Xor va xorshunoslik




Download 40,58 Kb.
Sana09.11.2020
Hajmi40,58 Kb.
#12376

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



Ro’yxatga olindi:

№____________________

«___» _________ 2019- yil


Samarqand davla universiteti

rektori:


___________R.I.Xalmuradov

2019- yil “____” ___________




XOR VA XORSHUNOSLIK
FANINING
O’QUV DASTURI

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha


Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi: 5111100 – Musiqa ta’lim

SAMARQAND2019

Fan dasturi Samarqand davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201_ yil “___” _________dagi “___” -sonli bayonnoma).


Fakultetdekani: dots.J.J.Kozimov
Fan dasturi Samarqand davlat universitetida ishlab chiqildi.



Tuzuvchilar:







Xodjayev. J.

-

Sam.DU san’atshunoslik fakulteti musiqata’limikafedrasi o’qituvchisi.

Akramova. M






Sam.DU san’atshunoslik fakulteti musiqata’limikafedrasi o’qituvchisi.

OMANQULOVA. SH




Sam.DU san’atshunoslik fakulteti musiqata’limikafedrasi o’qituvchisi.


Boliyev uchqun ismatovich




sam.du san’atshunoslik fakulteti musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi.


Taqrizchilar:







Kozimov. J

-

SamDU.Sana’tshunoslik fakulteti,

Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti.



Qudratov. I

-

SamDU.Sana’tshunoslik fakulteti,

Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti.




Fanning dasturi Samarqand davlat universiteti o‘quv-uslubiy kengashining 2019 yil “___”________dagi “____”-son majlis bayoni bilan ma’qullangan.


Oʻquv uslubiy Kengash raisi: prof.A.S.Soleev

Kirish
Mazkur kursda xor va xorshunoslikning nazariy va amaliyotdagi xor ijrochiligi va uning tahlili. Xorda kuylash qonun-qoidalari, xor ovozining to’g’ri sozi va ansamblda kuylash malaka va usullari. Yevropa xor vokal-simfonik janrlarining kelib chiqish tarixi va rivojlanishi. O’zbekistonda xor janrini boshlanishi va rivojlanishi. Professional va xalq xorlarini tashkiliy asoslari. Xor turlari va xillari haqida tushuncha. Xor ovozlar va uni tarkibi, vokal xor texnikasi malakalarini egallash. Xor va xorshunoslik ishini tashkiliy asoslari.

Xorga rahbarlik qilish, xor asarlarini taxlil qilish malakalarini egallash. Xorda kuylash jarayonida ijro jarangiga, ansambl, yaxshi soz, nafas olish, hamohanglikka erishish, badiiy ifoda vositalaridan o’z o’rnida foydalanish, ko’nikmalar haqida amaliy tavsiyalar berilgan.

Amaliy mashg’ulotlarda esa xor jamoasini tuzish va uni boshqarish. Xorni taxlil qilish va ijro etish, bilim malakalari kabi uslublardan foydalanish malakalarini egallaydilar.
Faniningmaqsadi va vazifalar.
Xor va xorshunoslik fanining asosiy maqsadi xor va xalq qo’shiqchiligi bo’yicha talabalarning shu kasbga xos o’quv malakalarini shakllantirish ularga jamoa bo’lib kuylay olish va uni boshqara olish texnologiyasi bo’yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish hususiyatlarini singdirishdan iborat.

Fanning vazifalari:Kursni xor va xorshunoslik darslarida amalga oshiriladigan bir qator vazifalarni belgilash mumkin: xor qo’shiqchiligiga xos uslublarda kuylash imkoniyatiga ega bo’lish; jamoa bo’lib kuylash tabiati, didaktik tamoyillari va boshqa qonuniyatlarni bilib olish; xor asarlari repertuarlari bilan bevosita tanishish va ularni tanlash bo’yicha yuksak badiiy didga ega bo’lish; jamoada kuylash va u bilan ishlash jarayonida inson organizmida yuz beradigan psixo-fiziologik kechinmalarni chuqur his qilish va unga ko’nikma hosil qilish; jamoali qo’shig’chilik xonandasi va rahbariga qo’yiladigan talablarni bilish va unga amal qilish.



Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar.
Bakalavr:

  • xor jamoalarini tashkil etish ko`nikmalarini egallash;

  • xorga dirijyorlik qila olish malakalarini egallash;

  • ovoz va uning imkoniyatlaridan foydalana bilish;

  • badiiy ijrochilikning asosiy va har xil shakl, janr yo`nalishlari ijrosini bilish bo`yicha tasavvurga ega bo`lishi;

  • xor ijrochiligining asosiy xususiyatlari (tem’-surhat, xarakter, ovoz yuritish, intonatsiya, nyuansirovka va boshqalar); xorda badiiy ifoda vositalari (shakl, lad-tonallik, metro-ritmik tuzilma, garmoniya), xor turlari (akademik va xalq xorlari), xor turlarini farqlash (bolalar xori, ayollar xori, erkaklar xori, aralash xor, unison, ko`p’ovozlik xor), xorda ansambi, musiqiy soz, talaffuz) xor sanhatining nazariy asoslari, dirijyorlik qo`l harakatining ifoda vositalari kabilarni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo`llay olishi;

  • “Xor va xorshunoslik” fanidan xor sanhatining yaratilish tarixi, xorshunoslikning nazariy tamoyillari, asar va shehr mualliflari haqida muhlumotlar, asar mazmuni, ovozlar bo`linishi, ularning fiziologik-’sixologik xususiyatlarini bilish;

  • xorda kuylash jarayoni, xor re’ertuarlarini o’timal tanlash, ovozlar xususiyatiga ko`ra asarlarni ajratib olish;

- talabalar xorida tanlangan asarlarni qoidalar asosida kuylash, ovozlar xususiyatiga ko`ra disfoniyaga yo`l qo`ymasdan ovozlar bilan alohida ishlash va xor jamoasiga rahbarlik qilib boshqara olishko`nikmalariga ega bo`lishikerak
Fanning o‘quv rajasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

va uslubiy jihatidan uzviyketma-ketligi.
Mazkur fanlar 3,4,5,6 semestrlarda o’qitilib «Xor va xorshunoslik» fanini o’zlashtirish uchun talabalar: vokal ijrochiligi, dirijyorlik, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, garmoniya, cholg’u ijrochiligi, pedagogika, psixologiya va boshqa musiqaga oid bo’lgan fanlardan tegishli bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lish lozim.

Fanning ta'limdagi o’rni.
Xor va xorshunoslik fani musiqa ta'limi o’quv jarayonida o’qitiladigan fanlar ichida talabalarning kasbiy bilim malakalarini takomillashtirishda katta ahamiyat kasb etadi .Ush bu fanda talabalar o’zlarining ovoz diapazonlariniva xor asarlaridagi partiyalarini mukammal o’zlashtirib,xar bir badiiy asarning emotsional ifodali ovozlar bilan ishlash texnologiyalarini qo’llanishi bo’yicha zaruriy bilimlarni egallaydilar.Ush bu fanning o’rni shundan iboratki musiqa o’qituvchilarini xor jamoasi bilan ishlashda o’zlarning bilim malakalarini takomillashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik

Texnologiyalar.
Kursni o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalari, interaktiv usullar: «Blits» o’yin, «FSMU», «3x4», «Aqliy xujum», «Elpig’ich», «Chinni gul», «Kuchsiz zanjir» kabilardan foydalanish. Lingafon apparatlari, kompyuter texnikasi, magnit yozuvlari, plastinkalar, test savollari, tarqatma materiallar, xor asarlaridankontsert dasturlaridan foydalanish lozim bo’ladi.


Asosiy qism

I BO‘LIM. XOR VA XORSHUNOSLIK

FANNING NAZARIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNING MAZMUNI.

Xor san’atining rivojlanishi.

