113
o‘xshash tovarlar (sifat jihatdan bir-biriga yaqin, lekin dizayn, narxi
bo‘yicha farqlanadi);
alohida ko‘rinishdagi tovarlar (rangi, uslubi, navi jihatidan).
Passiv talabdagi tovarlar – xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda
kam o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Ishlatish vaqtiga ko‘ra:
qisqa muddatli foydalanishga oid tovarlar;
uzoq muddatli foydalanishga oid tovarlar.
Tovar siyosatining asosiy maqsadi:
foydani ta’minlash;
taqsimotni o‘stirish;
firma harakat qilayotgan bozor ulushini ko‘paytirish;
ishlab chiqarish va marketing xarajatlarni tejash;
imijni oshirish hisoblanadi.
Tovar siyosatida asosiy maqsadga erishish
quyidagi sohalardagi
vazifalarni hal etish orqali amalga oshiriladi:
tovar innovatsiyasi;
variatsiya;
differensiatsiya;
eliminatsiya;
markani o‘rnatish va tanlash;
qadoqlash;
tovar shakli, turi va boshqalar
Shunga mos holda tovar siyosatining masalalariga quyidagilar kiradi:
yangi tovarlarni qidirish;
yangi tovarlarni rivojlantirish;
bozorga yangi tovarlarni kiritish;
tovar shakllarini asoslash;
tovar sifatini tartibga solish;
bozordagi yangi tovarlar xulq-atvorini nazorat qilish va boshqalar.
Birinchi 3 tasi bozorga yangi tovarlarni kiritayotganda hal etiladi, qolgan
vazifalarni hal etish tovarni butun hayoti davomida amalga oshadi. Buning
uchun, ya’ni qarorni asoslash uchun tovarni hayotiylik davri modeli
ishlatiladi.
Tovarlar va xizmatlar assortimenti, bu foydalanish bo‘yicha
bir-biriga
juda o‘xshash tovarlar (xizmatlar) guruhidir.
114
Tovar sifati – bu tovarning o‘z funksiyalarini bajarishda ko‘rinadi va u
quyidagi parametr bilan xarakterlanadi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko‘rsatishi,
pishiqligi, foydalanishda soddaligi va boshqalar.
Marketing fani bo‘yicha tovar sifati xaridorlar bergan baho bilan
o‘lchanadi.