• Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish




    Download 1.65 Mb.
    bet1/14
    Sana20.01.2024
    Hajmi1.65 Mb.
    #141672
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    Korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish-www.fayllar.org
    9-sinf kirish testi informatika, Algoritm programma, Algoritmlar

    Korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

    KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI



    MUSTAQIL ISH

    Mavzu: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi.

    Tayyorladi: MNP-51 guruh talabasi
    Mirsaidov Miraziz


    Tekshirdi: Raxmonov B.Sh.

    Toshkent – 2019

    MUNDARIJA

    Kirish.
    1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari


    2. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari


        1. Bozor tushunchasi, uning vazifalari va turlari

        2. Bozor infratuzilmasi va uning unsurlari



    Xulosa.

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

    Kirish

    Har bir mamlakat iqtisodiyotining ravnaqi xalqiga munosib turmush tarzi yaratib berilgani bilan belgilanadi. Olimlarimiz oʻtgan asrda mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining Amerika, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Osiyo va Afrika davlatlari modellarini oʻrganib, tahlil qilgan. Lekin ushbu mamlakatlar tajribasini toʻgʻridan-toʻgʻri tatbiq etib boʻlmasligi amaliyotda isbotlangan. Bu davlatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi tekis va benuqson kechmaganligi esa tahlillarda koʻrsatib oʻtilgan.


    Oʻzbekistonda iqtisodiy rivojlanishning milliy strategiyasi ishlab chiqilgan. U yurt manfaati, shart-sharoitiga toʻla mos keladigan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

    Iqtisodiy rivojlanishda islohotlarning ahamiyati

    Erkin bozor tamoyillarini oʻrnatishda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini isloh qilish va rivojlantirish zarur. Buning natijasida esa sogʻlom raqobat muhitini yaratish maqsadga muvofiq. Bunda mulkiy, agrar, narx, moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat va nihoyat ijtimoiy yoʻnalishlarda islohotlarni amalga oshirish bozor munosabatlariga oʻtishda keng qulaylik yaratadi.


    Shu bilan birga, soha ravnaqida ochiq iqtisodiyot, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, malakali kadrlarni tayyorlash kabi bir qator masalalar muhim ahamiyatga ega.
    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 3 iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi qarori mamlakat iqtisodiyotida yana bir muhim qadam boʻlib, raqamli iqtisodiyot ravnaqida innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini taʼminlashga xizmat qiladi.
    Tahlillarga koʻra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi, – dedi Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Oʻtkir Boʻtayev. – Bu jarayonda tadbirkorlik faoliyatining alohida hissasi bor. Shu sababli, mamlakatimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida keng koʻlamli ishlar qilinmoqda. Masalan, 700 dan ortiq huquqiy-meʼyoriy hujjatlar ekspertiza qilindi. Palata tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qiladigan normalarni olib tashlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va tegishli vazirliklarga takliflar kiritildi. Bundan tashqari, 2017 yilda 3 ming 419 nafar tadbirkor palata koʻmagida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda oʻqitilgan boʻlsa, 2018 yilda 9 ming 368 nafar tadbirkor oʻz bilimini mustahkamladi. Ulardan 53 nafari esa xorijda taʼlim olishga muvaffaq boʻldi. “Obod qishloq“ va “Obod mahalla“, “Har bir oila – tadbirkor“, “Yoshlar – kelajagimiz“ kabi davlat dasturlari ijrosi boʻyicha qilinayotgan ishlar ham nafaqat tadbirkorlar manfaati, balki mamlakatimiz iqtisodiy ravnaqi yoʻlida dadil qadamdir.




    Download 1.65 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti mustaqil ish

    Download 1.65 Mb.