Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 0.96 Mb.
bet1/4
Sana19.10.2023
Hajmi0.96 Mb.
#88853
  1   2   3   4
Bog'liq
azizbek individual ishi
1. Anketa (talabalar), 3-mavzu, conference, 12 labaratoriya ishi, Маълумотлар тузилмаси ва алгоритмлар узб, Abduvositaka, Saralash algoritmlari, Akademik yozuv 2 Omonboyev Rashidbek 12, kontakt hodisalar, golosariy, Operatsion tizimlar uz, 1 - lesson (internet), 2-маруза мавзуси Симулятор, dars tahlili, 6666666666666666666666666666666666666

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG`ONA FILIALI
«KOMPYUTER INJINERINGI»fakulteti
«KOMPYUTER INJINERINGI»kafedrasi
“Kompyuterning qurilmasi va tuzilishi”
Mavzusiga tayyorlagan


INDIVIDUAL LOYIHA

________ bajardi (imzo) _______ball bilan
710-20 guruh talabasi _______qabul qilindi (imzo)
Yusubjanov Azizbek Xodjimatov Jahongir
“_____” ____________2023 y. “ ____” ____________2023 y.

Komissiya a`zolari

_______qabul qilindi (imzo) ________qabul qilindi (imzo)
_______________________ ________________________
_______qabil qilindi(imzo) ________qabul qilindi(imzo)
______________________ ________________________
“______” ________2023 y. “______” ___________2023 y.



Mavzu;Kompyuterning qurilmasi va tuzilishi


Reja;
1.Kompyuterning ichki qurilmalari.
2.Kompyuterning tashqi qurilmalari.
3.Kompyuterga qo`shimcha ulanuvchi qurilmalar.
4.Asosiy tushunchalar.
5.Kompyuterning tuzilishi.

M UN D ARIJA
So‘z boshi................................................................................. 3
In fo rm atik a fanining vujudga kelishi tarixi va hozirgi
kundagi o‘r n i............................................................................. 5
Shaxsiy kom pyuter q u rilm a la ri.......................................... 10
Shaxsiy kompyuteming asosiy qurilmalari..................... 10
Shaxsiy kompyuteming q o ‘shimcha qurilmalari 10
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari................ 14
Kompyutemi ishga tayyorlash tartibi.............................. 15
K laviatura............................................................................... 15
Katta va kichik harflami kiritish tartibi ........... 16
Kirill alifbosidan lotin alifbosiga o ‘tish.................. 16
Klaviaturaning maxsus tugmachalari...................... 17
Tugmachalaming maxsus majmui............................. 18



ANNOSTATSIYA

Kompyuter(inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va -mikro EHM) tushunchasi 20-asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chikara boshladi. Keyinchalik boshka firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. 21-asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar urnatilgan kompyuterdan, qujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar bloki da kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir kurinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqon“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqon“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishini osonlashtiradi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiklashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetikmantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish — chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.


Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin (qarang: Kompyuter oʻyinlari). Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi (qarang: Intranet, Internet, Kompyuter tarmogʻi).
Insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga
harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar
deb ataydigan belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.
Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo'lyozmalar va kitoblar yetib kelganini
siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.
Avvallari kam nusxadagi qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab,
yillab navbat kutishga to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi
kitob yoki qo'lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.
Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi. Hozirgi kunda
kompyuterlar asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi
kutubxonadan kerakli kitob yoki qo'lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va
maqolalarni o'qish, filmlarni ko'rish, biror joyga xat jo'natish va boshqa zarur ishlarni
amalga oshirish mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir
sanab chiqish qiyin.
Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda kerakli mashina
ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish lozim.
Kompyuter qanday tuzilgan?
Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat:
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi,
ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon
bo'ladi.
Monitor har xil ko'rinishlarda bo'lishi mumkin:
Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan. Uning yordamida
kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi.
Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan
iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig'ilgan bo'lib, asosiy plata deyiladi.


Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin.
Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb
ataluvchi elektron sxema belgilaydi.
U kompyuterning barcha qurilmalari ishini boshqaradi. Protsessorning turiga
qarab kompyuterga baho beriladi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha
eng kuchli protsessor hisoblanadi.
Ma'lumotlar qanday saqlanadi?
Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar)
daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay
olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor.
Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit
disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor.
Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi.
Egiluvchan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga
ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi
ma'lumotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga
oshiriladi.Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot
saqlash mumkin. Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM
qurilmasi ishlatiladi.
Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr
manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom
bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyuterni qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun
«sichqoncha» deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi
chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatini
ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.
Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar)ni
«printer» deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin.
Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb
ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.
Kompyuter qanday ishga tushiriladi?
Odatda kompyuterni ishga tushirish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
® kompyuter elektr manbayiga ulanadi;
® kompyuterning sistema blokidagi «Power» (© rasmli) tugmachasi bosiladi;
® monitor alohida ishga tushiriladigan bo'lsa, © uning rasmli tugmachasi
bosiladi.
SHAXSIY KOMPYUTER TUZILISHI VA UNING AXBORIY-MANTIQIY ASOSLARI
Hozirgi kunda kompyutеr hayotimizning barcha sohalariga jadallik bilan kirib kеldi. Bugun kompyutеrda turli axboriy jarayonni amalga oshirish, jumladan hisob ishlarini bajarish, turli ma’lumotlarni xotiraga yozish va saqlash, grafik va ovozli axborotlarga ishlov berish, tarmoq orqali axborot almashish, tahrirlash, makеtlar tayyorlash, audio va vidеo lavxalar yaratish, eng asosiysi, har qanday muammoni dasturlash mumkin. Uning imkoniyatlari kundan – kunga ko’paymoqda, shu sababli ishda, o’qishda, uyda va hatto dam olishda insonning kundalik zaruriy vositalaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu esa har bir insonning o’z kasbiy faoliyati jarayonida yuzaga kelgan turli masalalarini kompyutеr yordamida xal qila olish malakasiga ega bo’lish, hamda mazmunli mеhnatining ma’lum qismini kompyutеr asosiga ko’chirish talabini yuzaga keltiradi.

Biz uchinchi ming yillikka qadam qo’ydik va hozirgi insonlar yangi asrda, yangi talablar asosida ish yuritadilar. Bunda axborotlarsiz ishlab chiqarish rivojlanishini tasavvur etib bo’lmaydi, u butun jamiyatning rivojlanishidagi asosiy rеsursi dеb tan olingan. Bu kompyutеrlar va axborot tizimlari, mahalliy va global tarmoqlar, Intеrnеt umumjahon tarmog’i, multimеdiali tеxnologiyalar va hokazolarni o’z ichiga oladi.
Axborot tеxnologiyalarini tatdbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot tеxnologiyalarining fan va ta’lim sohasidagi asoslari bo’lgan ko’plab zamonaviy tеxnika vositalari: kodoskop, audio va vidеo, tеlеvizor, kompyutеr, skanеr, mikrofon, ovoz kuchaytirgich, vidеoko’z, vidеoproеktor va nusxa olish apparatlaridan dars bеrish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga kеng imkoniyatlar yaratadi.


