3
rd
Global Congress on Contemporary Science and Advancements
Hosted From New York USA
www.econferenceglobe.com
85
TECHMIND-2021
FIZIKA FANINI MASOFADAN O`QITISH VA
UNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Israilov M.
O`zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlari Akademiyasi
Annotation:
This article is devoted to distance learning using distance
learning technology in the teaching of physics, which lists the
advantages and disadvantages of modular technology, including, first
of all, with each student individually. Ability to work,
independent
learning plays a key role, assignments given by the teacher allow
students to perform tasks independently, creatively approach to
work, learn to effectively use computer technology and the Internet,
physical processes the ability to use virtual
experiments and virtual
laboratory work in computer monitoring and laboratory work, and
other important issues.
Keywords:
Distance learning, distance learning technology, modular
design,
modular program, didactics, cognitive activity, independent
learning, individual characteristics,
general didactic principles,
general didactic criteria, didactic system, learning objectives, didactic
materials, problem assignments, distance learning, pedagogical
principles , concept, individual approach,
educational resources,
market elements, integration, information and communication
technologies.
Insoniyat jamiyatining kundalik hayotiga axborot tizimi,
kompyuter texnologiyasi,
internetning kirib kelishi, o‘qitishning modulli texnologiyasini joriy qilish imkoniyatini yaratdi.
Odatda, bunga masofali o'qitish (MO') deyiladi. Masofali o'qitishning kunduzgi yoki sirtqi
o'qitishdan farqi o'qituvchi bilan talabaning bevosita muloqotda bo’lmaganligidadir. Bilim
beruvchi yoki bilim oluvchi muhitini telekommunikatsiya yoki kompyuter kanallari bajaradi.
Bunda o‘quvchiga kerak bo'lgan bilimlar tizimi maxsus metodika asosida ishlanib, ular o'quv-
metodik majmualarda o‘z aksini topadi [1].
Fizika fanini modulli o’qitish bu o’qituvchining har bir o’quvchiga individual yondoshishining
samarali vositasi hisoblanadi. Fizikani modulli o’qitish mustaqil ta’limning salmog’i va ahamiyati
ortishiga
olib keladi, o’quvchilarni mustaqil ishlashga, tashabbuskorlik va ijodkorlikka undaydi.
Fizikaviy ta’limda modulli o’qitish texnologiyasi o’quv fanining har bir bo’limi uchun alohida
loyhalanadi. Bunda modulli o’qitishning asosiy tamoyillariga tayaniladi. Fizika ta’limini modulli
texnologiya vositasida takomillashtirishning asosini mavjud o’quv dasturlariga mos keluvchi
modulli
dasturlarni, o’quv modullarini yaratish hamda shular asosida darslarni tashkil etish
g’oyasi tashkil etadi. Modulli dasturlar va o’quv modullarini loyihalash va konstruktsiyalashda
muayyan didaktik qonuniyat, modulli o’qitishning tamoyili hamda qoidalariga amal qilinadi va
asosiy e’tibor o’quvchining mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi.
Fizikani modulli texnologiya asosida o’qitishda o’quvchi shaxsning
mutanosib rivojlanishi
uchun o’qituvchidan quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
-o’quvchilarning fizikadan o’quv-biluv faoliyatini rag’batlantirish, ularning bilim, ko’nikma va
malakalarini egallashlari uchun biluv va amaliyotga jiddiy e`tibor bilan yondashish faoliyatlarini
tashkil etish;
-o’quvchilarning shaxsiy individual xususiyatlarini hisobga olgan holda fizikaviy hodisalar,
jarayonlar to’g’risida mustaqil fikrlash, xotira, ijodiy ishtiyoqni rivojlantirish uchun sharoit
yaratish.