Xor san’ati uzoq tarixga egadir. Musiqa janrlari ichida eng ommaviy xususiyatga ega bolgan tur- bu xor san’atidir. U kishilarimizning kundalik hayoti bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularni g’oyaviy-estetik jihatdan tarbiyalaydi. Qadim zamonlardan beri xalqlar orzu umidlari, his-tuyg’ularini qo’shiq aytish, pantomime qilish kabi vositalar bilan ifodalab kelganlar. Ko’pchilik bo’lib qo’shiq aytish deuyarli hamma xalqlarning mehnat faoliyati, an’anaviy marosimlari, qolaversa, butun turmush hayoti bilan doimo bog’liq bo’lib kelgan.

Xor ijrochiligining kelib chiqishi tarixi (XVI-XVII asrlar).

An’anaviy marosim qo’shiqlari xalq tomonidan to’qilgan xor bo’lib ijro etilib kelingan. G’qrb davlatlarida, shuningdek Rossiyada xalq qo’shiqlari bilan bir qatorda, keyinchalik cherkovda aytiladigan professional xor ijrochiligi paydo bo’ladi. Qadimiy cherkov qo’shiqchiligi, asosan unison bo’lib, Xasrlarda ikki ovozli qo’shiqlar paydo bo’ladi. Uyg’onish davrida ko’p ovozli xor ijrochiligi rivojlandi. Professional xor qo’shiqchiligi cherkovlardan tashqari, podshoh, knyaz’, pomeshchiklar saroylarida keng tarqalgan.
O’zbekistonda xor san'atining rivojlanishi.

O’tmishda So’g’t davlatida professional xor mavjud bo’lgan, keyinchalik Arab iste’losidan keyin bu san’at rivojlanmagan. O’zbek musiqasi asosi monodik (bir ovozli) bo’lganligi sababli ko’p asrlar davomida ko’p ovozli xor ijrochiligi amalda qo’llanilmagan va professional yakka ijrochilik formasi saqlanib qolgan. O’zbekistonda musiqa va xor san’ati 1920 yillardan boshlab rivojlana bordi. To’garaklar tuzila boshladi.

Xorning badiiy-ijro yo’nalishi. Xavaskorlik, professional xalq xorlarni tashkil topishi.

Professional va havaskorlik xorlari o’zining badiiy-ijrochilik yo’nalishlariga qarab, xalq xorlari va akademik xorlarga bo’linadi.bularning har biri o’zining spec’ifik xususiyatiga ega. Akademik va xalq xorlari bir-biridan ijro uslubi, repertuari, tashkiliy asoslari, ish va boshqarish metodlari bilan farqlanadi. Professional xalq xorlarining asosiy ishi-xalq o’rtasidagi keng koncert-ijrochilik faoliyatini olib borish, o’zlari ijod qilgan o’lkalardagi iste’dodli yosh xonanda, raqqosa va sozandalarga otaliq qilishdir.

Ovoz apparati tuzilishi.

Insonning ovoz apparati o’ziga xos murakkab “musiqa asbobi” bo’lib, u o’zining rang-barang tembr boyligi, nihoyatda nozik musiqa ifodalash xususiyatlarigaegaligi bilan hamma musiqa asboblaridan ustun turadi. Chunki kishi ovozi kuy va so’zni organic payvandlash natijasida musiqiy nutqning asl ma’nosini ochib beradi. Inson ovoziga teng keladigan birorta ham musiqa asbobi yo’q. Ko’pincha inson ovozi “gapiruvchi musiqa asbobi” deb yuritiladi.


Xor turlari, ularning ko’rinishi va tarkibi.

Xorlar asosiy ikki turga bo’linadi. Yahlit-bir jinsli xorlar: Bolalar , ayollar, erkaklar xori. Aralash xorlar: erkaklar va ayollardan tashkil qilgan xor. Bir jinsli va aralash xorlar ko’rinish jihatidan bir, ikki, uch, to’rt va undan ko’p ovozli bo’lishi mumkin.

