130
sababli mahsulotning turiga qarab yo erkin narxlar qo‘yiladi yoki tovarlar
sotish hajmini ko‘paytirish uchun narxlar pasaytiriladi.
Narx marketingida keyingi rejalarga qarab ikki muqobil narx belgilash
yo‘li qo‘llaniladi. Ishlab chiqarishni qisqartirish uchun narxlarni bosqichma-
bosqich pasaytirish strategiyasi jami g‘amlamalar
sotib tugatilgunga qadar
amalga oshiriladi. Unga muqobil holda foydani quvvatlash yo‘lida
qo‘shimcha xarajatlar, xususan, mahsulot sotishni rag‘batlantirish
xarajatlarini qisqartiriladi, narxlar esa ilgarigi darajada saqlab qolinadi.
Raqiblarning bozorni
tashlab chiqib ketishiga qarab, bozor ta’minoti
manbalari qisqaradi va aksariyat bunday vaziyatda shu mahsulotga hali
muhtoj bo‘lgan muayyan bozor segmenti saqlanib qoladi. Bu esa mahsulot
yashash davrining so‘nggi bosqichi davrida bozorda qolgan firmaga o‘z
narxini oshirish imkonini yaratishi mumkin.
Savdo-sotiq
faoliyatida
marketing
mutaxassisari
uchun
narx
belgilashning ikkita asosiy siyosati mavjud, bu «qaymog‘ini olish» va «kirib
olish» siyosatidir.
«Qaymog‘ini olish» siyosati avvalo, tovar narxi ishlab chiqarish narxidan
ancha yuqori o‘rnatib asta-sekin uni tushirib boradi. «Qaymog‘ini olish»
siyosatidan aksariyat bozorga yangi mahsulotni joriy etishda foydalaniladi.
Bunda narx qandaydir bir
yuqori darajada belgilanadi, mahsulot esa
segmentatsiya natijasida asosiy deb e’tirof etilgan bozorda sotiladi.
Bozorning to‘yinishidan so‘ng iste’molchilarni jalb qilish maqsadida narx
pasaytiriladi. Shunday yo‘l bilan to‘liq daromad eng ko‘p
miqdorga
yetkaziladi.
Shu sababli yagona yo‘l – tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi
segmentlar izlash hisoblanadi.
«Qaymog‘ini olish» va «kirib olish» siyosatlari
narx belgilashning
favqulodda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Uning birinchisi qimmat naxlar,
ikkinchisi arzon narxlar strategiyasidir.