Kompyutеrning ishlash printsipi: Ixtiyoriy kompyutеrni ishlash printsipini birinchi bo’lib ingliz olimi CHarlz Bеbbidj va uning g’oyasini mukammallashgan ko’rinishini Djon Fon Nеyman taklif qilganlar. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda kеtma – kеt ishlash g’oyasidan iborat. Hozirda ko’p rusumli kompyutеrlar shu g’oya asosida ishlaydi. Lеkin kеyingi paytlarda ko’p protsеssorli kompyutеrlar, ya’ni bir vaqtda dasturning bo’laklarini kеtma – kеt emas, parallеl bajaradigan kompyutеrlar ham yaratilgan. SHunday qilib, kompyutеr avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydi. O’z navbatida dastur qo’yilgan masalani kompyutеrda yеchish uchun qandaydir dasturlash tilida yozilgan buyruqlar (opеratorlar) kеtma –kеtligidir. Dasturlash tilida tuzilgan dasturlar maxsus tarjimon dasturlar yordamida kompyutеr tiliga o’tkaziladi. Kompyutеr tili 0 va 1 lardan tashkil topgan, ma’lum qoidalar asosida yoziladigan kеtma – kеtliklardan iborat. Djon Fon Nеyman printsipi bo’yicha avtomatik ravishda bajariladigan dastur avval kompyutеrning xotirasiga kiritiladi (yuklanadi). Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir buyruq (opеrator) kеtma – kеt bajariladi.
Dastur ishlash natijasini to’g’ridan – to’g’ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mеxanizm, grafik chizuvchi qurilma, vidеo qurilma va boshqalar) dеb ataluvchi qurilmalarda ko’rish mumkin.
SHaxsiy kompyutеrlarning tuzilishi
Shaxsiy kompyuter (ShK) – bu, foydanishning hammaboplik va universallik talablarini qondiruvchi stolli yoki ko'chma EHMdir.
ShKning afzalliklari quyidagilar hisoblanadi:
· Narxning individual xaridor uchun mos keladigan darajada arzonligi;
· Atrof – muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanishning avtonomligi;
· Boshqarish, fan, ta’lim, maishiy turmush sohasida uning xilma – xil qo'llanishlarga moslanuvchanligini ta’minlovchi arxitekturasining tez o'zgaruvchanligi;
· Operatsiyon tizim va boshqa dasturiy ta’minotining «do‘stligi», bu esa foydalanuvchiga maxsus kasbiy tayyorgarliksiz ishlash imkonini beradi;
· Ishning yuqori darajada ishonchliligi.
ShKning asosiy bloklarining tarkibi va ularning o‘zaro bog’liqligi 1 – rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan:
Mikroprotsessor (MP).Bu ShKning markaziy bloki bo‘lib, barcha bloklarning ishini boshqarish va axborot ustidan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:
· Boshqaruv moslamasi (BM)– mashinaning barcha bloklariga zarurpaytda bajariladigan operatsiyalarning o‘ziga xosligi va avvalgi operatsiyalar natijalari bilan o‘zaro bog‘langan boshqaruvning muayyan signallarini uzatadi va shakllantiradi; bajariladigan operatsiyalarda foydalanuvchi xotira uyachasi adresini shakllantiradi va ShKning tegishli bloklariga bu adresni uzatadi, boshqaruv mosla­masi impulslar generatoridan impulslarning tayanch izchilligini oladi;
Arifmetik mantiqiy moslama (AMM)– son bilan hisoblanadigan va ramzli axborot ustidan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun mo'ljallangan;
· Mikroprotsessorli xotira (MPX) – mashina ishining yaqin taktlarida hisoblashlarda bevosita foydalaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozib olish va uzatish uchun ishlatiladi. MPX registrlarda quriladi va mashinaning yuqori tezligini ta’minlashga xizmat qiladi, chunki asosiy xotira tez ishlovchi mikroprotsessor ishining samaradorligi uchun zarur bo'lgan axborotni yozib olish, izlash va hisoblash tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi. Registrlar – turli uzunlikdagi tez harakatlanuvchi xotira uyachalaridir;
· Mikroprotsessorning interfeys tizimi – ShKning boshqa moslamalar bilan bog‘liqligi va aloqasini amalga oshiradi; MPning ichki interfeysini, kirish – chiqish portlarini boshqarishning buferli yodda tutuvchi registr va chizmalarini hamda tizimli shinani o‘z ichiga oladi. Interfeys – kompyuter moslamasining bog‘liqlik va aloqa vositalari yig‘indisi bo‘lib, ularning o‘zaro samarali aloqasini ta’minlaydi. Kirish–chiqish porti mikroprotsessorga boshqa ShK moslamasini ulashga imkon beruvchi bog‘lash apparaturasidir.

Mikroprotsessorning vazifasi
Mikroprotsessor quyidagi vazifalarni bajaradi:
· asosiy xotiradan o'qish va buyruqni deshifrlash;
· tezkor xotiradagi ma’lumotlarni va tashqi moslamalar registrlari adapterlarini o‘qish;
· tashqi qurilmaga xizmat qilish uchun adapterlardan so‘rov va buyruqlarni qabul qilish va qayta ishlash;
· ma’lumotlar qayta ishlash va tezkor xotiradaga hamda tashqi moslamalar registrlari adapterlariga yozish;
· ShKning barcha tugun va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish;
Birinchi mikroprosessor 1971- yilda Intel firmasi tomonidan chiqarilgan. Hozirgi paytda bir necha yuz turdagi mikroprotsessorlar chiqarilmoqda. Bulardan Intel va AMD kabi firmalarning mikroprosessorlari mashhur bo’lib foydalanuvchilar o’rtasida keng tarqalgan.
Zamonaviy mikroprotsessorlar mikroprotsessor qismida turli tezlikda ishlovchi bir necha guruh registrlarga ega. Ular operatsiyalarni konveyer rejimida bajaradi, MPni bunday tashkil qilish uning ishlash tezligini ancha oshirish imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori. U elektr impulslar izchilligini yuzaga keltiradi, yuzaga keltiriladigan impulslar chastotasi mashinaning taktli chastotasini belgilaydi.
Mashina ishining bir takt vaqti (mashina ish takti)ni qo‘shni impulslar o‘rtasida o‘tgan vaqt belgi­laydi.
Taktli impulslar generatorining chastotasi shaxsiy kom­pyuterning asosiy xususiyatlaridan biri bo’lib ko‘p jihatdan uning ish tezligini belgilaydi, chunki mashinadagi har bir operatsiya muayyan miqdordagi taktlar orqali bajariladi.

