Reja asosiy tushuncha va qoidalar. Chetga chiqishlar bo‘yicha rostlash. Kombinatsiyalashgan rostlash tizimlari




Download 328.47 Kb.
bet1/4
Sana13.03.2024
Hajmi328.47 Kb.
#170651
  1   2   3   4
Bog'liq
ATL mustaqil ish15v
M.Marjona

REJA
1. ASOSIY TUSHUNCHA VA QOIDALAR.
2. CHETGA CHIQISHLAR BO‘YICHA ROSTLASH.
3. KOMBINATSIYALASHGAN ROSTLASH TIZIMLARI.
4.AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINING TUZILISHI.


ASOSIY TUSHUNCHA VA QOIDALAR Hozirda texnologik jarayonlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik rostlash va avtomatik boshqarish. Avtomatik nazorat — texnologik jarayon haqida operativ m aium otlam i avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerak boigan sharoitlarni ta’minlaydi. Avtomatik rostlash — texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bunda odam faqat avtomatik rostlash tizimining (ART) ishlashini nazorat qiladi. Avtomatik boshqarish — texnologik amallarni avtomatik ravishda muttasil bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan boiadigan ta’sirlaming muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat. Avtomatlashtirish — texnologik jarayonlarni odam ishtirokisiz boshqaradigan texnik vositalami joriy etish demakdir. Avtomatlashtirish — ishlab chiqarish jarayonidagi odam ishtirok etmagan sanoatning yangi bosqichi b o iib , unda, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish funksiyasini avtomatik qurilmalar bajaradi. Avtomatlashtirishni joriy etish — ishlab chiqarishning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymati va sifatining oshishi hamda tannarxining kamayishiga olib keladi. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘pi to iiq avtomatlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish barcha uskunalarning avariyasiz ishlashini ta’minlaydi, baxtsiz hodisalarning va atrof-muhit zaharlanishining oldini oladi. Shuningdek, kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida portlash hamda yong‘in chiqish xavfi ko‘pligi ham jarayonlarni maksimal darajada avtomatlashtirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi hozirgi vaqtda uch davrga boiinadi. Birinchi davr — ayrim texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Jarayonning ayrim parametrlari avtomatlashtirilgan agregat yaqinidagi asboblaming ko‘rsatishiga muvofiq avtomatik ravishda rostlanadi. Bunda, asboblami mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik gabaritli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi. Ikkinchi davr — ayrim jarayonlaming kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shchitga o‘matilgan asboblar b o ‘y ic h a olib boriladi. Yirik gabaritli asboblardan foydalanish — shitning bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va uni nazorat qilish qiyinlashadi. Avtomatlashtirishning bu davrida shitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish maqsadida kichik gabaritli ikkilamchi asboblardan foydalaniladi. Uchinchi davr (to‘liq avtomatlashtirish davri) — agregat va sexlarni yalpisiga avtomatlashtirishdir. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona dispetcherlik punktida markazlashtiriladi. Shu bilan birga mitti ikkilamchi asboblardan foydalanish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilmaydigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik gabaritli) shitdan tashqariga o‘rnatiladi. H ar bir texnologik jarayon (texnologik jarayon param etrlari deb ataluvchi) o ‘zgaruvchan flzik va kimyoviy kattaliklar (bosim, sarf, temperatura, namlik, konsentratsiya va hokazo) bilan xarakterlanadi. Texnologik apparat jarayonning to ‘g‘ri o ‘tishini ta ’m inlashi uchun muayyan jarayonni xarakterlovchi parametrlami berilgan qiymatda saqlashi lozim. Qiymatni stabillash yoki bir tekisda o ‘zgarishini ta’minlash zarur bo‘lgan parametr rostlanuvchi kattalik deb ataladi. Rostlanuvchi kattalikning qiymatini stabillash, ma’lum qonun bo‘yicha o‘zgarishini amalga oshirish uchun m o‘ljallangan asbob avtomat rostlagich deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning ayni paytda o‘lchangan qiymati rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati deyiladi. Rostlanuvchi kattalikning texnologik reglament bo‘yicha ayni vaqtda doimiy saqlanishi shart bo‘lgan qiymati rostlanuvchi kattalikning berilgan qiymati deyiladi. Texnologik reglament rostlanuvchi kattalikning hozirgi va berilgan qiymatlarini vaqtning har bir onida teng boiishni talab qiladi. Ammo ichki yoki tashqi sharoitlarning o‘zgarishi sababli rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatidan chetga chiqishi mumkin. Shu paytda hosil bo‘lgan qiymatlar farqi xato yoki nomoslik deyiladi. Xato yoki nomoslik nolga teng bo‘lgandagi texnologik jarayonning rejimi turg‘unlashgan rejim deyiladi. Turg‘unlashgan rejimda moddiy va energetik balanslar qat’iy saqlanadi. Amalda, ko‘pincha, xomashyoning sarfi va tarkibi, apparatlardagi temperatura, bosim va hokazolarning o‘zgarishi kuzatiladi. Texnologik jarayonning maqsadga muvofiq ravishda o‘tishiga teskari ta’sir ko‘rsatuvchi hamda tizimlardagi moddiy va energetik balansini buzuvchi o ‘zgaruvchilar g'alayonlar deb ataladi. G ‘alayonlar ta ’sirida xato paydo bo‘ladigan texnologik jarayon rejimi turg‘unlashmagan rejim deyiladi. Наг bir boshqarish tizimida kirish va chiqish parametrlari (o‘zgaruvchilar) boiadi. Kirish param etrlariga xomashyoning boshlang‘ich holatini xarakterlovchi o‘zgaruvchi hamda vaqt o'tishi bilan o‘zgaradigan uskuna parametrlari, texnologik jarayonning oqib o ‘tishini aniqlovchi o ‘zgaruvchilar kiradi. Kirish o‘zgaruvchilari rostlanadigan va rostlanmaydigan boiishi mumkin. Chiqish parametrlariga chiqarilgan mahsulot sifatini (kimyoviy tarkib, zichlik va boshqalar) xarakterlovchi ko‘rsatkichlar, shuningdek, hisoblash y o ii bilan aniqlanadigan texnik-iqtisodiy (uskunalarning ishlab chiqarish unumdorligi, mahsulotning tannarxi) ko‘rsatkichlar kiradi. Tizimning ishlashi vaqtida rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatiga mos kelishi uchun tizimga ta’sir ko‘rsatish kerak (boshqariladigan o‘zgaruvchi orqali). Boshqariladigan o‘zgaruvchi tizim boshqaruv ta’sirining (xomashyoning sarfi, tarkibi va boshqalar) sonli tavsifidir. Shunday qilib, sanoatning eng muhim talablaridan biri — texnologik jarayonning turg‘unlashgan rejimini saqlashdan iborat. Moddiy va energetik balansga rioya qiladigan mashina yoki apparat rostlanuvchi obyekt deyiladi. Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning vazifasi rostlagich yordamida rostlanuvchi obyektdagi kerak boigan texnologik sharoitni avtomatik ravishda saqlash, agar bu sharoit buzilsa, uni qayta tiklashdan iboratdir. Avtomatik rostlash vaqtida (rostlanuvchi obyektga rostlagichning ta ’siri tufayli) rostlanuvchi kattalikning ayni qiymati berilgan qiymatga teng yoki shunga yaqin boiadi. Avtomatik tizimlar bir-birlari bilan m aium ketma-ketlikda bogiangan b oiib, har biri tegishli vazifani bajaruvchi alohida elementlardan iborat. Mustaqil funksiyani bajaruvchi, avtomatik tizim tarkibining biror qismi avtomatika elementi deyiladi. Avtomatika elementlarini ularning funksional vazifasiga ko‘ra tasniflash maqsadga muvofiq. Avtomatik tizim elementlarining tarkibiga kiruvchi funksional bogianishni ifodalovchi sxema funksional sxema deb ataladi. Bundan tashqari, shu avtomatik tizimni turli dinamik xususiyatlarga ega boigan va bir-birlari bilan bogiangan sodda bo‘g‘inlar shaklida tasvirlash ham mumkin. Bu holda avtomatik tizim sxemasi bo‘g‘inlarning bogianishini aks ettiradi va tizimning tuzilish sxemasi deyiladi. Rostlanuvchi obyekt va avtomatik rostlagich birligi avtomatik rostlash tizimini (ART) tashkil qilib, rostlash konturi nomli berk zanjirni hosil qiladi. Bu zanjir ARTning tuzilish sxemasiga emas, balki funksional sxemasiga tegishlidir.

Download 328.47 Kb.
  1   2   3   4




Download 328.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja asosiy tushuncha va qoidalar. Chetga chiqishlar bo‘yicha rostlash. Kombinatsiyalashgan rostlash tizimlari

Download 328.47 Kb.