Vokal-xor tarbiyasi va texnika elementlari

Xor kollektivining asosini undagi vocal-xor ishlari tashkil qiladi. Xorda vokal ishlarining sifat darajasi xor dirijyorining malakasiga, vocal qobiliyati va pedegogik mahoratiga bog’liq. Xorda olib boriladigan vocal ishlarining maqsadi, xonandalarda to’g’ri kuylash malakalarini o’stirishdir. Vokal xor texnikasiga asosan, nafas, tovush hosil qilish, uni cho’zish, dinamika, intonaciya va dikciya malakalari kiradi.


Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish

bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar xor asarlarini kuylash va unga dirijyorlik qilish ko’nikma-malakalarini o’rganadilar.Xordagi ijrochilarni bir-biriga qovushtirib, ularning bir hil kuylashlarini ta'minlash xor rahbarining asaosiy vazifalaridan biridir. Talabaning birinchi galdagi vazifasi xorda bir-biriga quloq solish, to’g’ri talaffuz va intonatsiya qilish, dirijyorning har bir jestiga hozirjavob bo’lishdir. Partiyada kuylovchi talabaning boshqa partiyalarni tinglash, ansamblda, garmonik va polifonik to’g’ri ijro etishni ta'minlashzarur. Asarlarning har-xilxarakter, tematika va syujetda bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Talabalarni akademik usulda kuylashga o’rgatish lozim. Kuylashning har xil uslublarini (legato, non legato, staccato, marcato, sf, subito piano, subito forte,creschendo, diminuendo)
Amaliy mashg‘ulotlar mavzulari:
Amaliy mashg’ulotlarda talabalar xor asarlarini kuylash va unga dirijyorlik qilish ko’nikma-malakalarini o’rganadilar.Xordagi ijrochilarni bir-biriga qovushtirib, ularning bir xil kuylashlarini ta’minlash xor rahbarining asaosiy vazifalaridan biridir. Talabaning birinchi galdagi vazifasi xorda bir-biriga quloq solish, to’g’ri talaffuz va intonatsiya qilish, dirijyorning har bir ishorasiga hozirjavob bo’lishdir. Partiyada kuylovchi talabaning boshqa partiyalarni tinglash, ansamblda, garmonik va polifonik to’g’ri ijro etishni ta’minlash zarur. Asarlarning har-xil xarakter, tematika va syujetda bo’lishiga ahamiyat berish kerak. Talabalarni akademik usulda kuylashga o’rgatish lozim. Kuylashning har xil uslublarini (legato, non legato, staccato, marcato, sf, subito piano, subito forte,creschendo, diminuendo)

Mashg’ulotlarga tavsiya etiladigan asarlar:

«Yorlarim» - M.Burxonov qayta ishlagan o’zbek xalq qushig’i, Muqimiy g’azali.

«Go’zal qizga» - M.Burxonov qayta ishlagan xorazm xalq qo’shig’i 3/4.

«Ayriliq» - M.Burxonov qayta ishlagan qoraqalpoq qo’shig’i, Berdax so’zi. 6/8, 9/8.

Final xori – «Layli va Majnun» operasidan – R.Glier va T.Sodiqov musiqasi, Xurshid she’ri.

Final xori - «Bo’ron» operasidan – M.Ashrafiy va S.Vasilenko musiqasi, K.Yashin she’ri. 4/4.

«Chashmi siyoh» /qora ko’z/ - M.Burxonov qayta ishlagan afg’on xalq qo’shig’i. Ayollar xoriga Q.Mamirov moslashtirilgan. 6/8.

«Endi sandek» - S.Boboyev qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i. Muqumiy g’azali. 4/4.

«Lahza-lahza» - Q.Mamirov musiqasi. Furqat g’azali. 4/4.

«Ajab nozik» - M.Bafoyev musiqasi.

«Dam qo’l» - M.Burxonov qayta ishlagan afg’on xalq qo’shig’i. 4/4.

«Gule gandum» - M.Burxonov qayta ishlagan afg’on xalq qo’shig’i. 4/4.

«Go’zal» - B.Umidjanov musiqasi. M.Turobova she’ri 6/8.

