115
bu yerda: R- tovarning foydali samarasi;
S- tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib
olish
xarajatlari).
Tovarning raqobatbardoshliligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z
ichiga oladi:
- bozorni tahlil qilib, ushbu tovarga o‘xshash namunasini topib olish;
- ushbu tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‘rsatkichlarni
belgilash;
- ushbu tovardagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo‘lib, talabni shakllantirish va sotishni
rag‘batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar
ishlab chiqaruvchilardan oladi. Xaridorlarni asosan tovarning iste’mol
qiymati qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‘rinishlarda: tovarlarning
xizmatlari bo‘yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat,
bir xil
tovarni har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‘ladigan raqobat yoki bir xil
firma tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish bo‘yicha
bo‘lishi mumkin.
Narxlar orqali raqobatlashish eng keng tarqalgan.
Hozirgi davrda raqobat o‘ziga xos qiyofa kasb etmoqda. Narx sohasida
raqobat ishlab chiqarish xarajatlari eng kam bo‘ladigan mamlakatlarda yo‘lga
qo‘yishni talab etadi.
Narx bilan raqobat o‘tmishda erkin bozor raqobati bo‘lgan, bozorda bir
xil tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‘lgandi. Ishlab
chiqaruvchi narxni pasaytirish bilan o‘z tovarini ajratib ko‘rsatishga, unga
e’tiborni qaratishga va pirovard natijada o‘zi istagan bozor ulushini
egallashga erishgan. Hozirgi zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq
raqobat
amal qilmaydi, chunki ishlab chiqaruvchilardan biri narxni
pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi, bu esa firmaning
bozordagi mavqeini o‘zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi foydaning
pasayishiga,
asosiy
fondlarni
yangilash
va
kengaytirish
uchun
investitsiyalarning kamayishiga olib keladi.
Natijada kutilgan yutuq va
raqiblarni surib chiqarish o‘rniga kutilmagan xonavayronlik va sinish yuz
beradi. Shu sababli sanoat monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq
ushlab turishga, tannarxni hamda marketing xarajatlarini tobora pasaytirib,
foydani ko‘paytirishga intiladi. Fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlari tufayli
raqobatning narx bilan bog‘liq bo‘lmagan usullaridan foydalanishning qulay
sharoitlari yuzaga keldi.
116
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past
iste’mol narxi, zamonaviy dizayn,
servis xizmati, ishlab chiqargan firma
shuhrati raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‘rganishda quyidagi
savollarga javob topiladi:
- boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
- raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag‘batlantirish
usullari qanday?
- qaysi savdo belgilari ishlatilmoqda?
- raqobatchilar tovarlarining o‘rovi-bezaklari, dizaynida nimalar ko‘zga
tashlanmoqda?
- tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis
taklif qilinmoqda?
- milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmoqdami yoki firma o‘z
shahobchasini ochganmi?
- raqobatchilar qo‘llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi,
omborlari va ularning joylanishi).
P.S. Zavьyalov fikricha, «Raqobatbardoshlik deganda, tovarning bozorda
xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni
o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda
xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmoq lozim».
Xaridorning xarajatlari
ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini
xarid xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste’mol etish bilan
bog‘liq xarajatlar tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘plab omillar ta’sir
etadi.
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida
raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida
xizmat qiladi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
1.
Raqobatchi firmalar soni va ularning qiyosiy quvvati;
2.
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3.
Bozordagi talab hajmini o‘rganish;
4.
Mahsulotning tabaqalashuv darajasi;
5.
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish
harakatlari;
6.
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi.
7.
Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8.
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9.
Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
117
10.
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo‘lishi, raqobat
darajasi bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik
xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli ustunliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi
– tashqi
va ichki raqobatli ustunliklar, ya’ni firma va tovarni
raqobatdoshligini tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir. Tashqi raqobatli
ustunlik tovarni «bozor kuchini ifodalaydi, ya’ni u bozorni imtiyozli
raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur
qila oladi va mavjud tovarlardan norozi bo‘lgan
xaridorlarning istaklarini
aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi. Ichki raqobatli afzallik
firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‘ra kamroq tannarxga
erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat hosil qiluvchi
tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat tomonidan
pasaytirilishiga ko‘proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik
oqibatidir».
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar
tasnifi sxemasini zanjir ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: narx – sifat – servis
– marketing muhiti.
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog‘liqdir.
Ular sifat,
iqtisodiyot va marketing ko‘rsatkichlari yordami bilan to‘liq tavsiflanishi
mumkin.