YIGISH CHIZMALARINI O’QISH SXEMALARI
REJA:
10.1. Yig’ish chizmalarini o’qish
10.2. Detallarga ajratib chizish
10.3. Sxemalar to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
10.4.Kinematik
sxemalar
10.5. Elektr sxemalar
10.6. Pnevmatik
va gidravlik sxemalar
Adabiyotlar
1. Yu.Kirgizboev, E.Sobitov, L.Xakimov, I.Raxmonov "Mashinasozlik
Chizmachiligi kursi" Toshkent. O’qituvchi 1981 y
2.
B.S.Levitsskiy "Mashinostroitelnoe cherchenie" Moskva "Bûsshaya shkola"
1988 g
3.
Gosudarstvennûy standart Moskva 1982 g
4. G.P.Popova, S.Yu.Alekseev "Mashinostroitelnoe cherchenie" spravochnik
Leningrad "Mashinostroenie" 1986. g
10.1 Yigish chizmalarini o’qish va detallarga ajratib chizish
Yigish chizmalarini o’qishni yigish birligining nomini,
ishlatish soxasini va uning
tarkibiy qismlarini aniqlashdan boshlash lozim. Buning uchun yigish birligining
spetsiyafikatsiyasi bilan tanishib chikiladi. So’ngra
buyumning tarkibiga kiruvchi
detallarning tasvirlarini o’rganib chiqib, ularning vazifasi, chizmasi, o’lchamlari va
o’zaro biriktirilishi aniqlanadi. Ko’zg’aluvchi birikmalardagi
detallarning bir-
biriga nisbatan xarakatlanish xarakterini o’rganib chiqib, yigish birligining
to’zilishi va ishlash printsipi aniqlanadi.