Tizimli shina. Bu kompyuterning asosiy interfeys tizimi bo‘lib, uning barcha moslamalarida o'zaro bog’lanish va aloqani ta’minlaydi. Tizimli shina quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
· Ma’lumotlarning kodli shinasi operanda sonli kodi barcha razryadlarini paralell uzatish uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarni o‘z ichiga oladi;
· Adreslarning kodli shinasi asosiy xotira uyachalari adresi yoki tashqi moslama kirish – chiqish porti kodining barcha razryadlarini paralell uzatish uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarini o‘z ichiga oladi;
· Ko‘rsatmalarni kodli shinasi mashinaning barcha bloklarida ko'rsatmalarni uzatish uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarni o‘z ichiga oladi;
· Ta’minot shinasi energota’minot tizimiga ShK bloklarini ulash uchun o‘zaro bog‘langan sim va chizmalarga ega bo‘ladi.
Tizimli shina axborot uzatishning uch yo‘nalishini ta’minlaydi:
1) Mikroprotsessor va asosiy xotira o‘rtasida;
2) Mikroprotsessor va tashqi moslamalar kirish – chiqish portlari o‘rtasida;
3) Asosiy xotira va tashqi moslamalar kirish – chiqish portlari o'rtasida (xotiraga to‘g‘ri kirish rejimida).
Barcha bloklar, ularning kirish – chiqish portlari tegishli tutash joylar orqali shinaga bevosita yoki kontrollyorlar orqali ulanadi. Tizimli shinani boshqarish mikroprotsessor yordamida bevosita yoki ko‘pincha qo‘shimcha mikrochizma – boshqarishning asosiy signallarini shakllantiruvchi shina kontrollyorlar orqali amalga oshiriladi. Tashqi moslamalar va tizimli shina o‘rtasida axborot almashinuvi ASCII kodlardan foydalanilgan holda bajariladi.
Elektr ta’minlash manbayi. Bu ShK avtonom va tarmoqli energiya ta’minoti tizimlarini ta’minlovchi blokdir.
Taymer. Bu zarur bo‘lganda joriy vaqtning avtomatik belgilab berishni ta’minlovchi ichki mashina elektron soatlaridir. Taymer avtanom ta’minlash manbayi – akkumulyatorga ulanadi va mashina tarmoqdan o'chirilganda ishlashda davom etadi.
Tashqi moslama (TM). Bu istalgan hisoblash kompleksini eng muhim tarkibiy qismidir. Shuni aytish joizki, TM ba’zan qiymatiga ko‘ra butun ShK qiymatning 50 – 80 foizini tashkil etadi.
ShKning TMlari tashqi muhit bilan foydalanuvchilar bosh­qaruv ob’yektlari va boshqa ShKlar bilan mashinaning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi. TMlar bir qator belgilariga qarab tavsif qilinishi mumkin. Jumladan, vazifasiga ko‘ra TMlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
· tashqi yodda tutuvchi moslamalar yoki ShK ning tashqi xotirasi;
· foydalanuvchining muloqot vositalari;
· axborot kiritish moslamalari;
· axborot chiqishi moslamalari;
· aloqa va telekommunikatsiya vositalari.
Foydalanuvchiningmuloqotvositalari tarkibiga vidеomonitorlar, ayrim hollarda pultli yozuv mashinkalari (klaviatura va printеrlar) va axborotni tovush orqali kiritish va chiqarish qurilmalari kiradi.
Videomonitor (displey)–ShKga kiritiladigan va undan chiqariladigan axborotni aks ettiruvchi moslamadir.
Nutqli kirish–chiqish moslamasi multimedianing tez rivojlanuvchi vositalariga kiradi. Nutqli kirish moslamasi, bu – turli mikrofonlar, akustik tizimlar, «tovushli sichqonlar», masalan, inson ifodalayotgan harf va so‘zlarni tanib – bilish, ularni identifikatsiyalash va kodlashtirishga imkon beruvchi murakkab dasturiy ta’minotdir.
Nutqli chiqish moslamasi, bu – kompyuterga ulangan tovush kuchaytirgich yoki tovushli karnaylar orqali qayta aks ettiriladigan raqamli kodlarni harf va so‘zlarga aylantirishni bajaruvchi tovushning turli sintezatorlaridir.
Axborot kiritish moslamalariga quyidagilar kiradi:
· klaviatura – matnli, sonli ma’lumotlarni hamda kompyuter ishini boshqaruvchi buyruqlarni kiritish uchun mo‘ljallangan moslama;
· graftik flanshetlar (didjitayzerlar) – maxsus ko‘rsatkichni flanshet yurgizish yo‘li bilan grafik axborot tasvirlarini qo‘lda kiritish uchun mo‘ljallangan, perolarni yurgizishda uning koordinatalari avtomatik tarzda hisoblanadi va ShKga kiritiladi;
· skanerlar (o'qiydigan avtomatlar)– qog‘ozli tashuvchilardan avtomatik hisoblash va ShKga mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarni kiritish uchun mo‘ljallangan. Skanerli kodlashtirish moslamasida matnli rejimda etalonli konturlarni maxsus dasturlar bilan qiyoslagandan keyingi raqamli simvollar ASCII kodlariga aylanadi, grafik rejimda esa raqamli grafiklar va chizmalar izchil tartibda ikki o‘lchamli koordinatlarga aylanadi;
· manipulatorlar (ko‘rsatish moslamalari): joystik, sichqon, trekbol ichidagi shar, yorug'lik perosi va boshqalar displey ekraniga grafik axborotni ekran bo‘ylab kursor harakatini boshqarish yo‘li bilankoordinatlarini kodlashtirish va ularni ShKga kiritishga mo'ljallangan;