«Ey, sanam» - B.Umidjanov musiqasi. 7/8, 2/4, 4/4.

«Fig’onkim», «Furqat» - kinofilmidan. S.Yudakov aralash xor uchun qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i. Furqat g’azali. 4/4.

«Alisher Navoiy qasidasi» – Burxonov musiqasi, A.Oripov suzi. 4/4, 3/4.

«Yor ekan» - «Dilbarim» syuitasidan. M.Nasimov musiqasi, H.Sharipov she’ri. 7/8.

«Yolvorma jonim» - D.Omonullayeva qayta ishlagan.

«Istiqlol taronasi» - Q.Mamirov.

«Quyosh yurtim» - Ch.Ro’ziyev so’zi, Q.Mamirov musiqasi.

«O’zbekiston yoshlari» - M.Mirzayev she’ri, Q.Mamirov musiqasi.

Xor asarlarini taxlil qilish, o’rgatish, jumlalarni aniqlash. Dinamik tuslar (nyuanslar) xorda nafas olish uslublari. Tovush hosil qilish malakalari. Ohangni yurgizish usullari, tovush avj qoidalariga rioya qilib kuylash malakalarini shakllantirish va qo’shiq aytishga tayyorlash masalalari ustida ishlash uslublarini talabalarga o’rgatish.

«Chamanda gul» - B.Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Fabrika» - B.Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Chimboy» - B.Umidjonov qayta ishlagan qoraqalpoq xalq qo’shig’i.

«Xayronning bo’lay» - V.Shipilov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Kuldi Zarafshon» - V.Shepilov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Ilila yor» - B.Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Gall bari» - B.Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Jo’ralar» - B.Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Olmacha anor» - B.Umidjonov qayta ishlagan xalq qo’shig’i.

«Qadrdonlar» - V.Shepilov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«Dala shiyponida» - B.Umidjonov qayta ishlagan o’zbek xalq qo’shig’i.

«O’ynamdu yaxshi» - B.Umidjonov qayta ishlagan uyg’ur xalq qo’shig’i 4/4.

«Qiyiq» - M.Niyozov musiqasi. Ye.Nechayev qayta ishlagan.T.To’la she’ri. 2/4.

«Ayriliq» - M.Burxonov qayta ishlagan qoraqalpoq qo’shig’i, Berdax so’zi. 6/8,9/8.

«Mo sar nihodem» - V.Knyazatov qayta ishlagan tojik xalq qo’shig’i. 6/8.

«Ayttыm salem qalamqas» - Ye.Nechayev aralash xor uchun qayta ishlagan qozoq xalq qo’shig’i. 2/4.

«Tokay mann az firoqat» - B.Umidjonov xor uchun qayta ishlagan tojik xalq qo’shig’i.

«Navqirov Vatan» - M.Yusupov musiqasi. M.Qoriyev she’ri.

«Qizlar va yigitlar yallasi», «Zulmatdan ziyo» - operasidan R.Hamrayev musiqasi. T.To’la librettosi. 6/8.

Mehnat qo’shig’i – «Baxt qo’shig’i» kantatasidan. M.Ashrafiy musiqasi. T.To’la she’ri. 7/8



Mashg’ulotlarga tavsiya etiladigan qo’shimcha asarlar:

“Qaydasan” T. To’la sheri, I.Akbarov musiqasi.

“O’zbekiston Vatanim manim” J. Jobborov she’ri, D. Omonullayeva musiqasi

“Ozod Vatan – obod Vatan” Normurod Narzullayev she’ri, Farhod Olimov musiqasi

“Namanganning olmasi” Xalq qo’shig’i, V. Nechayev xor uchun moslashtirgan.

“Majnuntol” T. To’la she’ri, F. Zokirov musiqasi, S, Muzaffarova xor uchun moslashtirgan.’zbekiston” Muhiddin Omon she’ri, D. Omonullayev musiqasi, S. Muzaffarov xor uchun moslashtirgan.

“Umid” T. To’la she’ri, E. Solixov musiqasi, S, Muzaffarova xor uchun moslashtirgan.

