Texnologik jarayonni avtomatlashtirish




Download 33.55 Mb.
bet1/11
Sana11.06.2023
Hajmi33.55 Mb.
#71935
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Fozilov Mansur BMI
3, Введение, Категория номера, Alpha Plaza OOO«ПОИСК ОБЩИХ ИНТЕРЕСОВ»





KIRISH ··················································································

3

I BOB

TEXNOLOGIK JARAYON HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT




II BOB

TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH







2.1.

Avtomatlashtirish tizimini loyihalash····································

17




2.1.1

Texnologik jarayonni avtomatlashtirish funksional sxemasi va uning bayoni·······························································

2w2




2.1.2

Avtomatlashtirish vositalarining buyurtma spesifikatsiyasi·········







2.1.3

Boshqarish, signallash va elektr manba prinsipial sxemalari·······

1




2.2.

Avtomatik rostlash tizimining hisobi···································

33




2.3.

Boshqarish tizimining arxitekturasi·····································

40

EKOLOGIYA QISM ··································································

49

Mehnatni muxofaza qilish·····························································

55

Fuqoro muxofazasi·····································································

61

IQTISODIY QISM·····································································

67

XULOSA················································································

75

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR············································

76







O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI

“OZIQ – OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI” FAKULTETI


“INFORMATIKA, AVTOMATLASHTIRISH VA BOSHQARUV” KAFEDRASI

“Modda almashinish jarayonida suyultirilgan gaz yoqilg’isi olish jarayonini avtomatlashtirish”

mavzusidagi malakaviy bitiruv ishining

TUSHUNTIRISH XATI


« IAB» kafedrasi mudiri:




Boboyorov R.O.

Malakaviy bitiruv ishining rahbari:




Hamidov B.T.

Malakaviy bitiruv ishini bajardi:




Fozilov Mansur Maxamadjon o’g’li


TOSHKENT – 2023

MUNDARIJA



KIRISH
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, avtomatlashtirish avvallo inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi. Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish natijasida samarali bo‘lishiga olib keladi.
Texnik jarayonlarda odamning ishtirok etishiga ko‘ra avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayon haqida operativ ma’lumotlarni avtomatik ravishda qa’bul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemasining (ARS) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan muttasilligining avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv Obyektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
O’zbekistonning tabiiy gazidan foydalanib “OLTIN YO’L GTL” kompaniyasi dunyodagi eng ekologk toza va zamonaviy yoqilg’ilardan ba’zilarni ishlab chiqaradi. Bu esa atmosferaga chiqariladigan chiqindilar miqdorini kamaytirishga, shuningdek O’zbekistoning hozir ham yaxshi ta’surot qoldiruvchi energetika sanoatiga dunyodagi eng ilg’or texnalogiyalardan birini joriy qilishga imkon beradi.
Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompanyasi bilan hamkorlikda “O’zbek neft-gaz” MXK dunyoning bugungi energetika soxasidagi nufuzli loyihalardan birini amalga oshirmoqda. “OLTIN YO’L GTL” kompanyasi yoqilg’ilar texnik tasnifiga yangi standartlarni kiritib, O’zbekistonda mavjud istiqbolli imkonyatlarni namoyish qiladi. “OLTIN YO’L GTL” ishlatiladigan texnalogiyaning asosida “Sasol” kompanyasining suvpinziyon distellyatsiya fazasining jarayoni (SasolSlurryPhaseDistillateProcess™) (SPD jarayoni) yotadi. Bu jarayon uch bosqichdan iboratdir. Birinchi tabiiy gaz kislorod bilan bog’lanadi va sintez-gaz hosil bo’ladi. Shundan so’ng sintez-gaz Fisher-Tropsh konversiyasi jarayonidan o’tib, natijada parafinli sintetik hom neft olinadi. So’nggi bosqichda ushbu sintetik hom neft kreking qilinib, tayyor mahsulot olinadi.
Mavzuni dolzarbligi. Ekologik toza va sifatli yoqilg’ilar ishlab chiqarishga mo’ljallangan Sasol va O’zbek neft-gaz korxonalari bazasida yaratilayotgan “OLTIN YO’L GTL” kompaniyasida asosiy terxnologik jarayonlarda bo’lgan suyultirilgan gaz hosil qilish bo’limi uchun optimal boshqarish tizimlarini ishlab chiqish asosiy zaruriy masalalardan biri hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishida keltirilgan usullar va vazifalar ushbu jarayonning moddiy va iqtisodiy, samarali yo’llar bilan bajarilishi imkonini beradi.
Ishning maqsadi va vazifalari. Suyultirilgan gaz ishlab chiqarish jarayoni uchun avtomatlashtirish tizimini loyixalash va jarayonning fizik-kimyoviy xususiyatlarini inobatga olgan holda boshqarish tizimini ishlab chiqarishdan iborat. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan-texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xom ashyo, yarim mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish faqat ishlab chiqarish texnikasini takomillashtirish hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash bilangina emas, balki ishlab chiqarish rentabelligini oshirish, birlik mahsulotga ketadigan moddiy va mehnat xarajatlarini pasaytirib, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini orttirish bilan bog‘liq.
Loyihalanayotgan va qurilayotgan yangi ishlab chiqarish korxonalarida avtomatlashtirish texnologiya bilan uzviy ravishda bog‘lanishi kerak. Jadal texnik taraqqiyot tufayli «yosh» ishlab chiqarish ma’lum davrdan so‘ng «eskiradi» va yangilashni talab qiladi, shu jumladan amaldagi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish tizimlarini yanada zamonaviy hamda takomillashganlari bilan almashtirishni talab qiladi. Amaldagi ishlab chiqarish korxonalaridagi avtomatlashtirish tizimlarini takomillashtirishda, shuningdek, texnologiya va jixozlarni yangilashda mustaqil iqtisodiy baholashlar bo‘lishi mumkin.


Download 33.55 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 33.55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayonni avtomatlashtirish

Download 33.55 Mb.