Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

9.2. 
Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi
Raqobat - bu erkin tadbirkorlikning ajralmas bir bo‘lagidir. 
Tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish jarayonida mamlakatimizni 
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida ildam 
qatnashishda tovarlar sifatini ko‘tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga 
aylantirish eng dolzarb muammolardan biridir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat alohida faollikka ega bo‘ladi. 
Har bir xaridor o‘ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste’molchilar esa 
raqiblar tovariga nisbatan ko‘proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini 
tanlashadi. Shuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni 
sotish imkoniyati)ni faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash 
mumkin. Raqobatbardoshlik nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish 
vaqtiga bog‘liqdir. 
Tovar raqobatbardoshligini o‘rganish murakkab va o‘z ichiga quyidagi 
bosqichlarni oladi: 
- tovarni sotish bozorni o‘rganish; 
- raqiblar haqida ma’lumotlar yig‘ish; 
- iste’molchilar talablarini o‘rganish; 
- raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish; 
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror 
qabul qilish va hokazolar.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini 
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. 
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanoq o‘z raqobat qobiliyatini 
yo‘qota boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va 
oldingi buyum raqobat qobiliyatini to‘la yo‘qotish paytigacha bozorga yangi 
tovar bilan chiqish imkoniyatini beradi. 
Raqobat so‘zi lotinchadan olingan bo ‘lib, maqsadga erishish uchun 
kurashni bildiradi. Bozorda raqiblarning maqsadi xaridorni tovarni xarid 
qilishga jalb qilishdan iborat.
Tovar raqobatbardoshligining asosiy sharti quyidagi ko‘rinishga ega 
bo‘lgan xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan 
iborat: 

Download 1,15 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Raqobat va tovarning raqobatbardoshligi

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish