FITRAT DRAMATURGIYASI
Qahramonlarni jonli, hayotiy. tarixiy haqiqatga mos tarzda realistik aks
ettirish, ayniqsa. «Abulfayzxon» tragediyasida yorqin namoyon bo‘ldi.
«Abulfayzxon» nainki, Fitrat ijodi, balki, umuman, o‘zbek
dramaturgiyasidagi shoh asarlardan biridir.
Tragediya badiiy jihatdan teran. U obrazlar tizimidagi puxtalik,
kompozitsion qurilishdagi uyg‘unlik, badiiy tildagi jozibasi bilan ajralib
turadi. Qahramon fikri va harakatidagi emotsionallik, g‘oyaning
asardagi obrazlilik zamiridan sizib chiqishi, shakl va mazmundagi
muxtasar tutum xarakterlar pafosi bilan to‘yingan holda ajib bir badiiy
yaxlitlik kasb etadi. Asarning yetakchi g‘oyaviy-badiiy maqsadi
zo‘ravonlik, o‘zgalarni qullarcha itoatda tutish, taxt va mansab dunyosi
barcha razilliklar manbaidir degan muammoni yoritishga qaratilgan.
Dramada Buxorodagi Ashtarxoniylar sulolasining oxirgi namoyandasi
Abulfayzxon hokimiyatining tanazzuli va mang‘itlar sulolasining
hokimiyatga kelishi aks ettirildi.
Abulfayzxon taxtni egallagach, eng yaqin kishilaridan ham shubhalana
boshladi, ko‘pini hibsga olib, birin-ketin qatl etdi. o‘tmishdagi bu
tarixiy haqiqatni ko‘rsatish orqali muallif zamonaviy dardlarni ko‘farib
chiqdi. Uning asar asosiga joylagan asl niyati yashirin zulm va
zo‘ravonlik asosiga qurilgan, bu yoida istibdodning hech qanday
manfurligidan qaytmaydigan tuzumni fosh etish edi. Bir jihatdan,
tarixning qora va og‘ir bir davri yorqin ko‘rsatib berildi.
Ikkinchi bir jihatdan, taxtning yangi egalari bilan birga, o‘z yurtiga
sotqinlik qilgan, yangi a'yonlar bilan og‘iz-burun o‘pishgan yerli
amaldorlar ko‘magida boshqarilayotgan yangi tuzum va yangi
jamiyatning kirdikorlari ham ochib tashlandi. Xayol tilidan asar
nihoyasida taxtga nisbatan aytilgan: «Eng qop-qora saodat-sensan»
deyilgan fikr Rahimbiy timsolidagi xonga nisbatangina emas, ayni
vaqtda, asar yozilgan davr jamiyatining arkoni davlatiga ham ishoradir.
Xususan, Xayol tilidagi: „Tinchlik saqlamoq bahonasi bilan
millionlarcha inson ko‘masini' chuqurdan-chuqurga
yumalatmog‘ingning zamoni hanuzg‘acha bitmadimi?» deyilgan flkrda
Fitrat o‘z zamonasiga nisbatan o‘zining qarashlarini ochiq-oydin aytib
ham yuboradi. Bundan tashqari, bu fikr hatto, bizning XXI asr uchun
ham o‘ziga yarasha qimmatli emasmi?
Tragediyaning obrazlar tizimidagi badiiy mantiq va o‘zaro bog‘lanish
kuchli. Abulfayzxon – asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida
emas, podsholigida, xolos. Podsholigi xayolidan ko‘tarilganda o‘ziga
ishonmay qo‘yish, shundan. Abulfayzxon, aslida, nomard, qo‘rqoq,
vahimachi odam. o‘ziga ishonmagani bois hammadan hayiqaveradi.
