• 1. UMUMIY MA’LUMOTLARI
  • Yaxlit to‘sinli oraliq qurilmalarning konstruksiyasi reja




    Download 0.56 Mb.
    bet1/3
    Sana16.05.2023
    Hajmi0.56 Mb.
    #60211
      1   2   3
    Bog'liq
    4-qayta topshirish
    Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 15, TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)

    YAXLIT TO‘SINLI ORALIQ QURILMALARNING KONSTRUKSIYASI


    REJA:
    1. Umumiy ma’lumotlarii
    2. Qatnov ustidan bo‘lgan oraliq qurilmalar
    3. Po‘lattemirbeton oraliq qurilmalar


    Tayanch so‘zva iboralar:
    Yaxlit to‘sin, oraliq qurilmalar, ko‘prik polotnosi, bosh to‘sinlar, bo‘ylama bog‘lamalar, ko‘ndalang bog‘lamalar, ko‘rik moslamalari, qatnov qismi, bimetal, po‘lattemirbeton, ankerlar, tirgaklar, tavrli kesim, ikki tavrli kesim, qutisimon to‘sinlar, ortotrop plita, qovurg‘alar.


    1. UMUMIY MA’LUMOTLARI
    Yaxlit to‘sinli po‘lat oraliq qurilmalar quyidagi asosiy qismlar - ko‘prik polotnosi, bosh to‘sinlar, bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lamalar va ko‘rik moslamalaridan tarkib topadi. Ularda vaqtinchalik yuk qatnovi ustidan va ostidan bo‘lishi mumkin.
    Yaxlit to‘sinli oraliq qurilmalarning ko‘prik polotnosi yog‘och yoki metall ko‘ndalang to‘sinlar, temirbeton yoki qovurg‘ali po‘lat plita yoki ballast ustida bo‘lishi mumkin.
    Bosh to‘sinlar oraliq qurilmalarning asosiy ko‘taruvchi qismlaridir. Ular oddiy qirqilgan, konsol va qirqilmagan tizimli bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda mustahkamligi yuqori kam legirlangan po‘latlardan payvandlab tayyorlangan, ko‘ndalang kesimi ikki tavrli yoki qutili, balandligi o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan to‘sinlar qo‘llaniladi.
    Bosh to‘sinlar bimetallik (belbog‘lari devorlarining po‘latiga qaraganda mustahkamroq po‘latdan tayyorlangan), po‘lattemirbeton (po‘lat to‘sinlarning siqilgan belbog‘i bilan birlashtirilgan temirbeton plitali), Shuningdek oldindan zo‘riqtirilgan (to‘sinlarning cho‘zilgan belbog‘lari po‘lat troslar yoki mustahkamligi yuqori simlardan tayyorlangan tutamlar bilan siqilgan) bo‘lishi mumkin. Bunday bosh to‘sinlar ozroq metall sarfiga ega, lekin ularni tayyorlash texnologiyasi va montaji murakkabroqdir.
    Bosh to‘sinlar orasidagi bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lamalar oraliq qurilmalarning fazoviy ishini, o‘zgarmasligini va bikrligini ta’minlaydi. Bo‘ylama bog‘lamalar Shamolning gorizontal ko‘ndalang yukini va harakatchan tarkibning zarblarini qabul qiladi. Bundan tashqari, siqilgan belbog‘lar tekisligida joylashgan bo‘ylama bog‘lamalar belbog‘larning erkin (svobodnaya dlina) uzunligini kamaytiradi va ularning turg‘unligini oshiradi. Ko‘ndalang bog‘lamalar yuklarning bosh to‘sinlar orasida taqsimlanishini ta’minlaydi.
    Hozirgi paytda yaxlit to‘sinli oraliq qurilmalar temir yo‘l ko‘priklarida 18 metrdan 55 metrgacha, po‘lattemirbeton oraliq qurilmalar esa 88 metrgacha bo‘lgan oraliqlar uchun qo‘llaniladi. Qatnovi ustidan, uzunligi 33,6 metrgacha bo‘lgan oraliq qurilmalar yaxlit tashiladigan bir blokli, uzunligi kattaroq oraliq qurilmalar esa yirik blokli qilib tayyorlanadi. Bu oraliq qurilmalar oddiy konstruksiyaga, tayyorlashda kam mehnat sarfiga va qiymatiga, qisqa montaj muddatiga va yuqori ekspluatatsion sifatlarga ega.

    Download 0.56 Mb.
      1   2   3




    Download 0.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yaxlit to‘sinli oraliq qurilmalarning konstruksiyasi reja

    Download 0.56 Mb.