• Demografik: jinsi yoshi oila soni va boshqalar Holat
  • 8.1-jadval Bozorni tahlil qilish ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar Tavsifnoma
  • Geografik:  hudud  shahar  qishloq  iqlim va boshqalar  Xulq-atvori




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/105
    Sana24.11.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #104756
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-MARKETING

    Geografik: 
    hudud 
    shahar 
    qishloq 
    iqlim va
    boshqalar 
    Xulq-atvori: 
    firmaga nisbatan ishonchi 
    prestij darajasi 
    tovarga nisbatan
    ixlosi 
    tez-tez iste’mol qilinishi va
    boshqalar 
    Demografik: 
    jinsi 
    yoshi 
    oila soni va
    boshqalar 
    Holat: 
    kam xarajatliligi (foydaliligi) 
    imtiyozliligi 
    qulayligi va
    boshqalar 
    Segmentlash tamoyillari 


    106 
    bozordagi mavqei 
    Bozorni tahlil qilish uchun son va sifat ko‘rsatkichlari, shuningdek
    raqobat holatining tavsifnomasi, tarmoqni tuzilishi va taqsimlashni tuzilishi 
    ko‘rsatkichlari ishlatilishi mumkin. Bozorni tahlil qilish uchun ko‘rsatkichlar 
    quyidagi jadvalda berilgan. 
    8.1-jadval 
    Bozorni tahlil qilish ko‘rsatkichlari 
    Ko‘rsatkichlar 
    Tavsifnoma 
    Son ko‘rsatkichlari 
    Bozor sig‘imi, bozorning rivojlanish dinamikasi, firmaning 
    bozordagi ulushi, bozor salohiyati va boshqalar 
    Sifat ko‘rsatkichlari 
    Ehtiyojni tuzilishi, xarid motivlari, ularning dinamikasi, xarid 
    jarayoni, ehtiyojlarni barqarorlashtirish, axborotlashtirish 
    Raqobat muhiti 
    Raqobatchi firmalarning mahsulot sotish hajmi, foydalanayotgan 
    marketing 
    strategiyalari, 
    moliyaviy 
    qo‘llab- 
    quvvatlash 
    imkoniyatlari 
    Xaridorlar tuzilishi 
    Xaridorlar soni, xaridor turi, xaridorlar soni dinamikasi, 
    xaridorlarning hududiy xususiyatlari 
    Tarmoq tuzilishi 
    O‘xshash tovarlar taklif qilayotgan sotuvchilar soni, sotuvchilar 
    turi, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish darajasi, raqobatdagi 
    salohiyat, imkoniyatlar, ishlab chiqarish quvvatlari hajmi 
    Taqsimlashning 
    tuzilishi 
    Geografik xususiyatlar, sotish tarmoqlarining xususiyatlari, 
    transport bilan ta’minlanganligi 
    Tahlildan 
    tashqari 
    bozor 
    segmentini 
    tanlashda 
    segmentlashni 
    rejalashtirish ko‘zda tutiladi. Segmentlashni rejalashtirish jarayoni quyidagi 
    bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
    1. Iste’molchilar talablari va tavsifnomalarini aniqlash. 
    2. Iste’molchilarning turli-tumanligi va o‘xshashligi tahlili. 
    3. Iste’molchilar guruhlari sohasini ishlab chiqish. 
    4. Maqsadli segmentni tanlash. 
    5. Raqobat muhitida kompaniya o‘rnini aniqlash. 
    6. Barcha marketing-miks kompleksi chora-tadbirlari rejasini ishlab 
    chiqish.
    Bozorni segmentlashni rejalashtirish jarayonini tashkil etishda quyidagi 
    talablarga rioya qilish zarur: 
    segmentlar o‘zaro farqlanishi zarur; 
    har bir segmentga faqat iste’molchi talabiga mos keluvchisini kiritish 
    zarur; 
    iste’molchilarning tavsifnomalarini firma tomonidan o‘lchash mumkin 
    bo‘lishi zarur; 


