10
2.Flash dasturi bilan ishlash asoslari
Flash
texnologiyasiga -
ShockWave Flash (SWF)
formatli vektorli
grafikdan foydalanishga asoslangan texnologiyadir. Bu format eng samarali
grafik formatlardan bo'lmasada,
SWF
formati foydalanuvchilarga grafik
imkoniyatlari cheklanmagan grafiklar bilan ishlovchi vositalar va natijani Web-
brouzerlarda, kerakli muxarrirlarda foydalanish imkoniyatilari mavjud.
Flash
texnologiyasining imkoniyatlardan yana biri - bu uning moslashuvchanligidir,
ya’ni bu format barcha platformalarda (MacOS tizimli Macintosh
kompyuterlari yoki Windows tizimli kompyuterlarida) ishlatilishi mumkin.
Yana bir qulay imkoniyati uning yordamida yaratilgan tasvirlar nafaqat
animatsiyali bolishi, balki interfaol elementlar va tovush bilan boyitilishi
hamda dasturlash orqali boshqarilishi mumkin.
Flash
texnologiyasining mosalashuvchanlik va interfaol multimediya
dasturlar yaratish imkoniyati ko'pchilik Web-dizaynerlar o'rtasidagi bahslarga
sabab bo'lib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu
texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda
Macromedia
kompaniyasi
tomonidan ikki asosiy web-brouzerlari,
Internet Explorer
va
Netscape
Communicator
lar uchun elementlar
Plug-In
yaratildi. Bu esa, o'z navbatida
Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi.
Natijada ushbu web-brouzerlar yaratuvchilari
swf
formatini o z dasturlarini
asosiy formatlar bazasiga qabul qildi. Bunday usulni boshqa yirik dasturiy
ta’minot yaratuvchilar (masalan, Adobe firmasi) ham qo'llay boshladi.
Macromedia kompaniyasi
swf
formatini juda oddiy va qulay uskunalar bilan
ta’minlaganligi bu formatdan ko'p muxlislarning foydalanishiga olib keldi.
Shuni aytish kerakki, hozirgi vaqtda ushbu uskunalarni bir qancha to' liq
to'plamlari ham mavjud. Ushbu uskunalarni bir turi