Uning atrofidagilar ham o‘ziga yarasha. Yanada to‘g‘rirog‘i, ishni va
gapni unga yoqadigan yo‘sinda tutadiganlar. Katta amaldor Ulfatning
«podshohlik qon bilan sug‘oriladigan og‘ochdir» deyishi, o‘zininggina
gapi emas. Bu xonga juda ma'qul gapdir. Qozikalon Nizom, to‘qsabo
Davlat, xonning otalig‘i Hakimbiylar ham shu yo‘nalishdagi kishilardir.
Bu qahramonlarning mohiyati bir yo‘nalishda. Lekin, muallif
ularni har birini, xuddi hayotdagidek, o‘ziga xos bo‘lgan fe'l-
atvor orqali ko‘rsatadi.
Ulfat va Davlat shu qadar ustamonki, aksar o‘rinlarda xon
ularning yetagidan chiqolmay qoladi. Otaliq Hakimboy esa.
ayvor. pixini yorganlardan. Nodirshoh bo‘lsa, uzoqni ko‘zlab
ish tutadigan tadbirkor. Dushmanini tashqaridan emas, avval
ichdan, qatoridagilarni qo‘lga olib, munofiq va xiyonatchi-
lardan foydalanib, mahv etish yolini tutadiganlar xilidan.
Tragediyaning bosh qahramoni – Buxoro xoni Abulfayzxon ham tarixiy
shaxsdir.
Asarning so‘nggi – beshinchi pardasi yakunida Siyovush timsolidagi
Xayol obraziga duch kelamiz. Muallif bu ramziy obrazni asarga
zo‘ravonlik va shafqatsizlikdan iborat g‘ayriinsoniylikning alal-oqibati
fojiadir, degan falsafiy ma'noga urg‘u berish uchun kiritadi.
Buyuk ingliz dramaturgi Vilyam Shekspir tajribalarining ta'siri sifatida
o‘zbek dramaturgiyasida Fitrat asaridan boshlangan ruh timsolidagi
obraz yaratish Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek», Abdulla Oripovning
«Sohibqiron» kabi asarlarida davom ettirildi.
Avvalambor, Abulfayzxonning o‘zi Buxoro taxtini razil yo‘llar bilan
egallagan. Maqsadiga erishish uchun akasi Ubaydullaxonning joniga
qasd qilgan. «A1 qasos-ul minal haq» deganlaridek, o‘zi ham saroy
fisq-u fiijurlarining qurboni bo‘ladi: raqiblari tomonidan xoinlarcha
o‘ldiriladi.
Dramaturg saltanat tanazzuli sababini Abulfayzxon tabiatini tahlil etish
orqali ko‘rsatadi. Xon butun mamlakatni, barcha amaldorlarni qo‘rquv,
titroq, dahshat ostida tutib turdi. Chaqim-chilik, tuhmat, fisq-u fujur,
odamlarni gij-gijlashni yurtni bosh-qarish tuzumida yetakchi qoidalar
deb bildi. Mamlakatda o‘zaro ishonchsizlik, hadik avjiga chiqdi.
Natijada, johillik zamiriga; qurilgan, zo‘ravonlik siyosatiga yukingan
saltanat uning egasi' yanglig‘ inqirozga yuz tutdi
«Abulfayzxon» XVIII asr Buxoro hayotidan olib yozilgan, tarixiy
haqiqat asosiga qurilgan birinchi tarixiy tragediyadir. Unda ilk bor
o‘zbek dramatuigiyasida shekspirona teran tragik obrazlar yaratildi. U
shu janrda jahon miqyosida tan olingan shoh asarlar qatoridan munosib
o‘rin ola biladi.
Uning ahamiyati o‘zbek xalqi tarixidagi muhim hodisa va tarixiy
shaxsiar qismati haqqoniy aks ettirilishidagina emas. Zo‘ravonlik va
shafqatsizlik mohiyati, zulm va istibdod asosiga qurilgan hokimiyatning
barbod bo‘lishi, ezgulikning zavoli, uvoli va kamolidagi mangu
muammolarning go‘zal badiiy talqinida namoyon bo‘luvchi fazilatlar bu
asarni zamon va makonga bo‘ysunmas ravishda e'tiborli va qimmatli
qiladi. Yuksak mahorat bilan yozilgan drama muallifning san'atkor,
millatparvar, vatanparvar sifatidagi siymosini uyg‘unlashtiradi.
