• Kurs ishini bajarish yuzasidan koʻrsatmalar. Kurs ishining tuzilishi.
  • Kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya qilish tartibi
  • Texnologiya ta’limi metodikasi fanidan kurs ishlarini tayyorlashga qo’yiladigan talablar




    Download 44.08 Kb.
    Sana15.05.2023
    Hajmi44.08 Kb.
    #59907
    Bog'liq
    Metodika 8
    3. Mavzu Payvandlash elektrodlari va qoplamalari Reja Payvandl, 6 sinf TABIIY FANLAR, 8007437

    Texnologiya ta’limi metodikasi fanidan kurs ishlarini tayyorlashga qo’yiladigan talablar.


    Kurs ishi tushuntirish xati va chizmalarni o‘z ichiga oladi.
    •Tushuntirish xatining hajmi cheklanmaydi. U taxminan 25-30 betni tashkil etadi.
    •Chizmalarning mazmuni aniq topshiriqlar bilan belgilanadi.
    Kurs ishi topshirig'i biror mavzuga tegishli:
    kalendar-tematik reja;
    mavzuga bag‘ishlangan darslar tizimini ishlab chiqish;
    biror mavzuning dars reja konspektini tuzish;
    pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalarini tayyorlashdan iborat bo‘lishi mumkin.
    Dastlab mavzuning o‘quv dasturidagi tutgan o‘rni, uni o‘rganishning kalendar muddatlarini aniqlash talab etiladi, sababi busiz boshqa o‘quv fanlari bilan didaktik aloqa o‘rnatib bo‘lmaydi.
    Kurs ishida quyidagilar aks ettiriladi:
    1. Mavzu tavsifi. Mavzuning dolzarbligi, muammoning o‘rganilganlik darajasi.
    2. Mavzu bo'yicha adabiyotlar tahlili.
    3. Mavzuning o‘quv-tarbiyaviy vazifalari.
    4. Mavzuni yoritishda foydalaniladigan ilmiy-tadqiqot metodlari.
    5. Mavzu materiallarining nazariy va metodik asoslarini ochib
    berish.
    6. Mavzuning nazariy asoslarini o‘quv jarayonidagi mehnat
    operatsiyalari bajarilishining metodik jihatdan tavsifi.
    7. Mavzuni yoritish metodikasi. Mehnat ta’limi metodikasi fanining asosiy tushunchalari, dars o‘tish metodikasi, darsni tashkil etish, dars rejasi, kalendar mavzuli reja, darsning xronologik xaritasi, konspekt, tarqatma materiallar, test so‘rovnomalari, jadvallar, rasmlar, texnologik xarita, sxemalar va hokazo.
    8. Mavzuni yoritishda pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish. Pedagogik texnologiya tushunchasini o‘zlashtirish, pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflar bilan tanishish, pedagogik
    texnologiya metodlarini qo‘llagan holda dars ishlanmasi tayyorlash.
    9. O‘quv ishlab chiqarish ishlari.
    10. Mavzuni o‘rganish uc^un zarur moddiy-texnik baza tayyorlash.
    11. Instruksion-texnologik hujjatlar.
    12. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi.
    13. Mavzuni o‘rganish rejasi va texnik hujjatlar.
    14. Xulosa tayyorlash, taklif va mulohazalarni bildirish.
    15. Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini
    keltirish.
    Kurs ishini bajarish yuzasidan koʻrsatmalar.
    Kurs ishining tuzilishi.
    Kirish.
    Masalaning dolzarbligi; mavzuga doir adabiyotlar tahlili; ilmiy-tadqiqot metodlari.
    Asosiy qism:
    I-bo'lim. Mavzuning ilmiy-nazariy asoslari.
    2-bo'lim. Mavzuni yoritish metodikasi va pedagogik texnologiya metodlari asosida dars ishlanmasi.
    3-boʻlim. Tajriba-sinov o'tkazish metodikasi va baholash mezonlari.
    Xulosa.
    Ilmiy izlanishdan olingan natijalar yuzasidan fikr vamulohazalar.
    Foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati.
    Kurs ishini bajarish bosqichlari va uni himoya qilish tartibi:
    • Mavzuni tanlash. Kurs ishi rejasini tuzish va uni tasdiqlash.

    • 2. Adabiyotlarni o'rganib tahlil qilish.
      3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilg'or pedagogik ishlarni o'rganish.
      4. Olingan ma'lumotlarni jadval va sxemada ishlab chiqish.
      5. Kurs ishi himoyasida kafedra o'qituvchilari ishtirok etadi.
      6. Kurs ishini baholashda har tomonlama bajarilgan ishlar hisobga olinadi.
      7. Kurs ishi rahbari himoya qilingan ishni tahlil qilib, yakunlab beradi.
      8. Kurs ishi himoyasi taqdimot shaklida namoyon qilinadi.
      9. Muddatida ulgura olmagan yoki himoya qila olmagan talaba akadem qarzdor deb hisoblanadi.

    Kurs ishlari 100 balli tizim asosida baholanadi. Kurs ishini bajarishda 55 balldan kam to‘plagan talaba akadem qarzdor hisoblanadi.
    Download 44.08 Kb.




    Download 44.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologiya ta’limi metodikasi fanidan kurs ishlarini tayyorlashga qo’yiladigan talablar

    Download 44.08 Kb.