• Ijtimoiy boshqaruv
  • Zamonaviy menejmentga kirish




    Download 19.44 Kb.
    bet1/4
    Sana19.11.2023
    Hajmi19.44 Kb.
    #101247
      1   2   3   4
    Bog'liq
    ZAMONAVIY MENEJMENT


    ZAMONAVIY MENEJMENTGA KIRISH
    Eksponensial taraqqiyot, global siyosiy-ijtimoiy tendensiyalar, keng miqyosda integratsiya, barcha sohalarda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish, innovatsiyalarni joriy qilish – zamonaviy menejment – ijtimoiy boshqaruv tizimi oldiga ham yangi talablarni qo‘ymoqda.
    Mazkur kontekstda innovatsion tafakkurga ega, tashabbuskor, xarizmatik rahbarlarni tayyorlash tizimini yaratish yangilanayotgan O‘zbekistonning strategik vazifalaridan hisoblanadi.
    Ijtimoiy boshqaruv shaxslar, ijtimoiy guruh, jamoaning maqsad-vazifalarni samarali bajarishga oid faoliyatning izchilligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatdir.
    Strategik maqsad va natijaga erishish uchun muayyan ijtimoiy guruhning o‘zaro ta’siri, mehnat iyerarxiyasi, rollar taqsimotini muvofiqlashtirish va tartibga solishni nazarda tutadigan ijtimoiy boshqaruv jamiyatlar, mamlakatlar hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga oid universal konsept hisoblanadi.
    Zamonaviy korporatsiyalar boshqariladigan ijtimoiy tuzilma ekanligi e’tiborga olinsa, ular faoliyatini samarali tashkil qilishda korporativ boshqaruvning quyidagi eng muhim tamoyillarini tatbiq etish maqsadga muvofiqligi anglashiladi:

    • strategik rejalashtirish;

    • maqsad va vazifalarni aniq belgilash;

    • to‘g‘ri va adolatli qarorlar qabul qilish;

    • tizimli tahlil;

    • HR menejment;

    • hamkorlik;

    • taym-menejment;

    • prioritetlarni to‘g‘ri tanlash;

    • korporativ madaniyat;

    • moliyaviy resurslarni to‘g‘ri taqsimlash;

    • mehnat resurslarini to‘g‘ri taqsimlash, umumiy strategik manfaatlar yo‘lida harakat qiluvchi kuchli jamoani shakllantirish;

    • boshqaruvga zamonaviy uslublarni, innovatsiyalarni tatbiq etish;

    • har bir xodimning o‘z imkoniyatlarini namoyon etishiga sharoit yaratish;

    • kadrlar professionalizmi va kompetentligini rivojlantirish;

    • kadrlar tarkibini tizimli yangilab, yoshartirib turish;

    • korxona imijini shakllantirish;

    • KPI (samaradorlikning bazaviy ko‘rsatkichlari)ni baholash;

    • ishlab chiqarishga yuqori texnologiyalarni joriy etish.

    Har bir tashkilotning samarali faoliyatida jamoa taqdiri uchun mas’uliyatni his etadigan, o‘z vaqtida va to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan, qat’iyatli, adolatparvar, xarizmatik liderlarning roli juda muhim.

    Download 19.44 Kb.
      1   2   3   4




    Download 19.44 Kb.