“Любимыеглаза”Kara Seytliyeva she’ri, A. Babayev musiqasi



AMALIY MASHG’ULOTLAR

Kirish. Xor va xorshunoslik fanining maqsad va vazifalari

Xor haqida umumiy tushincha, O’zbekistonda xor san’atining rivojlanishi, xorlarning turlari, xordagi ovozlar, xor partiyalarining joylashishlari, ovozlarga bo’lish.

Qo’llaniladigan ta’lim tyex nologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum,blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q2 Q3; Q6.
Xordagi xonanda ovozlar

Bolalar ovozi (diskant va alt), Ayollar ovozi (Soprano alt), Erkaklar ovozi (Tenor va bas). Ovozlarning lirik va dramatic xususiyatlari. Diopozonlari. Har bir ovozning xordagi tutgan o’rni.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy hujum,blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q2 Q3; Q6.

1-Asar

Kompazitorning hayoti va ijodi. Asarning umumiy tahlili: uning fakturasi, xarakteri, mazmuni bilan tanishtirish. Asarni sol’fedjio qilib kuylash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum,blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q2 Q3; Q4;Q5

Asarni so’z matni ustida ishlash. Asarni so’z matni bilan kuylash. Asarni kuylashda sozning tozaligiga erishish. Asar dinamikasi ustida ishlash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q1 Q3; Q4;Q7

2-Asar

Kompazitorning hayoti va ijodi. Asarning umumiy tahlili: uning fakturasi, xarakteri, mazmuni bilan tanishtirish. Asarni sol’fedjio qilib kuylash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum,blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q2 Q3; Q4;Q5

Asarni so’z matni ustida ishlash. Asarni so’z matni bilan kuylash. Asarni kuylashda sozning tozaligiga erishish. Asar dinamikasi ustida ishlash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q1 Q3; Q4;Q7

3-Asar

Asarni so’z matni ustida ishlash. Asarni so’z matni bilan kuylash. Asarni kuylashda sozning tozaligiga erishish. Asar dinamikasi ustida ishlash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q1 Q3; Q4;Q7

Kompazitorning hayoti va ijodi. Asarning umumiy tahlili: uning fakturasi, xarakteri, mazmuni bilan tanishtirish. Asarni sol’fedjio qilib kuylash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum,blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q2 Q3; Q4;Q5

4-Asar

Asarni so’z matni ustida ishlash. Asarni so’z matni bilan kuylash. Asarni kuylashda sozning tozaligiga erishish. Asar dinamikasi ustida ishlash.

Qo’llaniladigan ta’lim tyexnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q1 Q3; Q4;Q7

Kompazitorning hayoti va ijodi. Asarning umumiy tahlili: uning fakturasi, xarakteri, mazmuni bilan tanishtirish. Asarni sol’fedjio qilib kuylash.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim, aqliy xujum,blits .Adabiyotlar: A1;A2; A3;Q2 Q3; Q4;Q5

II Bo’lim.Xususiy metodikasi
- Xorning badiiy-ijro yo’nalishlariga qarab, asosan, xalq, xorlari va akademik xorlarga bo’linadi.

-Ashula va raqs ansambli qo’shiq aytish va raqs san’atining organic birikmasidan iborat.

-Xonanda ovozlar – bu etarli diapason, chiroyli tembr, ovoz kuchliligi, ovoz barqaroroligi, ovoz chidamliligi

-Ayollar ovozi-bu kaloratura, lirik coloratura, lirik soprano, al’t, messo soprano, kontral’to

- erkaklar ovozi- bu tenor, baritone, bas, bas profundo.

- bolalar ovozi-diskant

- xor turlari,tuzilishi, tarkibi-yahlit (bir jinsli), aralash xor. Kichik, o’rta, katta aralash xorlar

- to’liqsiz xor- A,B yoki S,T

- asar jumlalarini aniqlash- frazalash. Jumlalash dinamika, sezura, agogika, nafas, tembr,artikulyatciya,rirm, temp,fermato.

