• Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari.
  • Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar universiteti




    Download 20.75 Kb.
    bet1/2
    Sana23.12.2023
    Hajmi20.75 Kb.
    #127541
      1   2
    Bog'liq
    REFERAT DILMURODJON
    DTK, test, Mustaqil ish fizika, 1, doc2

    TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUV VA TEXNALOGIYALAR UNIVERSITETI




    DINSHUNOSLIK FANIDAN
    R E F E R A T
    MAVZU: DINSHUNOSLIKNING-FAN-SIFATIDA SHAKLLANISHI, PREDMETI, FUNKSIYALARI
    Bajardi BDS 23.07-guruhi talabasi
    D. Inomjononov


    Tekshirdi


    Toshkent-2023

    REJA

    1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.

    2. Dinshunoslikning funksiyalari

    3. Dinshunoslikning predmetlari

    Dinshunоslik fanining maqsad va vazifalari.


    Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O’zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo’yilgan bir paytda din masalasini chetlab o’tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo’lgan diniy bo’lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo’lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o’zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.

    O’zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo’lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda G’arbda XIX asrning o’rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo’l bosib o’tib, ko’plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar. Din azaldan inson va jamiyat hayotining ma’naviy asosi, poydevori bo‘lib kelgan. Din vositasida insonning tabiati, hayvonot olami bilan umumiy jihatga ega bo‘lgan fiziologik mayllari, ehtiyoj va instinktlari jilovlandi, ularga insoniy qiyofa berildi. Diniy ongning asosida «yaxshilik va yomonlik», «ezgulik va yovuzlik», «adolat va adolatsizlik» kabi axloqiy kategoriyalarning dastlabki elementlari shakllangani, din


    kishilik jamoasini mazkur kategoriyalar atrofida jipslashtira olgani bois unda dunyoqarash, integrativ, regulyativ, kompensatorlik va boshqa funksiyalar mustah- kamlandi. Hozirgi kunga kelib, din ijtimoiy hayotning muhim omiliga aylandi, u ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘rnini saqlab qoldi. Lekin uning ahamiyati turli ijtimoiy- siyosiy tuzumlarda turlichadir. Din yetakchi mafkura hisoblangan davlatlar ham talaygina. Dunyoning qator davlatlarida din o‘zining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harakat qilmoqda. Mustaqillikdan keyin dinning ijtimoiy- siyosiy salmog‘i o‘zgargan bo‘lsa-da, unga aloqador bo‘lgan muammolar ham mavjud. Shu bois O‘zbekiston Konstitutsiyasida dinning mamlakatimizdagi ijtimoiy o‘rni aniq belgilab qo‘yilgan. Xususan, uning 31-moddasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», – deb ta’kidlanadi.
    Istiqlol arafasida Markaziy Osiyoda diniy omil mavqeining ortib borishini hisobga olib, 1991-yil 14-iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonun jamiyatni demokratlashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, tobora kuchayib borayotgan mustaqillik uchun g‘oyaviy kurash ta’sirid sobiq O‘zbekiston sho‘ro hukumati tomonidan qabul qilingan edi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda dinga munosabat tubdan o‘zgardi. Mustabid tuzum davrida dinga nisbatan bir yoqlama (taqiqlovchi) munosabat o‘rnini diniy e’tiqod erkinligi egalladi. Bu narsa asosan ijobiy bo‘lsa-da, sekin-asta salbiy tus ola boshladi. Diniy bilimlardan uzoq davr mahrum bo‘lgan ayrim kishilar g‘ayridiniy, ekstremistik janggarilik ruhidagi aqidalarga ergasha boshladilar. Diniy e’tiqodga ham islohot niqobi ostida azaliy diniy an’analarimizga zid bo‘lgan turli oqim va mazhablar vakillari kirib kela boshladilar. Shu davrda qurilgan ayrim masjidlarda o‘tmishi noma’lum bo‘lgan g‘araz maqsadli kimsalar o‘rnashib oldilar. Ular jamiyat hayotida siyosiy mavqega ega bo‘lish, islom diniy partiyasini tuzishga harakat qildilar. Ayrim viloyatlarda mavjud hukumat organlariga muqobil bo‘lgan diniy tashkilotlar ham tuzildi. Bunday ziddiyatli davrda Prezident Islom Karimov rahbarligida olib borilgan oqilona siyosat ta’sirida ijtimoiy hayotning barcha
    jabhalarida shu jumladan, din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotigadoir qator tadbirlar ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya.
    Masalan, 1991-yil 11-aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon hayiti»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni qabul qilindi. 1992-yil 7-martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992- yil 1-aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
    Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo’yib bo’lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o’z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko’p qirrali bo’lmog’i, birovning g’arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo’lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo’lgan sharoitlarda o’quvchilarning ko’z o’ngida mazkur mualliflarning obro’sizlanishiga yoki o’quvchini noto’g’ri tasavvurga ega bo’lib qolishiga olib keladi. Din va Qonun o’zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to’la ma’lumot beradi. O’quvchilarda qonunga hurmat hissini, o’zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg’ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish o’z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o’tkazish g’ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo’ravonlik, tajovuzkorlikka yo’l qo’ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda
    uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo’lishi ham juda muhimdir. Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof- muhitdan tashqarida bo’lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to’g’ri, haqiqiy, odil hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. Din muayyan ta’limotlar, his- tuyg’ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo’lgandan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Din komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo’lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va eng go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo’lmagan xalq yo’q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. O‘zbekiston hududida yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, ularning tarixiy ildizlari, vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga yaqin turadi. Dinshunoslik diniy e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash haqida chuqur tahlilsiz umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi.
    Dinshunoslik nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi fan bo‘lib, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi hola-tiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi.
    Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikmadegan ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va voqeliklarning birikmasi bo‘lib, ular
    bir butunlikka birlashadi) tar-mog‘ini tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi.
    Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir.
    Ilohiyot muayyan dinning aqida (qoida)larni, muqaddas yozuvlar va diniy tashkilotlar hujjatlarini odamlarga tushunarli tilda yetkazib beruvchi ta’limotdir.

    Download 20.75 Kb.
      1   2




    Download 20.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnalogiyalar universiteti

    Download 20.75 Kb.