|
-rasm. Vermikulit mineralining fazoviy tuzilishi
|
bet | 3/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #249267 |
Bog'liq Narziqulova M1-rasm. Vermikulit mineralining fazoviy tuzilishi
O‘zbekistonda vermikulitning katta zahiralari Nukus shahri yaqinidagi Tebinbuloqda, Qoratog‘ qishlog‘idan 16 km shimoliy-g‘arbda joylashgan bo‘lib, uning zahirasining umumiy miqdori 1 332 620 tonnani tashkil etadi. Eng ko‘p o‘rganilgan G‘arbiy zonaga ko‘ra vermikulit rudalarining taxminiy resurslari toifalar bo‘yicha quyidagi miqdorlarda baholandi: ruda 1898 ming tonna, vermikulit - 163 ming tonna o‘rtacha -8,59 % ni tashkil qildi . Hozirgi kunda vermikulit minerali quyidagi sohalarda: oqava va texnologik suvlarni tozalashda, radiaktiv moddalarni yutuvchi tabiiy sorbentlar, yuqori adsorbsiyalanish, ion almashinish, katalitik va filtrlovchi xossasiga ega bo‘lgan modda, qishloq xo‘jaligi uchun mikroelementli o‘g‘itlar, metallurgiya sanoatida metalllarni quyish, temir rudali konsentratlar, keramika, keramzit, burg‘alovchi moddalar sifatida ishlatilib kelinmoqda. Vermukulitning kimyoviy tarkibi 2-jadvalda keltirilgan.
Ruda jinslarining asosiy qismini vermikulit - piroksen rudalari (miqdori 60% dan 90% gacha) tashkil qiladi. Rudalarning yemirilish qobig‘ida tebinit bo‘lib, gornblenditlar, vermikulitlar bilan qoplangan joylarda piroksen-vermikulitli, vermikulit-amfibol-piroksen rudalari shakliga o‘tadi, bunda amfibol miqdori 40-50 foizgacha va undan ko‘p bo‘ladi. Idvingit va xrizotil miqdori - asbest esa 5-10% gacha bo‘ladi (3 -jadval).
Keyingi tadqiqotlarimizda vermikulit mineralining NLSD-307B ekranli mikroskopda rasmini olish va mineralning tuzilishini, ko‘rinishini, g‘ovakligi bo‘yicha xulosa qilish uchun tasvirni 40, 100, 400, 1000 martagacha kattalashtirib tadqiqotlar olib borildi. Olingan tasvirlar 2-rasmda keltirilgan.
Vermikulit minerali tarkibi o`rganish maqsadida mass-spektroskopik taxlil usuli bilan tarkibi aniqlandi, olingan natijalar 4-jadvalda keltirilgan. 4-jadvaldan ko`rinib turibdiki, vermikulit minerali tarkibi asosan magniy, kalsiy, alyominiy va temurdan tashkil topgan bo`lib, ular quyidagicha 91000, 75000, 69000 va 67000%. Qolgan elementlar kaliy, natriy, nikel, margenes va boshqalar quyidagicha 19000, 12000, 670 va 170% Xulosa. Shunday qilib Tebinbuloq vermikulit mineralining tarkibi kimyoviy va fizik – kimyoviy tahlil usullari rentgenografik tahlili, mass-spektraskopik, IK–spektroskopik va mikroskopik usullari bo‘yicha o‘rganildi, olingan ilmiy tadqiqotlar vermikulit mineralining nafaqat pechlarda, murilarda, vannalarda issiqlikga chidamli qatlam sifatida, balki qishloq xo‘jaligida yengil va og‘ir tuproqlarning xususiyatlarini yaxshilash, kalsiy, magniy, kaliy, alyuminiy, temir, kremniyning ko‘pligi gidroponikada, hamda kimyo sanoatida magniy tuzlari ajratib olish uchun xomashyo sifatida foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Vermikulitni ishlab chiqarishda chiqindi jinsi miqdori 50% gacha bo‘lgan boyitma olinsa ham o‘zini qoplaydi. Bo‘sh jinslarning to‘liq ajratilmaganligi boyitma tannarxini kamaytiribgina qolmay, balki tog‘ jinslaridan. vermikulit ajratib olish darajasini ham pasaytiradi. Tog‘ jinslarini boyitish turli usullar bilan amalga oshirilishi mumkin. Boyitish usulini tanlash tog‘ jinsining o‘lchamiga, ma’danda vermikulitning miqdoriga, chiqindi jinslarning xusu-siyatlariga va boyitmaga qo‘yiladigan talab-larga bog‘- liq bo‘ladi. Texnologik boyitish sxemalari, ko‘p bosqichli bo‘lib, ular turli xil ketma-ket jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Asl vermikulit o‘z ichiga olgan jinsdagi vermi-kulit va chiqindi jinslarning o‘lchamidagi sezilarli farq bilan, boyitish uchun an'anaviy g‘alvirlash (elash) jarayonini ishlatilishi mumkin. Vermikulit rudasini suvli muhitda boyitgandan so‘ng boyitmani suvsizlantirish va quritish jarayonlarini qo‘llashni talab etadi, shundan keyingina boyitmani kengaytirish uchun pechga beriladi. Vermikulit rudasini boyitishning texnologik sxemasini yaratish uchun tarkibida 10,16% vermikulit bo‘lgan Karauzyak koni rudasi 1-rasmda keltirilgan texnologik sxema bo‘yicha boyitish tadqiqotlari o‘tkazildi.
|
| |