-nafas, zanjir usuli- Xorda nafas pastki qovurg’a-diafragmausulida olinadi. Nafas asarning tempiga, jumlalarning katta-kichikligiga qarab bir maromda, tez, engil, tekis, chuqur olinadi. Zanjir nafas – ulama nafas, galma-galdan nafas olib kuylash.

-diksiya, intonasiya,artikulyatsiya- Diksiya asarning g’oyaviy mazmunini ochib berishda muhim rol’ o’ynaydi.aniq so’z talaffuzi.

- tovush attakasi- hujum qilmoq. Yumsoq va qattiq ataka turlari/

-xorga ton berish- bu xorni ma’lum lad-tonalikka moslashtirish, har bir ovoz partiyasiga tonlikdagi tegishli tovushni eshittirish.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakliva mazmuni


Mustaqil ta’limni talabalar tomonidan mustaqil ijro shakli sifatida tashkil etiladi. Musiqiy kontsert dasturlari, teatr va sahna asarlarini kuzatish shakllari orqali o’rganilayotgan asarlar ustida ish olib boriladi.

Darslik va o’quv qo’llanmalarining (ularning to’la ta'minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o’rganish. Tarqatma materiallar bo’yicha ma'ruza qismlarini o’zlashtirish. O’qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.

Xor va xorshunoslik fanidan nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tish davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo’naltirish, ularni tahlil qilish, mustaqil ishlashga o’rgatish, mashqlar bajarish. Badiiy asarlarni estetik-g’oyaviy jihatdan tahlil qilish, klassik asarlar matni ustida ishlash, adabiy jarayonni kuzatib borish. Malakaviy amaliyotni o’tish chog’ida yangi texnika, jihozlar, keng ko’lamli ilmiy ish olib borishga qulay jarayonlar va texnologiyalarni o’rganish. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq holda fanning muayyan boblari va mavzularini chuqur o’rganish:
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni

Talabalar mustaqil ishni bajarishda fanning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:



  • mavzular bo`yicha darslik va o`quv qo`llanmalarni o`rganish;

  • yetuk mutaxassis va taniqli ijodkorlar bilan ijodiy hamkorlik qilish;

  • talabalarni o`quv ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan fanlarning mavzularini chuqur o`rganish;

  • mustaqil ish o`tish chog`ida yangi texnika, jihozlar, keng ko`lamli ilmiy jarayonlar va texnologiyalarni o`rganish;

  • Musiqiy asarlarni estetik-g`oyaviy jihatdan tahlil qilish;

masofaviy ta'lim tizimidan foydalanish.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:


  1. Major va minor gammalarini tabiiy, garmonik ,melodik holatlarda kuylash.

  2. Xor ijrochiligida musiqa tarbiyasining pedagogik prinsiplari.

  3. Xor va xorshunoslik faning rivojlanish tarixi.

  4. Qo’shiqchilikda ovoz apparati.

  5. Xor asarlari partituralarini ijro etishda nafasning taqsimlanishi.

  6. Xor partituralarini ijro etishda vocal ko’nikmalarining shakillanish yo’llari.

  7. Xordagi ansambl (gorizantal, vertical, shaxsiy ansambl)

  8. Diksiya.

  9. Xordagi ovoz partiyalariga xarakteristika.

  10. Xor jamoasi bilan ishlashda badiiy bezaklardan foydalanish.

Xor va xorshunoslik fanidan mustaqil asar tahlili uchun annotatsiya savollari.

  1. Asarning nomi va mazmuni

  2. Asar mualliflari: Shoir va kompozitri to’g’risida

  3. Asar qaysi xor va qaysi xildagi xorlar uchun ijod qilingan

  4. Asar tonalligi (tonalnosti)- misollar

  5. Asar sur’ati – yozuv

  6. Asardagi dinamik belgilar va ularning ahamiyati

  7. Asar o’lchovi va undagi o’zgarishlar

  8. Asarning musiqiy tahlili (frazalar, kuy harakati, shakllari, fakturalari)

  9. Ovozlar diopozonlari (talaffuz, nafas) – misollar

  10. Xulosa

Asarlar yuzasidan akadem kontsert

«Yakkadir Toshkent » -D.Omonullaeva

« ПесняоТибилиси» - Р.Логидзе

«Ililla yor» - B.Umidjonov qayta ishlagan.



