|
Flash dasturi bilan ishlash asoslariBog'liq 5afa7b8161029Flash dasturi bilan ishlash asoslari
Flash
dasturida ishlashni o'rganish uchun avvalo uning interfeysi bilan
tanishish lozim. Agar Macromedia firmasi tomonidan yaratilgan biror-bir
dasturiy ta’minotlar (masalan, Dreamweaver muxarriri) bilan tanish bo'lsangiz
Flashni interfeysini o'zlashtirish unchalik murakkab bo'lmaydi. Agar
Macromedia tomonidan yaratilgan uskunalarni o'zlashtirishni aynan Flash
dasturidan boshlasangiz, u holda uning menyulari, uskunalari va ob’ekt
xususiyatlar paneli va boshqalarning ko'rinishi Windowsning amaliy
dasturlarinikidan fraq qiladi. Masalan, aksariyat Windowsdagi amaliy
dasturlarda (ofis majmuasi) uskunalar paneli tarkibini boshqarish buyruqlari
“View” menyusiga kiradi.
Flash dasturida esa bu buyruqlar “Window” menyusida joylashtirilgan.
Tahrirlanayotgan obyekt xususiyatlar panelining ko'rinishi ham Flash
dasturiga xosdir. Lekin bu turdagi yangiliklar unchalik ham qiyinlik
tug'dirmaydi. Muharrirning foydalanuvchi interfeysini tashkil etilishi umumiy
holda Windows dasturlar kabi standart ko'rinishga egadir, oynaning yuqori
qismida sarlavha, menyular to'plami, asosiy buyruqlar joylashtirilgan
uskunalar paneli va boshqalar. Muharrirda yangi vaqt diagrammaning
korinishi mavjud. Muxarrirni ilk bor ishga tushirganda asosiy oyna ustidan
qo'shimcha muloqot oynasi naydo bo'ladi. Bu oyna sizga ish boshlashni
o'zinigiz xohishingiz bo'yicha
sozlash imkonini beradi. Bu muloqot oynasida 3 ta
Open a Recent Item
(oxirgi flash faylni ochish),
Create NEW
(yangi fayl yaratish),
Create form
Template
(shablondan foydalanib fayl yaratish) bo'limlari bor. Bu muloqot
oynasidan keraklisini tanlab olish mumkin. Aksiryat holatlarda
Create NEW -
> Flash document
bandi tanlanadi va ekranga
Flash
dasturining asosiy oynasi
hosil bo'ladi.
|
| |