· sensor ekranlar–tasvirlar, dastur yoki buyruqlarning ayrim elementlarini displey ekranidan ShKga kiritish uchun mo'ljallangan.
Axborotni chiqarish moslamalariga quyidagilar kiradi:
· printerlar – matnli va grafik axborotlarni bosmaga chiqarishuchun mo‘ljallangan moslamalar;
· grafik quruvchilar (plotterlar) – grafik axborotni ShKdan bosmaga chiqarish uchun mo’ljallangan. Plotterning termografik, elektrostatik, oqimli va lazerlarli turlari mavjud bo’lib, unda perolar yordamida vektorli va rastrli grafika tasviri chiziladi. Tuzilishiga ko‘ra plotterlar planshetli va barabanli bo‘ladi. Barcha plotterlarning asosiy xususiyatlari taxminan bir xil: chizish tezligi 100 – 1000 mm/s, eng yaxshi modellarda rangli tasvir va nim ranglarni uzatishi mumkin, lazerli plotterlarda tasvir tiniq va aniq bo'ladi, biroq ular juda qimmat turadi.
Aloqa va telekommunikatsiya moslamalari asbob – uskunalarni boshqa avtomatlashtirish vositalari, ShKning kanallari, boshqa ShKlar va hisoblash tarmoqlariga tarmoqli interfeys platalari bilan ulash uchun foydalaniladi.
Multimedia vositalari – bu insonga tabiiy muhit, tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo'lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuyidir.
Multimedia vositalariga axborotni nutqli kiritish va chiqarish moslamalari, hozirda keng tarqalgan skanerlar, yuqori sifatli video va tovushli platalar, tovush kuchaytirgich karnaylari, katta videoekranli yuqori sifatli akustik va video aks ettiruvchi tizimlar kiradi. Biroq multimedia vositalariga ko'pincha tovushli va videoaxborotni yozish uchun foydalaniladigan optik disklarda katta sig'imli tashqi yodda tutuvchi moslamalarni ham asosli ravishda kiritish mumkin.
Kuchma kompyutеrlar shaxsiy kompyutеrlarning tеz rivojlanayotgan kеnja sinfidir. Mutaxassislar fikricha, 1998 yilda foydalanuvchilarning 50% dan kuproqi aynan kuchma kompyutеrlardan foydalangan bo’lsa, 2000 yilga kеlib bu kursatkich 81% dan oshdi.
Kuchma kompyutеrlarning kupchiligi akkumulyatorlardan aloxida (avtonom) ta'minlanadi. Ular tarmoqka ulanishi xam mumkin. Vidеomonitor sifatida ularda yassi vidеoproеktorli suyuk kristalli displеylar kullaniladi.
Suyuk kristalli displеylar (LCD - Liguid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali buladi. Sust matritsada ekranning xar bir elеmеnti (piksеl) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kеsishgan joyga еtib kеladi.

Download 0.96 Mb.
  1   2   3   4




Download 0.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 0.96 Mb.