Asarlar yuzasida amaliy ijro
«Duhtari » - B.Umidjonov qayta ishlagan.

«Sevikli yor» - X.Izomov.

«Фиалка»
O’tilgan asarlar ijrosi nazorati
« Uchqur yillar» -N.Narxo’jaev.

«« ПесняоТибилиси» - Р.Логидзе

«Paxtakor qiz» - N.Narxo’jaev.
Fan dasturning informatsion - uslubiy ta’minoti.

Didaktik vositalar
Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska – Hitachi, LCD – monitor, elektron ko’rsatgich (ukazka).

video – audio uskunalar- video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidaqi proektor, DVD – discovod, Web – camera, video ko’z.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar:
1. Qo’ldosh Mamirov “Jamoa qo’shiqchiligi va amaliyoti” Toshkent “ILM ZIYO”- 2012

2. J.Shukurov. «Dirijyorlik». Istiqlol nashriyoti. Toshkent. 2006 yil.

3. G.Sharipova “Musiqa va uni o’qitish metodikasi” Toshkent 2006 yil

4. R.N.Muxitdinova. «Xorshunoslik asoslari».Toshkent. TDPU. 2008 yil.



  1. B.Umidjonov “O’rta osiyo va qozog’iston xalqlarining xor asarlari” I kitob “G’.G’ulom” nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti. Toshkent.1980 yil.

  2. N.I.Qoziyev “Xor dirijorligi xrestomatiyasi” I qism “o’qituvchi” Toshkent-1975 yil

  3. N.I.Qoziyev “Xor dirijorligi xrestomatiyasi” II qism “o’qituvchi” Toshkent-1976 yil

  4. N.I.Qoziyev “Xor dirijorligi xrestomatiyasi” III qism “o’qituvchi” Toshkent-1977 yil

  5. J.J. Kozimov, “Yakka va ko’p ovozli qo’shiqlar” Toshkent-2016 yil

  6. B. V. Shomahmudova “Xor fanlarini o’qitish metodikasi” Toshkent-2012 yil

  7. B. V. Shomahmudova “Xor lug’ati”Toshkent-2009 yil




Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. R.N.Muxitdinova. “Xorshunoslik”. Toshkent. DTPU. 2008-yil

  2. O.Sodiqov. “Xor partiturasini o’qish”. G’.G’ulom nomidagi nashriyot uyi Toshkent. 2006-yil

  3. J.T.Shukurov. “Dirijorlik”. “Istiqlol” nashriyoti. Toshkent 2006-yil

  4. Qo’ldosh Mamirov “Jamoa qo’shiqchiligi va amaliyoti” Toshkent “ILM ZIYO”- 2012

  5. Sh.Ro’ziyev “Xorshunoslik”

  6. I.A.Akbarov “Musiqa lo’g’ati” G’.G’ulom adabiyot va san’at nashriyoti 1987-yil.

  7. J.J. Kozimov, “Yakka va ko’p ovozli qo’shiqlar” Toshkent-2016 yil

  8. B. V. Shomahmudova “Xor fanlarini o’qitish metodikasi” Toshkent-2012 yil

  9. B. V. Shomahmudova “Xor lug’ati”Toshkent-2009 yil

  10. K.Azimov. «O’zbekiston dirijyorlari». Toshkent. 2001 yil.

  11. “O’zbekiston vatanim manim” to’plam 1, 2, 3, 4 qismlar. Toshkent, Mehnat, 1997


Elektron ta’lim resurslari
1. www. tdpu. uz

2. www. pedagog. uz

3. www. Ziyonet. uz

4. www. edu. uz



5. tdpu-INTRANET. Ped.




Download 40,58 Kb.




Download 40,58 Kb.