    107 
    har bir segment iste’molchilari axborotga ta’sir etish uchun va reklama 
    kompaniyasini o‘tkazish uchun oson va tushunarli bo‘lishi zarur. 
    Segmentlash jarayonining muhim bosqichi bo‘lib bozorning maqsadli 
    segmentini tanlash hisoblanadi. 
    Maqsadli segmentni tanlash muammosi yetarli darajada murakkab bo‘lib, 
    uni yechish uchun quyidagi ketma-ketlikda turishi tavsiya etiladi: 
    segment o‘lchamini va uni o‘zgarish (o‘sish, kamayish) tezligini 
    o‘rnatish; 
    segmentni jalb etuvchanlik tuzilishini tadqiq etish; 
    o‘zlashtirayotgan segment maqsadini va tashkilot resurslarini aniqlash.
    Segment o‘lchami uning miqdoriy o‘lchamlari va birinchi navbatda 
    sig‘imi bilan tavsiflanadi. Segment sig‘imini aniqlash uchun tovarlar hajmi, 
    ushbu segmentda ularni umumiy sotish qiymati, bozor joylashgan tumanda 
    yashovchi ushbu tovarning doimiy iste’molchilari sonini aniqlash zarur. 
    Bozor sig‘imini o‘rganish asosida ishlab chiqarish quvvatlarini 
    shakllantirish uchun va tovar sotish bo‘yicha taqsimlash tarmog‘i tuzilishi 
    uchun asos bo‘lib hisoblanuvchi uning o‘sish dinamikasi baholanadi. 
    Maqsadli segmentni tanlashda bozor faoliyati natijalarini qo‘llash, bozorda 
    ishlash bilan bog‘liq xarajatlarni koplab, rejalashtirilgan foydani olishga 
    kafolat berishini hisobga olish kerak. 
    Segmentni jalb etuvchanligi tuzilishini tadqiq etish raqobat darajasini 
    o‘rganishni, 
    mavjud 
    tovarlar 
    raqobatbardoshligini, 
    xaridorlarga 
    munosabatini, taklif etilayotgan va mavjud tovarlarga bo‘lgan segment 
    ehtiyoji barqarorligini, mavjud xaridor ehtiyojlarini qondiruvchi mutlaqo 
    yangi mahsulotni bozorga kiritish zarurligi va imkoniyatini o‘z ichiga oladi. 
    O‘zlashtirayotgan segment maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan 
    tashkilotning maqsad va resurslarini aniqlash strategik muhim ahamiyatga ega 
    bo‘lib, tashkilotni uzoq muddatli maqsadlariga mos holda joriy maqsadlari 
    bilan birga amalga oshirish hamda shunga mos holda maqsadli bozorda 
    ishlash uchun potensial imkoniyat resurslari yetarli ekanligini inobatga olish
    uchun zarurdir. Buning uchun tavakkalchilikni hisoblash maqsadga muvofiq. 
    Tashkilotning tavakkalchiligini hisoblash uchun maxsus marketing, 
    konsalting kompaniyalarini taklif qilish mumkin. 
    Ehtimoliy 
    bozor 
    segmentlari 
    sonini 
    optimallashtirish 
    uchun 
    konsentrlangan va dispersli uslublarni ishlatish mumkin. Konsentrlangan 
    uslub kelgusidagi yaxshi segmentni axtarishga asoslangan. U uncha qimmat 
    bo‘lmagan, lekin katta vaqt xarajatlarini talab etadi. Dispersli uslub bir 
    vaqtning o‘zida bir necha bozor segmentida ishlashni ko‘zda tutadi, 


