• Основные стратегические варианты




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/105
Sana24.11.2023
Hajmi1,15 Mb.
#104756
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-MARKETING

Qisqa xulosalar 
Bozorni 
segmentlash 
talabni 
qondirishga 
tabaqalangan 
holda 
yondoshuvga, tovarlarning turi, sifati va miqdoriga ko‘ra har xil talab 
qo‘yadigan iste’molchilarni guruhlarga ajratishda turli mezonlar qo‘llashga 
asoslanadi, ya’ni bozor bir jinsli hodisa tarzida emas, balki ayrim-ayrim 
segmentlar majmui tarzida, har bir segment doirasida alohida o‘ziga xos bir 
talab namoyon bo‘ladigan hodisa tarzida olib qaraladi. 
Bozorni segmentlash, bozorni o‘rganishning asosiy usulidir. Uning 
yordamida bozor (uning tarkibiy qismlari) segmentlarga bo‘linadi. Bozor 
segmenti-bu iste’molchilar, tovarlar, raqobatchilarning shunday ajratilgan 
qismiki, ular uchun umumiy xususiyatlar xosdir. Bozorni to‘g‘ri 
segmentlash, shu segmentning maxsus ehtiyojlariga qat’iy rioya qilingan 
holda kam xarajatlar bilan tovar yetkazib berishni to‘g‘ri tashkil qilishdan 
iborat. Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha 
ularning sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda tutadi. 


110 
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq 
mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi. 
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari 
bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari tasnifiga 
bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. 
Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan 
boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab 
kengaytirishni nazarda tutadi. 
Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga 
mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlang‘ich bosqichidir. 
Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z 
imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi 
bosqichidir. U iste’molchilar talabiga va firma imkoniyatiga javob beruvchi 
segmentga tovarlarni pozitsiyalashtirish maqsadida bozorning optimal 
segmentini qidirish bilan bog‘liq. 
Bozorni segmentlashning tamoyillari quyidagilardir: 
1. Geografik tamoyil. 
2. Ijtimoiy- iqtisodiy. 
3. Psixografik tamoyil. 
4. Demografik tamoyil. 
5. Xulq-atvor tamoyili. 
6. Holat tamoyili. 
Geografik tamoyil orqali bozorning joylashuvi, aholi soni va zichligi, 
tijorat faoliyatining tuzilishi, hududning rivojlanish dinamikasi, inflyatsiya 
darajasi, huquqiy cheklashlar hisobga olinadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy tamoyil orqali aholining daromadi, ijtimoiy kelib 
chiqishi, ma’lumoti kabi omillar inobatga olinadi. 
Psixografik tamoyil natijasida hayot tarzi, shaxsning turi, jamoat holati 
kabi omillar hisobga olinib, turmush tarzi shaxsning o‘z faoliyatida, 
qiziqishlarida, qat’iyatida va e’tiqodlarida o‘z aksini topadi. Shaxsning turi 
esa hayotdan mamnun, melanxolik, o‘zgalardek ish ko‘ruvchi, o‘zbilarmon va 
boshqa hislatlarda bo‘lishi mumkin. 
Demografik tamoyillarda oilaning soni va sifat tarkibi, oilaning 
hayotiylik davri bosqichi, daromadlilik darajasi, mashg‘ulot turi, jinsi, millati 
kabilar 
inobatga 
olinadi 
hamda 
bozorni 
segmentlashning 
asosiy 
tamoyillaridan biri hisoblanadi. 
Xulq-atvor tamoyili orqali xarid qilishga yo‘l, foydalanuvchi maqomi, 
iste’mol jadalligi, bog‘lanib qolish darajasi, tovar haqida ma’lumot berish, 
tovarga bo‘lgan munosabati hisobga olinadi. 


111 

Download 1,15 Mb.
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   105




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



• Основные стратегические варианты

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish