|
— 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
|
bet | 2/5 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #249267 |
Bog'liq Narziqulova M2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilarga:
hududlar rahbarlari, neft, gaz, energetika, yo‘l infratuzilmasi, avtomobil sanoati, temir yo‘lda tashish sohalaridagi korxonalar rahbarlariga — innovatsiyalar joriy qilingan korxonalar, innovatsion texnologiyalar, rasmiylashtirilgan ixtirolar soni pastligi, mahalliy ishlanmalarning tijoratlashtirmaganligi, sohalarga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgani, ilmiy tashkilotlar bilan uzviy hamkorlikni o‘rnatilmaganligi, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratilmaganligi;
oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tashkilotlar rahbarlariga — ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarida grant loyihalarining ulushi pastligi, ularning tijoratlashtirish jamg‘armalariga mablag‘ ajratilmayotganligi, ilmiy loyihalar bo‘yicha patentlar olinmaganligi, xalqaro nashrlarda ilmiy maqolalar chop etilmaganligi, ilmiy kadrlarni tayyorlash jarayoni past darajada tashkil qilinganligi, tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish sohasi yetarli darajada rivojlanmaganligi ko‘rsatib o‘tilsin
Mahalliy vermikulit xom-ashyosi asosida issiqlikka chidamli va yong‘inga bardoshli qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish
Tebinbuloq koni vermikulit rudalarining kimyoviy va mineralogik tarkiblari tadqiq qilinadi va o‘rganiladi, maxsus boyitish texnologiyasi ishlab chiqish.
Boyitilgan vermikulit konsentratlarini tezkor kuydirish orqali kengaytirilgan vermikulit olish texnologiyasi ishlab chiqilishi va o‘rnatish hadiqa qaror qabul qilingan.
TEXNOLOGIK QISM
Hozirgi kunda dunyoda 13,5 milliard gektar yerning 1,4 milliardidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda foydalaniladi. Dunyo aholisining tez sur’atda o‘sishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga sabab bo‘lmoqda, bu esa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdori hamda sifatini oshirishni talab qilmoqda. Aholi sonining ortib borishi yerdan samarali foydalanishga bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Ayniqsa, respublikamizda 22,3 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalaniladi, shundan 4,2 million gektar yer sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. Respublikamiz qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 97% dan ortig‘I sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion agrotexnologiyalarni keng qo‘llash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuning uchun kimyoviy preparatlar-mineral o‘g‘itlar, stimulyatorlar o‘simlikning o‘sishi uchun zarur, bundan tashqari pestidsid, defoliantlar va desikantlar mumtazam ravishda qo`llanilib kelinmoqda. Bu esa hosildorlikni va maqsulot sifatining oshirishi sababch bo`ladi. Shuning uchun ushbu preparatlarni sintez qilish va foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, tarkibida magniyga boy minerallar ushbu masalalarni echishga amaliy yordam berish aniqlangan. Bunday minerallardan biri vermikulit xisoblanadi.
Shuning uchun vermikulit minerali bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masala hisoblanadi. Bizga malumki Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy xomashyolarga boy va eng ko‘p kimyoviy elementlar tarqalgan maskan hisoblanib, bu yerda fosforit, dolomit, bentonit, ohaktosh, serpetinit, talk-magnezit va vermikulitning konlari uchraydi, hozirda ularning bir qismi qazib olinmoqda. Ushbu konlar Respublikamizning xalq xo‘jaligining va kimyo sanoatining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Ma`lumki vermikulit lotincha vermiculus so'zidan kelib chiqqan bo`lib «chuvalchang» so`ziga mos keladi. Vermikulit – gidroslyuda guruhidagi qatlamli strukturaga ega bo‘lgan tabiiy mineral. Oltin sariq, jigarrang rangdagi katta qatlamli kristaldir. 900-1000 0 Cda qizdirilganda kuyib, ko‘pchiydi, hajmi 10-20 marta oshib chuvalchang shaklini oladi. Umumiy formulasi (Mg+2,Fe+2,Fe+3)3[AlSi4O10] *(OH)2·4H2O taxminiy formulaga mos keladi. Vermikulit mineralining fazoviy tuzilishi 1-rasmda keltirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
— 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
|