123
Tovar - murakkab ko‘p qirrali tushuncha, biroq bunda eng asosiy narsa
iste’mol
xususiyatlari, ya’ni tovarning o‘z vazifasini bajarish - unga ega
bo‘lgan iste’molchining ehtiyojlarini qondirish xususiyatidir.
Tovarlar quyidagi mezonlari bo‘yicha alohida guruhlarga bo‘linadi:
maqsadli ko‘rsatkich bo‘yicha, bozor turiga ko‘ra, foydalanishga tayyorligiga
ko‘ra, iste’molchilar soniga qarab bo‘linadi.
Tovarning yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi:
ishlab
chiqarish, kirib kelish, o‘sish, yetuklik, to‘yinish, inqiroz (kasodlik).
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud
tovar-miksning jalb etuvchanligini yaxshilash bo‘yicha
uchta strategik
yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: tovar innovatsiyasi,
tovar variatsiyasi, tovar
eliminatsiyasi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarni
ishlab chiqarish va tatbiq
etish dasturini aniqlaydi. Biroq “yangi tovar” tushunchasi turli talqinga ega va
takomillashtirishni asoslash sifatida qo‘llaniladiladi, mavjud tovarni
yangilash uchun ishlatiladi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda
tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar
differensiatsiyasi va tovar
diversifikatsiyasiga bo‘linadi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Marketingda tovar qanday vosita sifatida ta’riflanadi?
2. Tovarlar qanday tasniflanadi?
3. Tovarning raqobatbardoshligi deganda nimani tushunasiz?
4. Tovarning yashash davri konsepsiyasini izohlab bering.
5. Tovar modifikatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Mahsulot differensiatsiyasi nima?
7. Yangi tovar ishlab chiqarish jarayonini izohlab bering?
8. Tovar variatsiyasi deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi: 2010 -yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga
mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. – T.: O
‘zbekiston, 2011.– 48 b.
2. Qosimova M.S., Yusupov M., Ergashxodjaeva Sh.J. Marketing.
Darslik. – T.: TDIU, 2010. – 224 bet.
124
3. Соловьев Б.А., Мешков А.А., Мусатов Б.В. Маркетинг:
Учебное
пособие. -M.: Инфра-М, 2010. – 336 c.
4. Котлер Ф. Основы маркетинга: Учебное пособие. –M.: Изд. дом
«Вильямс», 2010. – 656 c.
5. Басовский Л.Е. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: Инфра-М,
2010. – 219 c.
6. Бронникова Т.С. Маркетинг: теория, практика: Учебное
пособие. –М.: КНОРУС, 2010, -208с.
7. Панкрихин А.Р. Маркетинг. Учебник. – M.: Омега-Л, 2009. –
656 с.
8. Парамонова Т.Н. Маркетинг: Учебное пособие. – M.: КНОРУС,
2010. – 190 с.
9. Розова Н.К. Маркетинг. –СРб.:Питер, 2008. -176с.
10. Yusupov M., Abdurahmonova M.M. Marketing. O‘quv
qo‘llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2007. – 157 bet.