga lotin alifbosining "R" harfi ko`rinishidagi SMS-xabarni jo`natishi lozin. Ma'lumot olish bepul.



    2.7. Yuborilgan savolga Ishtirokchi tomonidan javob yo`llanmagan taqdirda, SMS-xabar jo`natilgandan keyingi kundan boshlab, Ishtirokchiga har kuni 2 ta yangi savol jo`natiladi. Yangi jo`natilgan har bir savol uchun, ushbu ofertaning 1.3 bandiga asosan mablag`lar yechib olinadi. Savollar, Ishtirokchi savolga javob yo`llamaganga qadar yoki 2.5 bandga asosan Ishtirokchi Testda ishtirok etishdan voz kechmaganga qadar jo`natiladi..

    2.8. Test Ishtirokchilari, Test o‘tkazilish davri mobaynida o‘z abonent nomerlariga Test jarayoni davomida ob-havo ma’lumotlarini bepul SMS-xabar ko‘rinishida olishga o‘z roziliklarini tasdiqlaydilar. Test yakuniga yetgandan so`ng, ya’ni 2014 yil 24 dekabrdan so`ng ob-havo ma’lumotlari pulli bo`ladi. Ob-havo ma’lumotlarini olishdan voz kechish uchun Ishtirokchi «STOP PG» (ruz tili uchun) yoki «STOP OB» (o`zbek tili uchun) komandalarini 5454 raqamiga jo`natishi lozim bo`ladi. .




    Download 76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Beeline» brendi ostida xizmat ko‘rsatuvchi mobil operator abonentlari uchun o‘tkaziladigan “Davlatlar va shaharlar” Testini o‘tkazish to‘g‘risida ommaviy oferta

    Download 76 Kb.