    108 
    keyinchalik ma’lum davrdagi faoliyat natijalarini baholash yo‘li bilan 
    samaraliroq bozor segmentini tanlaydi. 
    Foydali segment joriy sotuvning yuqori darajasiga, yuqori o‘sish 
    sur’atiga, yuqori foyda normasiga, sotish kanali talablariga real va raqobatga 
    chidamli bo‘lishi kerak. 
    Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslashda uch turdagi strategiyalar 
    ishlatilishi mumkin: 
    1. differensiallanmagan marketing 
    2. differensiallangan marketing 
    3. konsentrlangan marketing 
    Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bozor munosabatlari tiklanishi va 
    shakllanishi 
    davrida 
    tadbirkorlik 
    tuzilishida 
    ko‘plab 
    korxonalar 
    differensiallanmagan marketing strategiyasini ushlab turdi. Bu strategiya 
    firmani xaridorlarni xarid jarayoni va tovarga bo‘lgan munosabati hamda 
    motivatsiyasidagi turli-tumanlikka emas, balki xaridor ehtiyojlarida 
    qiziqishni umumiyligiga mo‘ljalni oladi. 
    Bunday tovarlar va marketing dasturlarini ishlab chiqish orqali firma o‘z 
    maqsadiga xaridorlarning o‘rtacha massasini qondirib erishishi mumkin. 
    Strategiyani 
    ishlatuvchi 
    firmalar 
    muvaffaqiyatining 
    muhim 
    omili 
    standartlashtirish va tovar ishlab chiqarishning umumiyligi hisoblanadi. 
    Differensiallanmagan marketing strategiyasi mahsulot ishlab chiqarish va 
    sotishda kam xarajatlarni ta’minlaydi. Biroq X.Meffert ta’kidlaganidek, «bu 
    strategiya zamonaviy marketing tamoyillariga qarama-qarshi turadi». 
    Marketingni zamonaviy konsepsiyasida ikkita strategiya ko‘riladi: 
    differensiallangan va konsentrlangan marketing. 
    Differensiallangan marketing strategiyasida firmadan uning faoliyatini 
    bir necha segmentda ular uchun maxsus ishlab chiqarilgan tovarlar va 
    marketing dasturlari bo‘lishini talab qiladi. Bu strategiya xaridorlarning 
    motivlari va tushunchalariga mos keluvchi marketing dasturi va xaridorlarga 
    mo‘ljallangan marketingning asosiy tamoyiliga mos keladi. Bu strategiya 
    xaridorning bozordagi holatini to‘liq ifodalaydi, shuning uchun, qoidaga 
    ko‘ra, yuqori sotish hajmini va konsentrlangan marketing strategiyasiga 
    nisbatan kichik tavakkalchilik darajasini ta’minlaydi. 
    Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab 
    chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab etadi, shuning uchun u yirik 
    korxonalar uchun zarur. 
    Mahsulot differensiatsiyasi – turli bozorga chiqishning keyingi 
    imkoniyatidir. Bu birinchi navbatda tovarni taqsimlashda diversifikatsiya 
    strategiyasini olib borishga asoslanadi. 


    109 
    Konsentrlangan marketing strategiyasi korxonalardan bozorning foydali 
    segmentiga, ya’ni bitta yoki bir necha segmentiga e’tiborni qaratishni talab 
    qiladi. Bu bozor segmentiga firma bitta yoki bir necha mahsulot bilan hamda 
    maqsadli marketing dasturi bilan yondoshadi. O‘z mazmuniga ko‘ra, bu 
    strategiya bozor imkoniyatlari konsepsiyasiga mos keladi, ya’ni shunday 
    bozor segmentida ishlash kerakki, tovar ushbu firma va uning yetkazib berish 
    imkoniyatlari uchun ko‘proq mos keluvchi bo‘lib hisoblanadi. 
    Konsentrlangan marketing strategiyasi ko‘proq kichik va o‘rta korxonalar 
    uchun mos keladi, chunki bozorning barcha segmentlarida ishlash uchun 
    hamda yetarli moliyaviy vositalarning bo‘lishi talab etilmaydi. 
    Bozorni pozitsiyalashtirish, bu alohida bozor segmentlarida mahsulot 
    konsepsiyasini aniqlash texnologiyasidir. Pozitsiyalashtirishning maqsadi – 
    mavjud va shakllanayotgan fikrlarni tadqiq qilish, xaridorlar yoki ularning 
    guruhini mahsulot parametrlariga bo‘lgan munosabatini baholash tahlilidan, 
    maqsadli bozorni ushbu segmentida mahsulotni raqobatli afzalligini 
    ta’minlashda shunday tovar pozitsiyasini marketing chora-tadbirlarini 
    o‘tkazish yo‘li bilan tuzishdan iborat. 
    Mahsulotni samarali pozitsiyalashtirish uchun talab va taklifning muhim 
    tavsifnomalarini, xarid to‘g‘risida qaror qabul qilishda mo‘ljal bo‘lib 
    hisoblanuvchi omillar ta’sirini o‘rnatish va o‘rganish zarur. Aniqlovchi 
    omillar esa mahsulot sifati, sifat darajasi, ishonchliligi, energohajmi, dizayni 
    va tovarning raqobatbardoshligini boshqa ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin. 
    Bozorni pozitsiyalashtirish to‘g‘ri tashkil etilishi marketing rejasi va 
    kompleksini samarali ishlab chiqarish shart-sharoiti hisoblanadi. 

    Download 1,15 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   105




    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografik:  hudud  shahar  qishloq  iqlim va boshqalar  Xulq-atvori

    Download 1,15 Mb.
    Pdf ko'rish