Abulfayzxon dramasidagi qahramonlar
• Abulfayzxon -
asarning bosh qahramoni. Uning kuchi aqlida emas podsholigida
xolos. Podsholigi xayolidan ko‘tarilganda o‘ziga ishonmay qo‘yish, shundan.
Abulfayzxon aslida nomard, qo‘rqoq, vahimachi odam.
• Ulfat va Davlat –
ishni gapni xonga yoqadigan yo‘sinda tutadiganlardan. Ular shu
qadar ustamonki, aksar o‘rinlarda xon ularning aytganidan chiqolmay qoladi.
• Otaliq Hakimbiy –
esa ayyor, pixini yorganlardan.
• Nodirshox –
uzoqni ko‘zlab ish yuritadigan tadbirkor. Dushmanni tashqaridan emas,
avval ichdan, qatoridagilarni qo‘lga olib munofiq xiyonatchilardan foydalanib mahv
etish yo‘lini tutadiganlardan.
• Otaliq Farhod
– mard, to‘g‘ri so‘z, e’tiqoddan qaytmaydigan kishi. U og‘ir
vaziyatlarda nainki g‘ururini saqlab qoladi balki kerak bo‘lsa xonning ko‘ziga tik
boqib haqiqatni ayta oladi
“Arslоn” (1926) dramasi muta-
xassislarning
aytishicha,
Fitrat
dramaturgiyasidagi badiiy jihatdan
eng sara, eng barkamоl va ta’sirchan
namunadir. XX asr bоshlaridagi
o‘zbеk qishlоqlaridagi mеhnatkash
ahоliga xоs tipik hоdisa – yеrga,
dеhqоnchilikka
turmush
kеchirishning birdan-bir manbai dеb
qarash
“Arslоn”dagi
asоsiy
qahramоnlarni faоliyatga, kurashga
undоvchi hayotiy psixоlоgik оmil
tarzida sizib ot‘adi.
Dramaturgiyadan namunalar
“Abulfayzxоn” (1924) Fitrat adabiy-badiiy
ijоdining cho‘qqisi hisоblanadi. Dramaga
tarixiy shaxs – Ashtarxоniylar sulоlasining
оxirgi (XVI-XVII) xоni Abulfayzxоnning
xоnlik davri bilan bоg‘liq vоqеalar tizimi
asоs qilib оlingan. Pyеsaning g‘оyaviy
yo‘nalishi fеоdal tuzum sharоitidagi o‘zarо
qirg‘inlarni qоralash, xоnlik tuzumining
vahshiyona
mоhiyatini
fоsh
etishdan
ibоratdir. Dramatik kоnflikt xоn sarоyidagi
bеklar, ulamоlar, amaldоrlar o‘rtasidagi
tоrtishuv, ayovsiz kurash asоsida rivоjlanib
bоradi
«Abulfayzxon» tragediyasi nainki
dramaturgiyamiz, balki umuman XX asr
o‘zbek adabivotining «o‘tkan kunlar», «Kecha
va kunduz», «Navoiy» singari mangu zavol
bilmas namunalari qatoridan joy oldi. Fitrat
asarlari o‘zidan keyingi adiblar uchun mahorat
maktabi bo‘lib qoldi. Bu rang-barang merosda
Fitratning adabiyotshunoslik, tilshunoslik,
san’atshunoslik va siyosatshunoslikka
bag‘ishlangan tadqiqot va maqolalari salmoqli
o‘rin tutadi.
Uyga vazifa
“Abulfayzxon”fojisiasini
o‘qish.Timsollarga tavsif berish.
|