• Mavzu:Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qo‘llash uslubiyati. Reja: 1.
  • " " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu




    Download 409 Kb.
    bet28/30
    Sana01.02.2024
    Hajmi409 Kb.
    #149816
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
    Bog'liq
    Kasbiy faoliyatda AT maruza (1)

    Mashg’ulot yakuni:
    1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izoxlab baholaydi va rag’batlantiradi.
    Uyga vazifani berilishi:
    2. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi (-ilova).



    Baholari bilan
    tanishadilar.
    Topshiriqni yozib
    oladilar.

    O`qitish sharoiti

    Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan guruhlarda ishlashga mo’ljallangan xona

    Qayta aloqaning usul va vositalari

    Tezkor-so`rov, savol-javob, test, misol va mashqlar, bajarilgan o`quv topshiriqlarni baholash


    Mavzu:Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qo‘llash uslubiyati.
    Reja:
    1. Loyihalash tizimlari
    2. Boshqaruv tizimlari
    Tayanch so’z va iboralar:GIS texnologiyalari, Geinformatsion tizimlarni, Noregulyar mozaikalar.
    GIS asosini mavzular bo’yicha elektron xaritalar majmuasi tashkil etadi. Umuman olganda kompyuterli tarixiy xaritalar ikki turga bo’linadi: illyustrativ (mavjud berilganlarning visual to’plamlari) va tadqiqotchilik yoki tahliliy(turli tasvirlar to’plamiga aylantirilishi mumkin bo’lgan berilganlar fayllari to’plami). Aynan ana shu ikkinchi gurux xaritalari asosida tarixiy jarayonlarning to’laqonli makon-zamonli modellarini yaratish mumkin. Ushbu modellar odatdagi tadqiqotlarda namoyon bo’lmaydigan qonuniyat va bog’lanishlarni aniqlashga imkon beradi.Ammo illyustrativ xaritalar ham u yoki bu tadqiqot momentlarini ko’rgazmali taqdim etish uchun samarali xizmat qilishi mumkin. GIS dan asosan tarix ta’limining yo’nalishlari bo’lmish geografiya va tarixiy demografiyada foydalaniladi. Shu bilan birgalikda er o’lchash, er mulklari hisobi, o’rmon xo’jaligini boshqarish va boshqa sojhalarda GISlardan keng foydalaniladi. Ta’lim sohasida GISlardan geografiya, tarixiy geografiya, ekologik tarix kabi fanlarni o’rganishda foydalaniladi. GIS geografik sarhad tasvirini ekologik, geografik, administrativ xarakterdagi sifatiy va miqdoriy axborotlar bilan bog’laydi. Bunday bog’lanishning kuchi visual va statistik axborotlar birlashuvidadir. O’z ichiga tuproq qatlamlari tuzilishi, o’simlik dunyosi, yoritilganlik darajasi, yo’llar, mulkiy munosabatlar va er uchastkalarining umumiy bahosi kabi ma’lumotlarni oluvchi xaritalar yaratish mumkin.Xuddi shuningdek shahardagi barcha tarixiy binolarni mos xaritaga tushirish mumkin. G’arbda kompyuterli xaritashunoslik imkoniyatlariga o’tgan asrning 80-yillaridayoq ahamiyat berilib, tarix sohasida GISni qo’llash bo’yicha ilmiy ishlar paydo bo’ldi: Young Cr. Computer - Assisted Mapping of the Credit Fields of Nineteenth - Century Rural Tradesman in Scotland // History and Computing .- 1989.- Vol.1No.2. - P.105-111.; Southall H. & Oliver Ed. Drawing maps with a Computer:or Without? // History and Computing. - 1990. - Vol.2No.2 - P.146-154. 1994 yilda Florensiyada ushbu muammoga qaratilgan maxsus xalqaro seminar bo’lib o’tdi.Geoinformatika -2000 deb ataluvchi ( Rossiyaning Tomsk shahri) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada uchta yirik tadqiqot loyihasi e’lon qilindi:



      1. Janubiy Sibirning temir asri davrini tadqiq qilish ilmiy dasturi – Flamandiya ilmiy tadqiqotlar Fondining loyihasi - А.V. Shitov,V. Vаn Хyulе, Yu.P. Malkov;

      2. Tomsk viloyati arxeologik geoinformatsion tizimini yaratish bo’yicha loyiha- А.I. Ryumkin, А.Т. Тоpchiy, L.А. Chindina, E.I. Chernyak, Ya.А. Yakovlev.

      3. Xakasiya apxeologik yodgorliklari bo’yicha geoinformatsion tizim - V.P. Bаlаxchin, N.А.Bоkоvеnkо, I.А. Grаchеv, А.I. Ryumkin, V.V. Shаndrovskiy.

    Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qo’llash uslubiyati.
    Geografik axborot tizimi — asosiy vazifalari fazoviy-geografik maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.
    Sodda qilib aytganda, geografik axborot tizimi (GAT) oʻz ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda maʼlumotlar bazasini mujassamlashtiradi. GAT keng tarmoqli soha boʻlib, xaritashunoshlik, masofadan zondlash, yer tuzish, tabiiy resurslarni boshqarish, fotogrammetriya, geografiya, shaharsozlik, samoviy video hamda mahalliy qidiruv tizimlarida keng foydalanib kelinmoqda. Bu ma'lumotlarni boshqarish, kartagrafik tasvirlar va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalangan fazoviy axborot tizimidir. GAT bu inson faolligi va dasturiy apparatning geografik ma'lumotni saqlash, boshqarish va tasvirlashga mo'ljallangan kampyuter tizimidir. GAT ilk bora XXasrning 60- yillarida AQSH va KANADAda harbiy maqsadlarda foydalanishi natijasida vujudga kelgan. Keyinchalik bu tizim yordamida kadastr malumotlari sifatida keng foydalanilib kelmoqda.
    Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda. GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarninig holatini aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi.
    Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Bir qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma’lumotlarni kartada bemalol olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonunqoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. Agar geoaxborot tizimini bundan 10 yillar oldin faqatgina aniq bir mutaxassislar guruhigina ishlatishi mumkin, degan qoidalar mavjud boʻlgan boʻlsa, bugungi kunga kelib internet tarmogʻidagi veb-portallar, turli navigatsiya tizimlari, uyali telefonlardagi dasturlarning ishlab chiqilishi oddiy fuqaroning ham ushbu sohani bilishiga asos yaratdi.

    Nazorat savollar:


    1.Olib borilayotgan ishlar?
    2. Boshqaruv tizimlarini gapirib bering?
    3.Grafik dasturlar va ularning vazifalarini aytib bering?

    Download 409 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




    Download 409 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    " " 202 y. Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi mavzu

    Download 409 Kb.