DONLI MAHSULOTLARNI MAYDALASH JARYONINI




Download 1.95 Mb.
bet5/8
Sana11.10.2022
Hajmi1.95 Mb.
#27031
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“ Avtomatlashtirish sistemalarini loyixalash va sozlash” fanidan (1)
12. Geografiya, 3 oshkormas fuksiya , Control work 2, 1-topshiriq Mavzu Rastrli grafika. Rastrli tasvirning kompyute, ИН ва ДА 2-оралиқ билет, ko\'rgazma, Tarbiya Taqvim, Islom taqvim tarbiya, Konspekt, KONSPEKTLAR, usti, Tarix ishchi dastur 2022-2023 1-kursga, 2-Amaliy mashg’ulot, UZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING QISQACHA RIVOJLANTIRISH TARIXI
DONLI MAHSULOTLARNI MAYDALASH JARYONINI
AVTOMATLASHTIRISH.
2.1. DONLI MAHSULOTLARNI MAYDALASH TEXNOLOGIK TIZIM
YOZUVI.


ELEKTR TA’MINOTINING PRINSIPIAL SXEMALARI HAQIDA
TUSHUNCHA.
Bu sxemalar avtomatlashtirish sistema elementlari tarkibini belgilaydi, ular
orasidagi bog’lanishlarni, asboblar va avtomatlashtirish vositalarining elektr ta`minot usullarini aks ettiradi. Prinsipial elektr sxemani ishlab chiqish uchun dastlabki material texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemasi hisoblanadi. AES o`z navbatida birikmalarning montaj sxemalarini va boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo`ladi.
Bu sxemada o`lchash asboblari va avtomatlashtirish vositalarini elektr energiya
manbai bilan ta`minlash ko`rsatiladi.
Sxemani loyihalashda quyidagi masalalar hal etiladi:
1. Elektr tok turi, kuchlanish qiymati, manba quvvati kabilar.
2. Ta`minot sxemasi ishonchliligi ko`rib chiqiladi.
3. Texnologik ob`ektning muhimlilik kategoriyasiga binoan ta`minotning
uzluksizligi, zahiralash kabilar.

1-ta`minot manbai, 2,5-ta`minot shchitlari, 3,6- asbob va avtomatika vositalarining shchitlari, 4-ijro mexanizmlarining ta`minot yig’masi, 7- birlamchi asboblarning datchiklari, 8-alohida joylashgan asboblar.
Ta`minot tarmog’i (uzlukli chiziqlar) avtomatlashtirilgan ob`ektni ta`minot
manbai bilan shchit va yig’malarni bog’laydi.
.
a-bir tomonlama radial; b-ikki tomonlama radial; v-radial-magistrali; g, d-bir
yoki ikki tomonlama magistrali; e-ikki mustaqil ta`minotli magistrali; 1 -ta`minot
manbasi; 2-shchit va ta`minot yig’malari.
Mabodo ta`minot shchit va yig’malari ta`minot manbasiga nisbatan turli
tomonga joylashgan bo`lsa va shchitlar orasidagi masofalar katta bo`lgan holatda ta`minot tarmog’i sxemasi qo`llaniladi.SHchit va yig’malar orasidagi masofa ta`minot manbaiga nisbatan ancha yaqin joylashganda magistralli sxemalar tanlanadi. Taqsimot t armoqlari, odatda, radial shaklda olinib, unda elektr iste`molchi shchitga ayrim radial chiziq bilan ulanadi.
Boshqarish va himoya apparatlari elektr ta`minot tarmoqlarida quyidagicha
qullanilishi mumkin:
1. Ta`minot yo`llarida- avtomatik uzgich yoki rubil’nik –saqlagich; bularni
ta`minot manbaiga ulangan joyga, shuningdek, shchit va yig’malar kirishiga
o`rnatiladi;
2. Ijro mexanizmlar elektrodivigatellarining zanjiriga–avtomatik uzgich va magnit ishga tushirgich yoki rubil’nik, saqlagichlar va magnit ishga tushi rgich.
3. Asbob, avtomatlashtirish vositalari, transformatorlar, to`g’rilagichlar
zanjirlarida–uzgich va saqlagichlar yoki avtomatik uzgich;
4. Signallash sxemalari ta`minot zanjirlarida–uzgich va saqlagichlar yoki
avtomatik uzgich;
5. SHchitlarning yoritish zanjirlarida uzgich va saqlagich.
Elektr ta`minotining taqsimot va ta`minot tarmoqlarida paketli uzgichlar
rubil’niklar, boshqarish kalitlari va tumblerlarni qo`llash mumkin.
Loyihalashda quyidagilarni e`tiborga olish lozim:
1. Elektr iste`molchining o`zida uzgich va saqlagichlar nazarda tutilgan bo`lsa,
boshqarish va himoya apparatlari o`rnatilmaydi;
2. Elektr ist`emolchilarni zanjirida saqlagich bhlsa faqat boshqarish apparati
tanlanadi;
3. Erga tutashtirish simlariga boshqarish va himoya apparatlarini o`rnatish
taqiqlanadi;
4. Zanjirlari o`zaro bog’langan qurilmalarda (masalan, datchik va ikkilamchi
asbob) umumiy boshqarish va himoya apparatlari nazarda tutiladi;
5. Murakkab, katta ma`sul avtomatlashtirish sistemalarida kuchlanishni nazorat
qilish nazarda tutilishi kerak.
Elektr ta`minot sxemasi har bir shchit va yig’ma uchun alohida loyihalanadi.


Download 1.95 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 1.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DONLI MAHSULOTLARNI MAYDALASH JARYONINI

Download 1.95 Mb.